Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137
psihiatriya-qollanma

Progressiv falaj – bu diffuz spetsifik meningoentsefalit bo‘lib, miya 
to‘qimasida yallig‘lanishini – destruktiv va atrofik o‘zgarishlar bilan, progredient 
kechib globar aqliy zaiflik o‘sib jismoniy va ruhiy degradatsiya kuzatiladi. 
Kasallikni rivojlanishi zaxmning IY bosqichiga to‘g‘ri keladi. Oq spiroxeta bosh 
miyaning hujayralarda va hujayralararo bo‘shliqlarida topiladi. Progressiv falaj 
kasalligining boshlanishida umumiy asabiylik simptomlari bilan boshlanadi, bir 
qancha oydan, yillargacha cho‘ziladi. Bemorlar bosh og‘rig‘i, uyqusizlik
bo‘shashishdan aziyat chekadilar. Bunday belgilarga ko‘pincha nevrasteniya 
tashhisi qo‘yiladi. Bu davrda shaxs o‘zgarishlari kuzatiladi. Bemor har bir narsaga 
quloq soladigan bo‘lib qoladi. 
Kasallik avj olgan sari qiziqishlari kamayib boradi. Bemor uyda o‘tirolmay 
qoladi, ko‘proq spirtli ichimliklarga ruju qo‘yadi, kam tanish odamlarga qimmatli 
sovg‘alar beradi. 
Birlamchi nevrologik buzilish belgilari harakat buzilishlari bilan kechadi. 
Bemorlarning husnixati o‘zgaradi. Gapirishida o‘zgarish, tushunarsiz nutq - 
dizatriya kuzatiladi. Xarakterli simptom Argayl-Robertsona. Miya zaxmidan farqli 
Vasserman reaktsiyasi qonda va likvorda deyarli hamma bemorlarda musbat 
bo‘ladi. 


130 
Kasallikning avj olish simptomatikasida organik total aqli zaiflik kuchayadi. 
Bemor sog‘ odamga xos bo‘lmagan qiliqlar chiqara boshlaydi, atrofdagilar ruhiy 
kasalligi borligidan shubha qiladilar. Bemorning kayfiyati baland, erotichli, o‘ziga 
ahamiyat bermaydi. Kasallik holatini tan olmaydi. 
Klinik ko‘rinish xususiyatlariga ko‘ra progressiya falajni quyidagi turlarga 
ajratiladi. 
Ko‘pincha falajning dement turi bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. 
Xarakterli belgilari - umumiy holsizlik, his-tuyg‘ulari va qiziqishlarini 
yo‘qolishi bilan kechadi. 
Eng xarakterligi ekspansiv va maniakal turidir. Buning belgisi kayfiyatning 
doim yuqoriligi va baland parvoz g‘oyalarning aniq ko‘rinishi. 
Ajitirlangan turida doimiy tushunarsiz ko‘zgalish holatlari kuzatiladi. 
Progressiv falajning 3-chi marazm davrida ruhiy holatning hamma tomonlarini 
tushishi kuzatiladi. Bu bosqichda bemor faqat ovqat haqida o‘ylaydi. Ular juda 
haddan tashqari ochofat bo‘lib qoladilar. Nutqi tushunarsiz bo‘ladi. 
Marazmning somatik belgilari – kaxeksiya, yotok yaralari, suyaklar sinishi 
va og‘ir nevrologik buzilishlar (insult, tutqanoq, falaj) o‘lim ko‘pincha infektsiya 
qo‘shilganda yoki insult vaqtida keladi. 
Progressiv falaj kam hollarda orttirilgan zaxm natijasida asosan tug‘ma 
zaxmdan keyin kelib chiqadi. 
12-15 yoshgacha bola normal rivojlanadi, so‘ng o‘z-o‘zidan hech qanday 
sababsiz boshqalardan ham jismoniy, ham ruhiy holatda orqada qoladi. Asosan 
bola juda ahamiyatsiz, atrof muhitga qiziqishi yo‘qoladi, maktab dasturini 
o‘zlashtira olmaydi, xulqi va xarakteri o‘zgaradi: jahldor, yig‘loqi, quloqsiz bo‘lib 
qoladi. Bunday bolalar aldamchi, uylaridan qochib ketadigan odat chiqaradilar. 
Shunday vaziyatda ota-onalar shifokorga murojaat etadilar. 
Yuvenil progressiv falajning tipik ko‘rinishi bu dementsiyadir. 
Kasallikni kechishi davo olmagan bolada 5 yildan to 9-10 yilgacha. Davo 
olmaganlarni oqibati yomon yakunlanadi. 


131 
Davolash. Kombinirlangan 3 kunlik bezgak emlash bilan bir qatorda 
spetsifik davo. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin