Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Brutsellez kasalligida uchraydigan psixozlar



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137
psihiatriya-qollanma

Brutsellez kasalligida uchraydigan psixozlar. Kam uchraydi, asosan 
surunkali variantning latent shaklida kuzatiladi. Kasallikning boshlanishi davrida 
atipik kechadi, brutsellez tashhisi psixiatriya klinikasida aniqlanadi. Brutsellezning 
boshlang‘ich davrida delirioz, amentiv, maniakal holatlar bo‘lsa, ikkilamchi 
latentsiyada ipppoxondrik, tserebrostenik, astenodepressiv katotonik. Surunkali
gollyutsinoz, epileptiform va amnestik buzilishlar kuzatiladi. Surunkali 
infektsiyalar tufayli kelib chiqqan psixozlar klinik kechuvi turlichadir: 
gallyutsinator – paranoid, katotonik, Kandinskiy – Klerambo sindromi. Psixozlar 
shizofreniyaning turli shoklariga o‘xshab ketishi mumkin. Surunkali infektsiya 
tufayli kelib chiqqan psixozlardan farqli infektsiyaning o‘ziga bog‘liq bo‘lmaydi, 
davomiyligi va retsidiv kechuvchi va doim oqibati yaxshi bo‘lmaydi. Miya 
infektsiyalariga bog‘liq ruhiy buzilishlar. Bolalar kasalliklari o‘rtasida turli 
etiologiyali ikkilamchi infektsiyalar katta o‘rin tutadi. Qaysi infektsiya bo‘lishidan 
qat‘iy nazar bolalarda entsefalit chaqirishi mumkin. Ko‘pincha entsefalit bilan 
asoratlanadigan infektsiyalar: gripp, pnevmoniya, qizamiq, tif, ba‘zan dizenteriya, 
moleriya, difteriyalardir. Ikkilamchi infektsiyadan so‘ng ruhiy buzilishlar quyidagi 
klinik xususiyatlarga ega:1) es-hushni buzilishi bilan (karaxtlik, deliriy); 2) 
epileptiform tutqanoqlar: ikkilamchi infektsiya o‘tkazgandan so‘ng kelib 
chiqadigan rezidual o‘zgarishlar: a) dement formalar; b) epileptiform holatlar; v) 
nevrostenik va psixopatsimon holat. 
Kichik yoshdagi bolalarda ko‘pincha dement sindromi, ruhiy orqada qolish 
va tutqanoq sindromlari katta rol o‘ynaydi. Katta yoshdagi bolalarda esa engil 
formadagi rezidual buzilishlar va entsefalitlar bilan kechishi mumkin, odatda 
psixopatologik simptomatika turlichadir. Nevrologik simptomlar esa bo‘lmasligi 


125 
mumkin, Postinfektsion asoratlar patogenezida likvorodinamik buzilishlar katta rol 
o‘ynashini hisobga olgan holda, sistematik degidratatsion terapiya o‘tkazishni, yod 
preparatlari bilan suriluvchi davo, shuningdek yallig‘lanish protsessiga qarshi
antibiotiklar beriladi. Fizioterapiya ham yaxshi natija beradi. O‘smirlar o‘rtasida 
mehnat qilish kabi davo choralari o‘tkaziladi. 
Sil meningiti. Amaliyotga streptomitsin kirib kelgandan so‘ng sil meningiti 
o‘limga olib keluvchi kasallik bo‘lishidan to‘xtaydi. Sil meningitining 1-simptomi 
bo‘lib, kayfiyatning o‘zgarishidir. Bola tez xafa bo‘ladigan, yig‘loqi, sabrsiz, o‘jar 
yoki noaktiv bo‘lib qoladi. Ba‘zi bemorlar bir necha hafta va hatto oylab
uyqusimon karaxtlik va delirioz notinchlikda bo‘ladilar. Boshqa hollarda es-hushi 
buzilishi bo‘lmaydi, lekin bemorlar noaktiv hech qanday atrofga qiziqishsizlik 
bilan kechadi. Bunday bemorlar o‘rinda harakatsiz, shipga qarab ko‘zlarini katta-
katta ochib yotadilar. Gohida oniyroid buzilishlar, amnestik sindrom kuzatiladi. 
Bolalarda ko‘pincha kayfichog‘lik, xursandchilik va impulsiv harakatlar, 
shuningdek, og‘ir va sababsiz qo‘zg‘alishlar ba‘zan esa bulemiya ham kuzatish 
mumkin. Sil meningiti o‘tkazgan bolalarda ruhiy orqada qolish va rezidual organik 
buzilishlari bilan kechishi mumkin. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin