Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
psihiatriya-qollanma

 Psixopatsimon sindromlar 
 
 
Psixopatsimon sindromlar bolalar va o‗smirlarda bosh miya organik 
zararlanishlari va postnatal buzilishlar natijasida rivojlanadi. Ularning asosini 
shaxsni emotsional irodaviy defekti bilan kechadigan ruhiy organik sindrom tashkil 
qiladi. 
Psixopatsimon sindromlarga quyidagilar kiradi: 
1. ruhiy noturg‗unlik; 
2. affektiv qo‗zg‗alishning ortishi; 
3. impul‘siv-epileptoid; 
4. mayl buzilishi sindromi. 
Ruhiy noturg‗unlik sindromi yuqorida ko‗rsatilgan klinik ko‗rinishlar bilan 
bir qatorda o‗ta ishonuvchanlik, yuqori kayfiyat, daydilikka, o‗g‗rilikka moyillik, 
o‗smir yoshida esa spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste‘mol qilish, erta jinsiy 
hayotni boshlashga moyillik kuzatiladi.
Affektiv 
qo‗zg‗alishning ortish sindromida kuchli qo‗zg‗alishlar, 
eksplozivlik, agressiv va tajovuz harakatlarga moyillik kuzatiladi. 
Impul‘siv-epileptoid sindromida bolalar va o‗smirlarga kuchli qo‗zg‗alish va 
agressiv harakatlardan tashqari disforiyalar, harakatlarga davomiyli salbiy affekt, 
tajovuz harakatlarga moyilik kuzatiladi.
Mayl buzilish sindromida birinchi navbatda jinsiy maylni oshishi kuzatiladi. 
Shu munosabat bilan bunday o‗smirlarning xulq-atvori va qiziqishlari jinsiy 
maylga qaratilgan. O‗smir qizlar kosmetika bilan ko‗p foydalanadilar, erkaklar 
bilan tanishishga intiladilar, ayrimlari 12-13 yoshdan boshlab jinsiy hayot olib 
boradilar. Ko‗pincha qizlar asosan to‗dalarga qo‗shiladilar va chekish, spirtli 
ichimliklarni iste‘mol qiladilar. 
Giperdinamik sindrom 
JSSJ ma‘lumoti bo‗yicha bu sindromning tarqalganligi 3-10%. Diqqat 
yetishmovchiligi va giperaktivsindrom ko‗proq o‗g‗il bolalarda uchraydi,o‗g‗il va 


141 
qiz bolalar orasida-4:1 nisbatda uchraydi. Sindrom 1.5 dan 15 gacha bo‗lgan 
yoshda uchraydi, biroq maktabgacha yoshdagi bolalarda va maktab yoshi 
boshlanishi davridagi bolalarda ko‗proq namoyon bo‗ladi.Sindromning asosiy 
ko‗rinishlari quyidagilar hisoblanadi: umumiy harakat jonsarakligi, hafsalasizlik, 
faol diqqatni bir joyga to‗plash sustligi, tajovuzkorlik, negativizm, tajanglik. 
Maktab tartiblariga moslashishning buzilishi, husnixatni o‗zlashtirishdagi 
qiyinchiliklar va makonni anglashning buzilishi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin