Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   137
psihiatriya-qollanma

DAVOLASH 
Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlarida biologik terapiya asosida 
medikamentoz va fizioterapiya davo muolajalari sistemali davo-pedagogik
chora-tadbirlar, mehnat terapiyasi va davo badantarbiya mashqlari bilan 
o‗tkaziladi. Medikamentoz terapiya patogenetik va simptomatik usullarni o‗z 
ichiga oladi. Patogenetik terapiyaning asosiy usullaridan degidratatsiya qo‗llaniladi 
(magniy sul‘fat in‘ektsiyasi mushak orasiga, diakarb, laziks in‘yektsiyalarining 
kurs bo‗yicha qabul qilish), so‗riluvchi terapiya (aloe, bioxinol in‘yektsiyasi kursi, 
shishasimon tana). 
Ammo rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlarni davolashda simptomatik 
davolash samarali bo‗lib qolmoqda. Siptomatik davo rezidual-organik 
buzilishlarda kuzatiladigan simptomlarni yo‗qotishga qaratilgan. Serebrastenik 
holatlarda davolash serebrastenik sindrom turiga qarab belgilanadi. Affektiv-
giperdinamik holatlarda neyroleptiklarni uzoq vaqt qabul qilish ko‗rsatiladi – 
sonapaks, neuleptil kuniga 10-20 mg dozasida maktab yoshgacha va kichik maktab 
yoshidagi bolalarga va aminazin (kuniga 50 mggacha) – o‗rta va katta yoshdagi 
maktab bolalari uchun. Asteno-adinamik va asteno-apatik holatlarda
psixostimulyatorlar tavsiya qilinadi (nuredal, sidnokarb), ayrim trankvilizatorlar 
(trioksazin, tenoten) hamda vitaminlar B15, B12, prosul‘pin .
Depressiv-distimik holatlarda trankvilizatorlardan ataraks va fenibut 
(noofen) 
qo‗llaniladi. 
O‗smirlarda 
aniq 
ifodalangan 
depressiyada
antidepressantlar, ko‗pincha, stimulaton (50мг/kuniga), velaksin (37,5мг/kuniga) 
qo‗llaniladi. Depressiv-distimik holatlarda qo‗rquvlarni yo‗qotish maqsadida


142 
prosul‘pin (eglonil 50мг/kuniga) ham tavsiya etiladi. Aniq ifodalanmagan 
qo‗rquvlarda ataraks(12,5-25мг/kuniga) yoki neurolni(0,25мг/kuniga) tavsiya etish 
mumkin. 
Senestopatik-ipoxondrik holatlarda sonapaks 10-20 mg/kuniga qo‗llaniladi. 
Trankvilizatorlardan seduksen, elenium, ataraks, adaptol, tenoten va kichik dozada 
ksanaks tavsiya etiladi.
Isteroform buzilishlarda aminazin tavsiya etiladi. Nevrozsimon turidagi 
buzilishlarni davolashda fenibut yoki noofen 250-500 mg/kuniga qo‗llash 
ahamiyatlidir.
Nevrozsimon duduqlanishda mushak tonusini pasaytiruvchi preparatlar 
(lidokain 25-125 mg/kuniga), aminazin yoki melleril (kichik dozada), 
trankvilizatorlar (fenibut, noofen, ataraks) tavsiya etiladi.
Nevrozsimon enurezda nootroplar yoki antidepressantlar ahamiyatlidir 
(pantokal‘sin, noofen, amitriptilin, triptizol, melipramin).
Nevrozsimon uyqu buzilishlarda somnol, andante va ayrim hollarda ataraks 
kechki mahal 12,5-25 mg dozada qabul qilinadi.
Rezidual-organik 
asab-ruhiy 
buzilishlarni 
kompleks 
davolashda 
medikamentoz terapiya bilan bir qatorda fizioterapiyaning ahamiyati katta. 
Masalan, tomirli bosh og‗riqlari bilan kechadigan serebrastenik holatlarda Sherbak 
bo‗yicha kal‘siy va yod bilan birga gal‘vanik yoqasi, uyqu buzilishi bilan 
kechadigan serebrastenik holatlarda – elektrouyqu, darsonval‘ nevrozsimon
enurezda siydik pufagi sohasiga feradizatsiya, bel sohasiga atropin sul‘fatli 
gal‘vanizatsiya qo‗llaniladi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin