Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   137
psihiatriya-qollanma

Shizofreniyaning tasnifi 
HKT-10 shizofreniya ―Shizofreniya, shizotipik va vasvasaviy buzilishlar‖ 
bo‘limiga kiradi. Shizofreniyani kichik bo‘limlari quydagilarni o‘z ichiga oladi.
1. Paranoid shizofreniya (G‘ 20.0) 
2. Gebefrenik shizofreniya (G‘ 20.1) 
3. Katatonik shizofreniya (G‘ 20.2) 
4. Diferentsialanmagan shizofreniya (G‘ 20.3) 
5. Postshizofrenik depressiya (G‘ 20.4) 
6. Qoldiq shizofreniya (G‘ 20.5) 
7. Shizofreniyaninig oddiy tipi (G‘ 20.6)
8. Shizofreniyani boshqa tipi (G‘ 20.8) 
9. Aniqlanmagan shizofreniya (G‘ 20.9)
Shizofreniyani kechishi va turiga ko‟ra tasnifi 
1. Uzluksiz shizofreniya
O‘ta progredientli shizofreniya (xavfli) 
paranoid shizofreniya 
katatonik shizofreniya 
gebefrenik shizofreniya 
oddiy shizofreniya 


163 
O‘rtacha progredientli shizofreniya 
Past progredientli shizofreniya
nevrozsimon shizofreniya 
psixopatsimon shizofreniya 
oddiy shizofreniya 
2. Rekkurent shizofreniya 
3. Xurujsimon progredientli shizofreniya 
4. Shizofreniyani boshqa formalari 
paranoyyal shizofreniya 
febril shizofreniya 
 
 
 
Shizofreniyaning psixopatologiyasi 
Shizofreniyaning belgilari turlicha va o‘ziga xosdir. E.Bleyler fikri bo‘yicha 
shizofreniyada asosiy o‘zgarishlar fikrlash va mayl-hissiyot doirasida kuzatiladi. 
Fikrlash buzilishlar: fikrlarni uzuq-yuluqligi, rezonyorlik, paralogik fikrlash
autizm, simvolik fikrlash, tushunchalarni qisqarishi, mentizm, perseveratsiya va 
boshqalar. Mayl-hissiyot doirasida kuzatiladigan buzilishlar: affektni aynishi
sovuqqonlik, paratimiya, hissiyotlar gipertrofiyasi, ambivalentlik, ambitendentlik, 
apatiya va abuliya. E.Bleyler boshqa ekzogen turdagi sindromlar (amneziya, 
amentsiya, deliriy, tutqanoq) ishtiroki yo‘qligi va fikrlarni uzuq-yuluqligi
hissiyotni parchalanganligi, depersonalizatsiya, ruhiy avtomatizm, katatoniya, 
gallyutsinatsiyalar manifest ko‘rinishda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerakligini aytadi. 
Kasallikni tashxisotida eng tan olingan birlamchi simptomlar K. Shneyder 
simptomlari hisoblanadi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin