128
tomirlarining o‘choqli zararlanishiga bog‘liqdir (spetsifik endoarterit, meningit).
Ular zaxmning erta shakliga tegishlidir. Kechki formalarida
esa miya moddasi
zararlanadi (gummalar). Miya zaxmining erta shakllaridan biri sifilitik
nevrosteniyadir. Bunda bosh og‘rishi,
aylanishi, tananing turli joylarida og‘riq,
uyqusizlik, umumiy holsizlik, xotira ish faoliyatining pasayishi kuzatiladi.
Kasallikkka vaqtida davo ko‘rilsa tuzalish bilan tugaydi.
Sifilitik meningit. Kasallik yuqqandan 1 yil ichida kuzatilishi mumkin.
Simptomlari tez rivojlanadi. Birinchi o‘ringa meningial belgilar yuzaga chiqadi.
Es-hushi buzilishi, deliriy tutqanoqlar kuzatiladi.
Sifilitik soxta falajlik turli o‘choqli o‘zgarishlar bilan kechuvchi aqli
zaiflikni tashkil etadi. Bundan tashqari gallyutsinatsiya
va vasvasalar bilan
kechishi mumkin. Progressiv falajdan farqli bu erda o‘choqli simptomlar turg‘un
va shuningdek, qo‘pol bo‘ladi. Kechuvchi uzoq muddatli
remissiya kuzatilishi
mumkin. Spetsifik davo ba‘zida yaxshi natijalarga olib keladi.
Tug‟ma bosh miya zaxmi. Shuni ta‘kidlab o‘tish lozimki, kattalarda zaxm
kasalligini kamayishi bilan tserebral zaxm bolalardagi bu tug‘ma bo‘lib juda kam
holatlarda uchraydi.
Bolalar yoshida miya tug‘ma zaxmi patologik jarayoni generallashgan
umumiy infektsiya tipida kechadi. Asosan tug‘ma
zaxmda eng asosiy
ahamiyatliligi toksik omildir - spiroxetalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri platsenta orqali o‘tib,
homilaga, infektsiyalangan organizm ya‘ni onadan o‘tgan toksinlar ta‘sir qilib,
homilaning almashinuv jarayonlarini buzib turli nuqsonlar kelib chiqishga sabab
bo‘ladi. Zaxm toksinlari nafaqat rivojlangan homilaga ta‘sir etadi,
balki onaning
jinsiy xujayralariga ham ta‘sir etadi, ularning zararlaydi.
Tug‘ma zaxm natijasida bolada patologik xulq yuzaga kelishi mumkin. Buni
2 guruhga ajratish mumkin.
1 guruh aqliy tomondan qo‘pol o‘zgarishlarsiz, ammo mayllari oshadi.
2 guruhda emotsional doirasi kam rivojlangan. Birovga rahmdillik ko‘rsata
olmaydi. Hatto yaqin odamiga ham. Bunga xos xususiyat kamgaplik,
birovga
qo‘shilmaslik.
129
Bolalardagi miya zaxmida gallyutsinatsiya va vasvasa kam holatlarda
kuzatiladi. Bolalar yoshidagi nerv sistemasini kontinental klinikasiga xarakterli.
Tug‘ma zaxm somatik belgilarini ko‘pligi
Tug‘ma psixikasini rivojlanmasligi.
Miya zaxm variantini psixatsimon holatga o‘tishi bilan.
Psixotik shakllarini kamligi.
Serologik diagnostika: Sezuvchan reaktsiyalar RIT va RIF. Ko‘pincha
likvorda kuchsizgina pleotsitoz va oqsil miqdorini oshishi mumkin.
Miya zaxmini davosida kombinirlangan preparatlar qo‘llaniladi, mishyak,
simob, vismut,
yod antibiotik, vitamin, sedativ, psixotrop moddalar bilan
davolanadi.
Dostları ilə paylaş: