Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137
psihiatriya-qollanma

Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim: 
1. Davolash uzoq vaqt uzluksiz bo‘lishi. Xuruj to‘xtashi bilan davolashni 
to‘xtamaslik kerak. Oxirgisi uch yildan kam bo‘lmasligi, ehtiyotlik 
bilan dori-darmonlarni kamaytirish, terapiya bekor qilinguncha. 
2. Ko‘pchilik hollarda epileptikaga qarshi har xil preparatlarni qo‘llash. 
3. Har qaysi bemorga optimal dozirovkani, preparatlarni topish. 
4. Epilepsiyaga qarshi dorilar hamma holatlarda modda almashuvi 
jarayoni yaxshilaydigan bo‘lishi lozim (glyutaminlar, kislota, 
vitaminlar). 
5. Epilepsiyani davolash bilan birga albatta, organizmdagi boshqa 
kasalliklarga e‘tibor berish. 
6. Har bir holatda ham yuqori natijalarga erishishning muhim sharti: 
bola hayoti rejimi, tarbiya, o‘qitish va mehnat faoliyatini to‘g‘ri 
tashkil qilish. 
Epilepsiyaga qarshi davolash usularini to‘g‘ri qo‘llay bilish kerak. 
Hozirgi paytda antiepileptik dori-darmonlar ko‘p, ammo shundan eng muhim 
lyuminal hisoblanadi. Geksamedik turli qaltiroq xurujlarida qo‘llaydilar. Uning 
ta‘sirida ruhiy holat ham yaxshilanadi, bemorlar yumshaydi, xotirjam bo‘ladilar. 


160 
Benzonal tutli hurujlarda qaltirashga qarshi ishlatiladi. Psixomotorli xurujda 
esa kam samara beradi. 
Difenin yirik qaltiroq xurujlarda ishlatiladi. 
Bura tonik qaltirashda qo‘llaniladi. 
Xlorakan homiladorlarga va bolalarga tavsiya qilinadi. 
Kichik xurujlarda trimetin, piknolepsin, suksilep samaralidir. 
Epilaktin xiralanish holatida, kichik va aralash xurujlarda qo‘laniladi. 
Tegretol (Shveytsariya) psixomotor xurujida ayniqsa samaralidir. 
Finlepsin tegretolga o‘xshash, lekin ko‘p ta‘sirli emas. 
Epilepsiya davolashda turli dorivor giyohlar qo‘llaniladi (Sereysk, Vorobyov, 
Bexterev, Brodskiy va boshqalar). 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, Brodskiy miksturasi va aminazin yaxshi ta‘sir 
ko‘rsatadi (ayniqsa katta qaltirash xurujida).Epileptik status shoshilnch xolat, tez 
tibbiy yordam ko‘rsatish lozim. 
Harorat darajasi yuqori ko‘tarilgan-antibiotiklar, yurak faoliyati buzilganida 
kordiamin, kofein, nafas yo‘li buzilganida-lobelin. 
Dori-darmonlarning faqat o‘zi epilepsiyani davolashda to‘liq samara bera 
olmaydi. Kasallikka qarshi kurashda bolaning to‘g‘ri hayot kechirish ahamiyatli. 
Bola ko‘p vaqtini toza havoda o‘tkazishi lozim. O‘z vaqtida doimiy va etarli uyqu 
bo‘lishi kerak. To‘g‘ri ovqatlantirish, ovqat to‘yimli va vitaminlarga boy bo‘lmog‘i 
lozim. O‘tkir, tuzli ovqatlar to‘g‘ri kelmaydi. Spirtli ichimliklar ichmasligi kerak. 
Uyqu oldidan yuvintirish zarur. Quyosh nuridan saqlanish kerak. Jismoniy tarbiya 
bilan shug‘ulanish, ko‘p cho‘zilmagan holatda. Tajriba ko‘rsatadiki, hech qanday 
ma‘lumot bilan shug‘ullanmagan kishilarda epilepsiya ko‘proq bo‘ladi. Bola 
kasallikka qaramasdan maktab programmasini o‘zlashtira olsa, maktabga boradi, 
sinfda og‘ir kechikmalar, xuruj bo‘lsa, vaqtincha to‘xtatiladi, bu bolalar 
bog‘chasiga ham tegishlidir. Katta epilepsiya bilan kasallangan o‘smirlarni 
mehnatga jalb qilish vrach nazorati orqali bo‘ladi. Har qanday foydali mexnat miya 
faoliyatini yaxshilaydi, kasalga qarshi kurashishda yordam beradi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin