Produktiv psixopatologik belgilar.
Psixotik
produktiv
belgilar.
Ko‘pchilik bemorlarda vasvasa va
gallyutsinatsiya uchraydi. Shizofreniyadagi vasvasa g‘oyalar haqiqatga to‘g‘ri
kelmaydigan, be‘mani bo‘ladi. Va ko‘pincha bemorlarni hulq atvori bilan to‘g‘ri
kelmaydi. Vasvasa g‘oyalar turli tuman bo‘lishi mumkin shuninig bilan birga ba‘zi
166
vasvasa g‘oyalar faqat shizofreniya bilan og‘rigan bemorlada uchraydi:
refarmatorlik vasvasasi, ruxiy ta‘sirlanish vasvasasi, muhim ahamiyatga ega
bo‘lish vasvasasi, kosmik vasvasasi, antagonistik vasvasasi, begona ota-onalar
vasvasasi.
Idrok buzilishlarga psevdogallyutsinatsiya kiradi, psevdogallyutsinatsiya
ko‘pincha verbal, sharhlovchi, antagonistik tuzilishga ega bo‘ladi. Boshqa sezgi
buzilishlari nisbatan kam uchraydi.
Shizofreniyani klinik ko‘rinishlari orasida ruhiy avtomatizmlar muhim rol
o‘ynaydi. Ayniqsa ideator avtomatizim ko‘p uchraydi: fikrlar ochiqligi har-hil
fikrlar paydo bo‘lishi, fikrlarni uzulib qolishi, eho fikrlar, begona fikrlar, parallel
fikrlar. Shizofreniya uchun barcha gallyutsinator-paranoid sindromlar xosdir:
paranoyyal, Kandinskiy-Klerambo, parafren. Kamdan kam hollarda gallyutsinoz
uchraydi.
Katatonik va gebefrenik buzilishlar faqat shizofreniya uchun xosdir. Maniya
va depressiya shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda uchrashi mumkin. Maniya
atipik ko‘rinishda bo‘lib bemorlar jahldor, darg‘azab, ahmoqnamo bo‘ladi.
Depressiya endogen harakterda bo‘lib kayfiyat kun davomida o‘zgarishi, faslga
qarab o‘zgarishi mumkin.
Nopsixotik produktiv belgilar. Shizofreniyada har-hil nevrozsimon va
psixopatsimon o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Ba‘zan ular o‘ziga hos klinik
ko‘rinishda bo‘ladi. Shizofrenik qo‘rquvlar oddiy emasligi bema‘niligi, qo‘rquvni
kuchayib
borishi,
rituallarga
boyligi
bilan
ajralib
turadi.
Surunkali
depersonalizatsiya shizofreniyaning autopsixik turida kuzatiladi.
Shizofreniyaga xos bo‘lmagan psixopatologik sindromlarga barcha ong
xiralashuvi sindromlari, psixoorganik sindrom, epileptik sindrom, Korsakov
sindrom, organik dementsiya hisoblanadi. Ong hiralashuvi sindromlari orasida
faqat oneyroid shizofreniyaga xosdir.
Kasallik bosqichlari: boshlanish, manifest, remissiya, qayta psixoz defitsitar.
10% hollarda bemorlar o‘zidan o‘zi tuzalishi yoki uzoq muddatli remissiya
kuzatilishi mumkin (10-yilgacha).
|