138
holatga qator xususiyatlarni beradi. Masalan, diqqatning chalg‗ishi,
fikrlashning
charchashi ifodalangan xarakterga ega bo‗lib, uzoq vaqt ruhiy ish qobiliyatining
susayishiga sabab bo‗ladi. Ko‗p hollarda xotiraning eslash va eslab qolish
funksiyalari
pasayishi, ayrim paytlarda, xususan, jarohatdan keyingi
serebrasteniyada amnestik afaziyaning ma‘lum elementlari alohida so‗zlarni ham
uno‘tish shaklida kuzatiladi.
Tipik astenik holatlarda affektiv buzilishlar yaqqol namoyon bo‗ladi:
jarohatdan keyingi serebrosteniyadan keyingi jizzakilik affektiv «portlash»
xarakterini, eksplozivlik, kayfiyatning distimik o‗zgarishi- yig‗loqilik, o‗jarlik,
norozilik, ayrim paytda disforik tarzda keltirib chiqaradi.
Bosh miya jarohatidan
keyin rivojlanuvchi serebrastenik holatda tovush va yorug‗likka nisbatan
giperesteziya aniqlanadi. Psixogen va somatogen buzilishardan farq qilib,
sensor
sintezning buzilishlari, tana tuzilishining qisman buzilishlari kuzatiladi.
Rezidual-organik serebrastenik holat tarkibida ifodalangan vegetativ
regulyatsiyaning buzilishlari, serebrasteniya hamda diensefal sindromlarning birga
kelishi kabi holatlar kuzatiladi. Bolalarda rezidual serebrastenik holatlarda
nevrologik mikrosimptomatika,
nozik motorikaning nuqsonlari, harakatlarning
assimetrikligi - bir tomonlama harakatlar aniqlanadi. Bu komponentlar bolalarda
bosh miyaning erta organik zararlanishi natijasida kelib chiqadi.
Kalla suyagining
rentgenogramma va pnevmoentsefalogrammasida turli o‗zgarishlar aniqlanadi:
kalla
suyagi
yo‗lakchalarining
qalinlashuvi,
chuqurchalarning
hamda
so‗rg‗ichsimon suyakning assimetriyasi, bosh miya qorinchalarining kengayishi.
Ba‘zi bolalarda embrion davrida bosh miyaning organik buzilishlaridan
keyin tuzilish displaziyalari yuz assimetriyasi ko‗rinishida paydo bo‗ladi. Bu
guruh bolalarda «bigiz simptomi» namoyon bo‗ladi (qo‗l panjasi o‗rta
falangalarining uzunlashuvi va oxirgi falangalarning qisqarishi). Serebrasteniyada
kunning ikkinchi yarmida kuchayib boruvchi bosh og‗rishi, vestibulyar buzilishlar
(bosh aylanishi, ko‗ngil aynishi, transportda o‗zini yomon his qilishi) kabi holatlar
ko‗p uchraydi.
Dostları ilə paylaş: