Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137
psihiatriya-qollanma

Rekurrent (davriy) shizofreniya 
Shizofreniyani bu turi produktiv ruhiy buzilishlar xurujlari kurinishida 
kechadi va sust kechuvchi shizofreniyaga uxshab shaxsni chuqur bo‘lmagan 
o‘zgarishlariga olib keladi. 
Rekurrent shizofreniya xurujlari turli strukturaga ega bo‘ladi. Affektiv 
xurujlar turli darajadagi yoki maniya ko‘rinishida bo‘ladi. Affektiv-paranoid 
xurujlar ham ikki hil ko‘rinishda bo‘ladi: depressiv-paranoid, maniakal-paranoid. 
Kayfiyat buzilishlari ta‘sirlanish, buyuklik, sahnalashtirilgan, antagonistik 


170 
vasvasalari, ruhiy avtomatizmlar, verbal soxta gallyutsinatsiyalar bilan keladi. 
Oneyroid – katatonik xurujlarda stupor yoki substupor katatonik qo‘zg‘alish 
epizodlari bilan ongni xiralashuvi orqali bo‘ladi. Ba‘zan rekurrent shizofreniya 
xurujlari bir necha kun davom etishi mumkin, ko‘pincha bir necha xaftadan bir 
necha oygacha davom etadi. Xurujlar soni xam turlichadir. Ba‘zi bemorlarda butun 
umri davomida bir marta xuruj bo‘lsa, ba‘zilarida bir nechta va ayrimlarida 
o‘ntadan ortiq bo‘lishi mumkin. Ayrim bemorlarda barcha xurujlar bir biriga 
o‘xshash klinikaga ega. Ayrim bemorlarda esa klinikasi xar xil bo‘lgan xurujlar 
kuzatiladi. Bunda oneyroid – katatonik xurujlar affektiv vasvasa xurujlari bilan 
almashinadi, ba‘zan buni teskarisini kuzatish mumkin. 
Rekurrent shizofreniyani maxsus turi tsirkulyar shizofreniya xam bor. 
Bunda faqat affektiv (maniakal va depressiv) xurujlar kuzatiladi. Rekurrent 
shizofreniyani bu turini dapressiv psixozdan ajratish juda qiyin.
Birinchi va ikkinchi xurujlardan so‘ng shaxs o‘zgarishlarini aniqlash 
qiyindir. Faqat keyingi bo‘ladigan xurujlarda shaxsni engil negativ o‘zgarishlarini 
aniqlash mumkin. Bunday shaxs o‘zgarishlari har bir xurujdan so‘ng kuchayib 
borishi mumkin, lekin chuqur ruhiy defekt darajasiga etib kelmaydi. Ba‘zi 
bemorlarda bir ikki xurujdan so‘ng uzoq davom etuvchi intermissiya kuzatilishi 
mumkin. Bu davrda o‘tkazilgan psixozni hech qanday belgilari kuzatilmaydi. 
Bunday intermissiyalar deyarli sog‘ayish deb hisoblanadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin