143
VIII-BOB
.
EPILEPSIYA
Epilepsiya – surunkali, ko‘plab etiologik, asabiy- ruhiyati bilan bog‘lik bo‘lgan
yagona patogenezi doirasidagi, ko‘pincha bolalik va o‘smirlik yoshida paydo
bo‘ladigan hamda paroksizmal talvasaga tushish, changak tortib qolish va ozmi –
ko‘pmi ko‘rinishda shaxsda uchraydigan kasallikdir.
MKB -10 - rozi – epilepsiyaG40-47.O‘z ichiga oladi:
G40 – Epilepsiya (MKB 10 -5-bob‖Nerv tizimi kasalligi‖);
G41- Epileptik status(MKB 10 -6-bob)
F02-F07-Epilepsiyada psixik buzilish(MKB 10 -5-bob‖Psixik va xatti-harakat
buzilishlari‖);
F80.3-Landau-Kleffner sindromi(MKB 10 -5-bob).
Epilepsiya bilan kasallanishning o‘rtacha darajasi dunyoning turli
mamlakatlari bo‘yicha aniqlangan hisob – kitoblarga ko‘ra aholi soniga nisbatdan
har 1000 kishiga 5 holat to‘g‘ri keladi, umumiy bolalarga nisbatdan esa qachondir
talvasaga tushgan, tutqanoq tutgan bolalar tahminan 4 marta ko‘pdir (Kreyndler).
Bu kasallikning boshlanishining 70-80 foizi bolalik va o‘smirlik yoshiga to‘g‘ri
keladi. Bolalikda paydo bo‘lgan epilepsiya kattalarda uchraydigan, epilepsiya
kasalligining kelib chikishiga asos bo‘ladi. Kattalarda uchraydigan epilepsiyaning
oldini olish bolalarda uchraydigan epilepsiya kasalligining oldini olish va
proffilaktik ishlarni olib borishdan boshlanadi.
Bolalikda uchraydigan epilepsiyani davolash kattalardagi epilepsiyani to‘la
yo‘qotolmasa ham, har holda ma‘lum darajada chastotasini kamaytiradi, umumiy
ma‘lum bo‘lganidek, epilepsiyani keltirib chiqarish holatlari kattalarda kamroq
bo‘ladi.
Shunday ekan, bolalardagi epilepsiya faqat tibbiyotdagina emas, balki
ijtimoyi sohadagi muhim muomalardan hisoblanadi.
Epilepsiya klinikasini bilish, ayniqsa uning boshlanish darajasini aniqlash,
nafaqat nevropatolog va psixiatr vrachlar, balki poliklinikada ishlovchi barcha
vrachlar bilishlari kerak, chunki epilepsiya bilan kasallangan bemorlar ko‘pincha
144
uning boshlanishi dastlabki ko‘rinishi paydo bo‘lganida uchastka vrachiga
murojaat qiladilar.
Epilepsiyaning har xil ko‘rinishlari masalasida turlicha fikrlar mavjud.
Ko‘plar gendan, ya‘ni avloddan, yoki essentsial epilepsiya, bunga tashqi
holatning ta‘siri bo‘lmasa ham rivojlanadi, deyishadi. Demak, bunday ko‘rinishda
avloddan avlodga o‘tishi mumkin, deb xisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda etiologik faktorlarga bog‘liq bo‘lmagan holda miya
faoliyatining buzilishi, meningit-entsefalit asorati va shikastlanish oqibatida va
boshqa sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi mumkin. Xozirgi paytda avloddan-
avlodga o‘tish epilepsiyasi bilan simptomatik fokal epilepsiyani bir-biriga qat‘iy
qarama-qarshi quyishdagi tizim yo‘qolib, ma‘lum bir ko‘rinish aniqlandi.
Bu ko‘rinish S.N.Davidenkoning ta‘riflashicha: ―epilepsiyaning hamma
ko‘rinishlarini bir qatorga qo‘yish mumkin, bir tomonidan faqat avloddan- avlodga
o‘tishdan paydo bo‘lgan holatda, ikkinchi tomonda ommaviy, aniq ko‘rinishdagi
ekzogeniy holatdagini. Epilepsiya tushunchasi alohida kasallik sifatida o‘z kuchida
qoladi, klinik aniqlashning vazifasi esa generalizovan epileptsiyani fokal
epilepsiyadan qat‘iy ajratish emas, balki epilepsiyani ozmi- ko‘pmi miqdordagi
boshqa kasalliklardan, miyaning shishishi yoki qorin bo‘shlig‘idagi infektsiyalar
va hokozalar ham tutqanoq to‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin.‖
Epilepsiya nomi grekchadan olingan so‘z bo‘lib ― epilepsus‖ ya‘ni ―qamrab
olaman‖, - degani. Bu kasallikning asosiy belgisi tutqanoq to‘tish eski ruscha
nomlanishi ‖yiqilayotgan kasallik‖.
Tutqanoq to‘tishi, talvasaga tushish epilepsiyaning patologik ko‘rinishi
bo‘lsa ham , u birdan bir ko‘rinishi emas, hatto u bu kasallikning shart yoki albatta
bo‘lishi lozim bo‘lgan ko‘rinishi emas.
Epilepsiyaning klinik paydo bo‘lishini, davomiyligini xarakteriga ko‘ra ikki
guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh – ayni bir vaqtda keskin paydo bo‘lib, qisqa vaqt ichida
bo‘ladigan tutqanoq, ya‘ni epileptik paroksizmlar.
145
Ikkinchi guruh – doimiy, ta‘sirlaganda, zehn – farosat, kasalning shaxsiy
holatlarida o‘zgarish bo‘lganida.
Har bir guruhni kasallik belgilariga ko‘ra alohida ko‘rib chiqamiz. Hozirgi
paytda epileptik paroksizmning umumqabul qilingan klassifikatsiyasi yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |