Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137
psihiatriya-qollanma

Klinikasi. Nozologik jixatdan qaraganda bunday o‘zgarishlarni Rekurrent 
paranoid shizofreniyaga ham affektiv psixozlarni atipik variantiga ham kiritish 
mumkin.
Shizoaffektiv buzilishlar o‘tkinchi endogen funktsional buzilishlar bo‘lib 
o‘zidan so‘ng hech qanday defekt qoldirmaydi va affektiv buzilishlar uzoq davom 
etadi. Xurujlar yuqori polimorfizm bilan ajralib turadi. Xurujlar strukturasi
depressiv-paranoid va maniakal-paranoid ko‘rinishida bo‘ladi.
Depressiv-paranoid xurujlari kayfiyatni pasayishi bilan boshlanadi. 
Keyirchalik ularga o‘z-o‘zini ayblash, o‘zini zaxarlash, tuzalmas kasalliklar (OITS, 
o‘smalar) bilan og‘rish vasvasalari qo‘shiladi. Xurujlarni cho‘qisida depressiv 


171 
stupor yoki depressiv oneroid kuzatilishi mumkin. Shizofreniya uchun xarakterli 
birlamchi simptomlar (fikrlar ochiqligi, buyuruvchi eshituv gallyutsinatsiyalari) 
paydo bo‘lishi mumkin. Butun olamni yo‘q bo‘lishi g‘oyalari (Qotar vasvasasi, 
nigilistik vasvasa), umrbod gunohkorlik vasvasasi (Agasfer sindromi), ipohondrik 
vasvasa depressiya bilan tugashi mumkin.
Maniakal-paranoid xurujlar ekspanssiv yoki maniakal affekt bilan 
boshlanadi. Uyquni kamayishi, to‘htovsiz xursandlik, buyuklik g‘oyalari, gipnotik 
g‘oyalar bilan davom etadi. Fikrlar, xulq atvor va sezgiga har hil uskunalar bilan 
ta‘sirlanish hisi paydo bo‘ladi. Psixoz cho‘qqisida kosmik tuzilishga ega oneyroid, 
magik vasvasa va vaqtni o‘zgarishi hislari paydo bo‘ladi. Psixozdan chiqish 
gipomaniya bilan boradi.
Aralash xurujlarda affektni o‘zgarishi gipomaniakal va maniakaldan 
depressivgacha bo‘lishi mumkin. Bunda ijobiy va salbiy kuchlarni kurashishi 
kuzatiladi, xamda ularga mos tarzda pozitiv va negativ eshituv gallyutsinatsiyalari 
kuzatiladi. 
Aralash 
xurujlarda 
depressiv-paranoid 
va 
maniakal-paranoid
buzilishlar almashinib kelishi mumkin. 
Psixozni davomiyligi ikki xaftadan ortiqdir. Intermissiya davrida 
emotsional-irodaviy doirasida defekt kuzatilmaydi. Lekin o‘tkir psixozdan so‘ng 
ma‘lum vaqtgacha shizofrenik yoki affektiv simptomlar saqlanib qolishi mumkin. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin