127
Gallyutsinator – paranoid va psixosensor shakllarida. Oxirgi o‘n yillikda uchgan
(stertie) va abortiv formalarda kuzatiladi (vestibulyar) epidentsefalit o‘tkir bosqichi
bolalarda psixopatologik simptomi asosiy o‘rin tutmaydi. Boshqa bolalar
infektsiyasiga o‘xshab ko‘proq delirioz holatlar bilan kechadi. Ayniqsa,. tungi
deliriy xarakterlidir. Ancha og‘ir hollarda so‘z harakat qo‘zg‘alishini ko‘rish
mumkin. Bolalar to‘xtamasdan harakatchan o‘rinda yotarga joy topa olmaydilar,
choyshablarini yirtadilar, baqiradilar. Shu hollarda xorenik giperkinez, tremor, va
mioklenik buzilishlar bo‘ladi. Bu shaklida yaqqol qo‘zgalishlar bilan kechgani
uchun oqibati og‘irdir. Epidentsefalitning o‘tkir kechuvida o‘smirlarda klinika
turlicha kechadi, ba‘zan murakkab shizofreniyasimon sindromlarni ham ko‘rish
mumkin.
Bolalarda epidentsefalit o‘tkir kechganda o‘ziga xos bo‘lib, intellektual
faoliyatning tez pasayishi kuzatiladi. Bolaldar arzimagan narsalarga e‘tibor
beradilar. Kasallik klinikasida shilqim fikrlar kasallanib qolishdan qo‘rqish,
shilqim hisob, rezonerlik va boshqa holatlar kuzatiladi. Shuningdek, shilqim
harakatlarni tomoni tirnash va qichinish. Shunga qaramasdan bolalar o‘zlariga
og‘ir va og‘riqli jarohatlar etkazadilar va bunga qarshi o‘zlarini boshqara
olmaydilar. Bolalar impulsiv bo‘lib qoladilar: tishlaydilar, tirnaydilar, nimjon
bolalarni
uradilar.
Ular
seksual
qo‘pol,
ochiqchasiga onanizm bilan
shug‘ullanadilar. Bu bolalarga do‘q, yaxshi gap va jazolash ta‘sir qilmaydi. Ularda
javobgarlik hissi ham yo‘q. Intellekt qo‘pol buziladi, agar kasallik erta bolalik
davrida bo‘lsa, epidentsefalit kechuvi ko‘p qirrali engil abortiv formasi va og‘ir
o‘tkir kechganda hatto o‘limga olib keladi. Ushbu kasallikni o‘tkazgandan so‘ng
katta bo‘lmagan ruhiy buzilishlar bilan chegaralansa, og‘ir kechganda esa kasallik
tufayli bola yoki o‘smir nogiron bo‘lib, hayotga moslasha olmaydi. Agar bolalik
davrida kasallik psixopatsimon kechsa, ancha og‘ir hisoblanadi. Davosi:
antibiotiklar, neyroleptiklar.
Dostları ilə paylaş: