Bosh miyani jarohatlanishdagi dinamikasi Dinamikani tahlil qilishda ikki bir-biriga qarshi omillarni esga olishimiz
zarur. Gipertenziyani kamayishi so‘rilish natijasida og‘riq belgilari pasayadi.
Travmatik psixoz o‘smir yoshlarda va bolalarda orqaga qaytish xususiyatiga ega.
Bola xarakterining o‘zgarishi va intellektual ish qobiliyatini yo‘qotishi turg‘un
simptomlarga tegishli, ammo bu orqaga qaytish jarayoniga ega.
Oqibatlar yoki asorati kelib chiqishida bolaning yoshi ham ahamiyatga ega.
Etilmagan miyani ya‘ni ontogenetik rivojlanishi to‘liq yakunlanmaganda
og‘ir oqibatlarga olib keladi. Masalan: bola rivojlanishdan aqliy, jismoniy va ruhiy
orqada coladi. Yoki teskarisi bolalik davridan o‘tish paytida oqibati yaxshi
kechishi mumkin sababi sog‘lom miya keng kompensator xususiyatga ega. Ba‘zan
miyasidan shikast olgan bolada engil infektsion kasallik bilan og‘risa yashin klinik
belgi berib og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Davolash. O‘tkir davrida yotoq rejimi kamida 3 hafta. Jarohatdan 30-40
daqiqa o‘tgandan so‘ng boshiga muz qo‘yish va tozalovchi huqna o‘tkazish.
Dorilardan 40% uroneronin vena ichiga qilish. Tomir kengaytiruvchi, tomir
toraytiruvchi, magneziy berish qat‘iyan man etiladi. Qo‘zg‘aluvchanlik holatlarda
lyuminal, aminazin buyurish mumkin. Orqa miya punktsiyasi miya ichki bosimini
tushirishga buyurish tavsiya etiladi. «Xaotik» davri o‘tgandan so‘ng sistematik
davo olib boriladi. Sernokisliy magneziy va glyukoza eritmasi quyuladi.
135
Bemorlarni bu holatdan chiqandan so‘ng chekish, alkogol iste‘mol qilishi
cheklanadi.
Ahvoli
yomonlashganda
esa
gipotenziv
davo,
umumiy
quvvatlovchilar, so‘rilishni kuchaytiruvchi dori vositalari tavsiya etiladi.