Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


O‟rta progredientli paranoid shizofreniya



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137
psihiatriya-qollanma

O‟rta progredientli paranoid shizofreniya. Ko‘pincha 25-40 yoshda 
rivojlanadi.Kasallik juda sekin boshlanadi. Kasallikni initsial davri juda ko‘p 
yilarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda bemorlarda qo‘rquv, obssesiyalar, 
senestopatiyalar,challa-chulpa vasvasa g‘oyalar paydo bo‘ladi. Initsial davrning 
o‘zida shaxsni negativ o‘zgarishlari paydo bo‘ladi.Keyin kasallikni manifest davri 
boshlanadi. Manifest davrni borishi odatda bir necha ketma-ket keladigan 
bosqichlardan iborat: paranoyyal, paranoid, parafren. Ko‘pincha yana bir bosqich 
kasallikni ohirgi bosqichi ajratiladi. Bu bosqichda gallyutsinator-paranoid 
buzilishlar yo‘q bo‘lib qo‘pol ruhiy defekt paydo bo‘ladi.
Paranoyyal bosqichda doimiy yoki o‘tkir bo‘ladigan tartiblashgan vasvasa 
g‘oyalari (rashk, kuzatilish, sudbozlik, kashfiyotchilik, isxotchilik) paydo bo‘lib 
yillar davomida kuchayib boradi. Paranoid bosqichda verbal gallyutsinatsiyalar 
kuzatiladi. Verbal gallyutsinatsiyalar asta sekinlik bilan soxta gallyutsinatsiyalarga 
aylanadi. Ruhiy avtomatizm va tasirlanish vasvasa g‘oyalari paydo bo‘ladi, oxir 
oqibatda Kandinskiy-Klerambo sindromi shakillanadi. Parafren bosqichda fantastik 
darajadagi buyuklik vasvasasi paydo bo‘ladi. 
Shaxsni negativ o‘zgarishlari xam parallel tarzda kuchayib boradi. Ohirgi 
bosqichda negativ buzilishlar chuqur ruhi defekt darajasiga etib keladi. 
Galyutsinator-vasvasa sindromlar o‘z axamiyatini yo‘qotadi va yo‘q bo‘lib ketadi. 


169 
Paranoid shizofreniyani ohirgi davri apatiko-abulik simptomakompleks bilan 
xarakterlanadi. Galyutsinator vasvasa qoldiq ko‘rinishida qoladi va shizofaziyalar 
kuzatiladi. Ba‘zi hollarda paranoid shizofreneya ijobiy tugashi mumkin va kasallik 
parafren davrda to‘xtashi mumkin. Unda shaxs o‘zgarishlari juda kuchli bo‘lmaydi.
Past progredientli (sust kechuvchi) shizofreniya. Barcha shizofreniya 
bilan kasallangan bemorlarni 17-35 % -ni kam progredientli shizofreniya tashkil 
etadi. Xurujsimon progredientli shizofreniyadan so‘ng ikkinchi o‘rini egallaydi. Bu 
shizofreniyani nopsixotik yoki subpsixotik formasi bo‘lib nisbatan ijobiy kechadi. 
Shaxsni defitsitar o‘zgarishlari juda sekin boradi va shizofrenik aql pastlikga xech 
qachon etib bormaydi. Nopsixotik va subpsixotik produktiv simptomlar juda sekin 
rivojlanadi.
Kasallikni boshlanish bosqichi shu darajada sekin va sezilarsizs bo‘ladiki 
bu bosqichni qancha vaqt davom etishini aniq aytib bo‘lmaydi. Ba‘zi emotsional 
o‘zgarishlar, aktivlikni pasayishi, xulq atvorni g‘alati bo‘lishi fikrlash va nutqni 
o‘zgarishi juda sekinlik bilan boradi.
Nopsixotik (qo‘rquv, shilqimlik, depersonalizatsiya) produktiv buzilishlar 
xam juda sekin rivojlanadi. Vaqti-vaqti bilin qoldiq vasvasa g‘oyalar, 
gallyutsinatsiyalar, 
ruhiy 
avtomatizimlar 
kuzatilishi 
mumkin. 
Produktiv 
simptomlar ustunligiga qarab progredientli shizofreniyani nevrozsimon va 
psixopatsimon turlari farqlanadi. 
Ba‘zi bemorlarda shaxsni negativ o‘zgarishlari birinchi o‘ringa chiqishi 
produktiv simptomlar esa rudimentar xolda bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin