172
shaxsni negativ o‘zgarishlarini va produktiv buzilishlarini kuchayishi bilan boradi.
Ayrim hollarda negativ o‘zgarishlar va produktiv buzilishlar sekin boradi.
Shubsimon shizofreniyani progredientlik darajasi,
ruhiy defekt paydo
bo‘lishi turli darajada bo‘ladi. Ayrim hollarda yomon sifatli formaga o‘xshash
kechadi va shizofreniyaga xos aql pastligi paydo bo‘ladi. Ba‘zan esa sust
kechuvchi shizofreniyaga o‘xshash bo‘ladi va shaxsni chuqur defekti kuzatilmaydi.
Ko‘pchilik hollarda shubsimon shizofreniya bu ikki variant orasidagi joyni
egallaydi.
BOLALARDA VA O‟SMIRLARDAGI
SHIZOFRENIYANING XUSUSIYATLARI
Shizofreniya bolalar va o‘smirlarda kattalarga nisbatan kam uchraydi.
Bolalar va o‘smirlarda kasallikni boshlanishi bolalarni ruhiy rivojlanish jarayoni va
endogen jarayonlarni qo‘shilish hamda ontogenezni o‘zgarishi bilan boradi.
Bolalar va qisman o‘smirlar shizofreniyasi uchun klinik belgilarni
rudimentarligi, bilinmasligi va etilmaganligi xosdir. Negativ simptomlar bolalarda
emotsional kashshoklik va bo‘shlik, faollikni
pasayishi, autizm, ruhiy rivojlanishni
har hil darajada ekanligi bilan harakterlanadi.
Deffekt holatlar esa aqliy zaiflikga o‘xshash bo‘ladi.
Shizofreniya pubertat
davrida boshlansa shaxsni negativ o‘zgarishiga disgarmonik ruhiy infantilizm
belgilari kiradi.
Produktiv simptomlarga diffuz sababsiz qo‘rquv, harakatlarni tormozlanish
sindromi, patologik xayolparastlik kiradi.
Bolalar va o‘smirlar shizofreniyasini barcha ko‘rinishlarini quydagi to‘rtta
psixopatologik guruhlarga birlashtirish mumkin.
1.
Patologik xayolparastlik. Asosan maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda
kuzatiladi. Patologik xayolparastlik boshlanish davrida sog‘lom bolalar
xayolparastligidan deyarli farq qilmaydi. Lekin
keyinchalik real hayotdan
ajraladi, bola o‘zini fantastik dunyosida yashay boshlaydi. O‘zini fantastik
dunyosida ularga hama narsa mumkin bo‘ladi. Bola o‘z olamidagi o‘yinlar
bilan yashaydi va real hayotga qarama–qarshi bo‘ladi. Real hayotda amalga
173
oshirib bo‘lmaydigan hayollar bilan yashaydi. Kuch qudrat, yangi
mamlakatlarni ochish haqida orzu qiladi. Kashfiyotchilikka
qiziqishni
boshlaydi, falsafa muamolarmi, hayot, vaqt, odamlar haqida o‘ylay boshlaydi.
O‘zini quyon yoki ot deb hisoblay boshlaydi va oddiy ovqatlardan bosh tortadi
hamda unga sabzi, o‘t, don berishlarini talab qilishni boshlaydi.
2.
Abuliya. Maktab yoshidagi bolalarda abuliya nisbatan kuchli bo‘ladi. Bola sust
bo‘ladi, oldin qiziqib qilgan ishlariga qiziqmay qo‘yadi, atrofdagilarga
tushunarsiz bo‘lib qoladi. Uzoq muddatli bekorchi hayotga moyilik, ruhiy
faoliyatni pasayishi, ish qobiliyatni keskin tushishi, surinkali charchashga
o‘xshaydi, lekin bular shizofreniyani birlamchi alomatlari hisoblanadi. Ota-
onalar va pedagoglar ko‘pincha abuliyani ayyorlik deb o‘ylashadi. Aslida esa
bu shizofrenik jarayonni boshlanishidir. Vaqt o‘tishi bilan aktivlikni pasayishi
kuchayib boradi, bola o‘z majburiyatlarini bajarmay qo‘yadi, hech narsaga
qiziqmaydi, maqsadsiz uy ichida burchakdan-burchakga yuraveradi,
soatlab
yotadi, hech qanday xoxish va qiziqishlari bo‘lmaydi. Mayl buzilishlari bilan
birga aqlga sig‘maydigan impulsiv harakatlar qilishi mumkin. O‘zidan-o‘zi
baqirishi, kattalarni urib qolishi yoki begona odamni o‘pishi, haqoratli
so‘zlarni aytishi mumkin. Bu holatlarga ko‘pincha ipohondrik vasvasa
g‘oyalar, ta‘sirlanish vasvasasi va gallyutsinatsiyalar qo‘shilishi mumkin.
Ko‘pchilik hollarda ular turg‘un bo‘lmaydi.
3.
Emotsional to‟mtoqlik. Bu shizofreniyaga xarakterli doimiy belgilaridan
biridir. Emotsialarni doimiy so‘nib borishi natijasida bola atrofdagilar bilan
aloqa qila olmaydi, oldin qiziqqan narsalariga qiziqmay qo‘yadi, yaqinlari va
do‘stlariga befarq bo‘lib qoladi. Bola qo‘pol, tap tortmas jaxli tez bo‘ladi. Sal
narsaga o‘rishib ketadi, lekin kuchli ta‘sirlarga hech qanday e‘tibor qilmaydi.
Bolani
kechinmalari xiralashadi, hech narsaga qiziqmaydi, hech narsadan
xursand va xafa bo‘lmaydi, yig‘lamaydi. Kasallik kuchayib borishi bilan
hamma narsaga befarq va emotsional to‘mtoq bo‘lib qoladi.
4.
Fikrlashni uzuq-yuluqligi. Shizofreniyani har qranday shakli uchun xarakterli
belgidir. Keraksiz aqlli
fikrlarni gapira boshlaydi, fikrlash real borliqdan
174
ajralgan bo‘ladi. Ayrim bolalar juda ko‘p gapiradi, ayrimlari umuman
gapirmay qo‘yadi yoki ba‘zi so‘zlarni joylarini almashtirib takrorlab gapiradi.
Ularni nutqida oddiy hayotda ishlatilmaydigan yangi so‘zlar ko‘payadi.
Bunday bolalar yozuvi ham o‘zgargan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: