Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Epilepsiya va epileptik sindromlarni xalqaro



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   137
psihiatriya-qollanma

Epilepsiya va epileptik sindromlarni xalqaro 
tasnifi (1989,Nyu-Deli) 
1. Maxsus ixtisoslashgan shakllari (o‘choqli,fokal,lokal,partsial) 
Idiopatik (yoshga bog‘liq bo‘lgan debyutlar); 
Simptomatik (tanish etiologiyali va verifitsirlangan morfologik buzilishlar); 
Kriptogenli. 
2. Epilepsiyani generallashgan shakllari 
2.1. Idiopatik (yoshga bog‘liq bo‘lgan debyutlar); 
2.2. Kriptogen va/yoki simptomatik; 
2.3. Simptomatik. 
3.Epilepsiya shakllari,aniq tasnif kerak bo‘lmagan xuddi partsial yoki
generalashgan. 
4. Maxsus sindromlar. 
Xalqaro epilepsiya birlashmasida qabul qilingan Vena klassifikatsiyasini 
ko‘pgina olimlar e‘tiroz qiladi. Biz hisoblaymizki, Lennoks (1960) tomonidan 
ishlab chiqilgan klassifikatsiya tajribada qo‘llashda eng o‘ng‘ay va omadlisidir.
Hamma turli ko‘rinishdagi epilepsiya orasida ta‘sirchan yirik tutqanoq 
to‘tish (grandmal). Oldindan xabar berilish belgilari. Yirik tutqanoq to‘tishdan 
oldin bir necha soat yoki kun oldin har xil ko‘rinishda funktsional buzilish holatlari 
ko‘rinishida oldindan xabar beriladi. Qon aylanish, nafas olish, uyqu, tanadagi 
moddalar almashuv yuqori bo‘lishi, oshqozon buzilishi va oligouriya. 
Ayniqsa, ruhiy holatdagi o‘zgarishlarda ko‘rinadi: kuchli bezovtalanish yoki 
hech narsaga aralashmaslik, qaltirash kayfiyati, ta‘sirlanishning kuchayishi, 
hayratlanish, eksploziv va shiddatlilik. 


146 
Aura – epileptik yiqilishning boshlang‘ich fazasi, hushdan ketish, bu haqda 
kasalda xotira qolishi mumkin va ta‘riflay oladi. Bu faza juda qisqa vaqt ichida 
bo‘ladi. Aura majburiy emas, lekin 60-70% holatda kuzatiladi. Auraning hamma 
aniq ko‘rinishlarini birga-bir ko‘rsatib o‘tish imkoni yo‘q.. Ba‘zi kasallar qorinda 
paydo bo‘lgan kuchlanish, boshqalari hech qachon his kilmagan huzur – halovat 
(Dostoevskiyning, ―Idiot‖idagi ko‘rsatilganidek). Aura murakkab ko‘z, eshitish va 
boshqa gallyutsianator kechinmalar, gavdaning tuzilishidagi asabiylashish 
(favqulodda engillik yoki oriqlash va hokozalarga ko‘ra). Aura sifatida murakkab 
ruhiy zo‘riqish holatida, ya‘ni avvaldan ko‘ringandan hayajonlanish yoki ―hech 
qachon ko‘rinmaganning takrorlanishidan tashvishlanib takrorlanish mumkin. Aura 
tutqanoq tutib yiqilish darajasida kuzatiladi, uning simptomlari tutqanoqning 
keingi bosqichlarida rivojlanmasligi mumkin. Aura epileptik o‘choqni aniqlashda 
va tashhis qo‘yishda ahamiyatga ega. 
Auradan keyin tutqanoqning tonik fazasi keladi. U to‘liq hushidan ketish, 
boshlang‘ich qichqiriq, ya‘ni tutqanoq to‘tishdan oldin havo nafas yo‘lini 
qisqatiradi. Kasal odatda, oldingi tomonga yiqiladi, ko‘pincha jarohatlanadi, biron 
a‘zosi sinadi yoki chiqadi. Bosh orqaga qayriladi , ko‘z katta ochilgan, nazari 
harakatsiz. Gavdasi kuchlanishli, qo‘l barmoqlari mushti tugilgan bo‘ladi. 
Dastlabki oqarish tsianoz bilan almashadi. 
Tonik faza 10-30 sekund davom etganidan keyin 1-2 minut klonik faza 
keladi. U gavda qismi va a‘zolarining ketma-ket bukilib yoki yozilib turishi, nafas 
yo‘lida xirillash va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi. 
Harakatdagi kuchlanish ko‘pincha chuqur va og‘ir nafas olish bilan 
yakunlanadi. 
Tutqanoqli yiqilishdan keyin kasal odamda yana bir necha minut es-hushi 
tiniq bo‘lmagan holatda bo‘ladi. Ba‘zi kasallar yiqilganidan so‘ng o‘ziga 
kelganidan keyin darhol turib o‘zining ishini davom ettiradi, boshqalar esa 10-20 
minut chuqur uyquga ketadi. Tutqanoq tutib yiqilgandan so‘ng uning to‘liq 
amneziyasi boshlanadi. 


147 
Bolalarda generalizovan yirik tutqanoq epilepsiya formasida tez-tez uchrab 
turadi. Uch yoshgacha bo‘lgan davrida huruj xarakterlikdir, gavdaning yarmini 
qamrab oladi, tonik fazani qamrab olgan holatda. Alohida ko‘rinishdagi yana bir 
holati, bolaning boshi bir tomonga buriladi yoki butun gavdasi o‘ng yoki chap 
tomonga qaragan bo‘ladi. 
Uch yoshdan katta bolalarda esa yirik qaltiroq kattalarda bo‘ladigan hurujni 
eslatadi. Aura kattalarga qaraganda bolalarda kamroq bo‘ladi. Bolalarda qaltiroq 
qichqirish bilan emas, ingranish, va hushdan ketishi bilan boshlanadi, undan keyin 
tonik faza keladi. Bu faza (odatda, uzoq davom etadi) tomirlarning intensiv tonik 
qisqarishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda tonik fazadan klonik fazaga o‘tish 
jarayoni aniq ifodalanmaydi. Klonik fazada tutqanoq to‘tishi generalizovan 
holatida va ritmik xarakterda, ko‘pincha lokalizatsiya boshlanishi ko‘rinishiga ega. 
Epileptik huruj bir necha sekundga cho‘ziladi, kamdan-kam bir necha minut 
bo‘ladi. 
Kichik tutqanoq (petit mal) katta tutqanoqqa o‘xshagan tipik holatlardan 
ajratib turadi, lekin bunda simptomatlik polimorfizm ko‘pdir. 
Absans tutqanoq hurujining oddiyroq ko‘rinishdir. U birdaniga qisqa vaqtda 
ko‘rinadi (bir necha sekundgacha) va to‘liq hushdan ketishiga olib keladi. Kasal 
soviydi, lekin yiqilmaydi, gavdani tutqanoq huruji boshlanishidan oldingi holatda 
tutib turadi. Huruj ba‘zida avtomatik xususiyatda ojiz ko‘rinishda (masalan, kasal 
barmoqlarini harakatga keltiradi va labini qimirlatadi). 
Absans huruji qanday tez boshlangan bo‘lsa, shunday tez tuxtaydi. Kasal esa 
o‘z faoliyatini hech narsa bo‘lmagandek davom etiradi, u nima yuz berganini 
bilmaydi.
Absanslarning bunday ko‘rinishi bolalar yoshida kichik hurujning tez 
takrorlanadigan ko‘rinishi emas. Ko‘pincha bolalarda kichik hurujlar guruhiga 
kiruvchi triada, deb nomlangan hurujlar uchraydi. 
Bunga qo‘yidagilar kiradi: 
a) Propulsiv kichik hurujlar. Absanslarga o‘xshagan qisqa muddatli, xotirani 
butunlay yo‘qotadi, ular turli harakatlanish ko‘rinishida, gavdaning butunligicha 


148 
yoki qisman olg‘a intilishga olib keladi. Propulsiv hurujlar guruhini ―salaamov‖, 
―yashin tezligida‖, ―kivatel‖, va ―astatik‖ga ajratiladi. Salaamov huruji oldidan 
bolaning boshi va gavdaning yuqori qismi sekin tonik hurujdek oldinga egiladi
tomirlar atrofga va yuqoriga harakatlanadi, yashin tezligidagi hurujdan intensivligi 
bilan farqlanadi. Shunday vaqtda harakatlanish tez va birdaniga yuz beradi. 
Yotganda bosh ko‘tariladi, o‘tirganda esa kutilmagan paytida oldinga egiladi. 
Astatik yoki akinetik huruj oldidan kasal bir necha daqiqaga xushidan ketar 
ekan , tomirlari bo‘shashadi, lekin tezlikda yana ko‘tariladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hurujlar bolalik yoshining ilk davriga to‘g‘ri 
keladi, ko‘pincha bir yoshlarda yuz beradi. U yuqori chastotada xarakterlanadi. 
b) Retropulsiv kichik hurujlar ko‘pincha 6-7 yoshlarda bo‘ladi, 16-17 
yoshdan keyin ham uchraydi. Umumiy ko‘rinishlari: yuqori chastotali (20 dan 100 
gacha va undan ham yuqori, davomiyligi (2-4 daqiqa), asosiy belgilari (ko‘z olmasi 
yuqoriga qaraydi, shu holatda ba‘zan ritmik harakati vertikal yo‘nalishida bo‘ladi). 
Bosh tez-tez orqaga tashlanadi, gavda orqa tomonidan, yoki butun gavda orqadan 
harakatlanib, egiladi. 
Hozirgi paytda ko‘pgina mualliflar bunga piknolepsiyani qo‘shadilar, absans 
hurujlar tipini, epileptik kasallikka qarshi davolashda o‘zgarish yo‘qligi, samara 
bermaganligi uchun ba‘zan bemor tuzalishiga olib keladi. 
v) Impulsiv (yoki mioklonik) kichik hurujlar asosan bolalik va o‘smirlik 
rivojlanish davrida bo‘ladi. Impulsiv huruj tashqi tomondan qaraganda kuchli 
qo‘rquvdan birdaniga qaltirashni eslatadi. Bunday holatda qo‘llar tez harakat bilan 
ochilib yopiladi, unda mavjud bo‘lgan narsalar otilib ketadi. Agar kasal yiqilsa, 
yashin tezligida yiqilganidek, ko‘pincha shu zahoti o‘rnidan turadi. Odatda qator 
itarishlar ketma- ket keladi, ba‘zan yangi holatda bo‘ladi. 
Mayda hurujlarning hamma ko‘rinishlari og‘riq qo‘shilishi bilan 
murakkablashadi yoki kichikroq holatda (chaynalish, yutinish, ovoz chiqarish va 
boshqa oddiy harakatlarda). 


149 
Kichik hurujlar triadasining har bir shakli klinik ko‘rinishda va oqimda o‘z 
xususiyatiga ega. Propulsiv shaklda ko‘proq qo‘pol nevrologik buzilish va qisman 
psixikaning to‘liq rivojlanmaganidan bo‘ladi. 
Mioklonik hurujda qo‘pol asabiylik uchramaydi, lekin epilepsiya uchun xos 
bo‘lgan xotirani yo‘qotish va boshqalar yuzaga keladi. 
Retropulsiv shakldagi kichik huruj ruhiyatdagi nohushlik ta‘siri bilan ajralib 
turadi, bunda uzoq davom etgan kasallik natijasida shaxsning holatida o‘zgarish 
bo‘lishi mumkin. Qattiqroq chastota razryadlari, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, 
keng miqyosda bo‘lishi mumkin. 
Qattiqroq huruji ketma-ket kelgan paytda, hatto kichik to‘xtashi bo‘lganida 
ham hotirani yo‘qotish to‘xtamaydi. Epileptik status ko‘p soatda, ba‘zan esa bir 
necha kun davom etishi mumkin. Og‘ir komatoz holati rivojlanadi, gavda harorati 
ko‘tarilib 40 darajagacha etadi, siydikda oqsil paydo bo‘ladi, yurak faoliyati 
buziladi. 
Status davomida miyaning o‘tkir shishi bo‘ladi. Bo‘larning barchasi bemor 
o‘z vaqtida davolanmasa, hayoti uchun havflidir. Statusdan so‘ng davolanish 
jarayoni og‘ir kechadi, terapiya uncha samara bermaydi, ba‘zan asablarning 
buzilishiga olib keladi. 
Kichik hurujlar ham status shaklida bo‘lishi mumkin. 
Paroksizmal qaltiroqqa psixomotor va psixosensor hurujlar ham kiradi. Ular 
ososan lokalizatsiya epilpeptiyagen o‘choqda aniqlanadi. Odatda psixomotor huruji 
xotiraning qorong‘lashishi va keynchalik amneziyaga olib kelish xususiyatiga ega. 
Hulqning buzilish hech bir maqsadsiz harakatlanish stereotip xatti-harakat, 
masalan, kiyimlarni taxlab qo‘yish, qo‘lni artish, atrofdagi jihozlarini maqsadsiz 
tartibga keltirish. Boshqa hollarda bolalar chapak chaladi, turli so‘zlar aytadi, 
maqsadsiz kuladi, qaergadir borishni, yugurishni istaydi. Hurujning davomiyligi 1-
3 minut. 
Psixomotorli hurujda bemor gavdasini vertikal holatda aylantiradi. 
Vaqtincha chaynaladi, so‘lak chiqishi, tamshanish, yutinish yuz beradi. 
Tashqaridan qaraganda, bemor ovqatning ta‘mini tatib ko‘rgandek ko‘rinadi. Huruj 


150 
hotiraning qorong‘ilashishi ko‘rinishida bo‘ladi. Psixomotor huruji bolalarda tez-
tez uchrab turadi. 
Psixosensor huruj esa bolalarda kattalarga qaraganda kam uchraydi. 
Psixosensor paroksizm klinik ko‘rinishiga aura, epigastral, kardinal va vistseral 
xususiyatlarda ruhiy kechinmalar kiradi. 
Shuningdek, ba‘zan bolalarda uchraydigan dientsefal epilepsiyani eslatib 
o‘tmoq lozim. Dientsefal epileptik huruj vositalari avvalo turli hayajonlanish, 
yurak va nafas yo‘llarining ritmi buzilishi, termoregulyatsiya, gipergidrozom, 
poliuriya va boshqalarning buzilishidan paydo bo‘ladi. Huruj harakatdagi 
hayajonlaning majburiy qilish, yig‘lash hamroxligida bulish mumkin. Bunday 
paytida xotira chukur buzilmaydi yoki umuman buzilmaydi. Epilepsiya bilan 
og‘rigan bemorlarda aytib o‘tilgan paroksizmal hayajonlanish bilan bir qatorda 
ruhiy ekvivalentlar ham kuzatilish mumkin. Bu turli jihatdan ruhiyatning 
hayajonga tushishi natijasida hurujlar o‘rtalig‘ida yuz beradi. Huruj ekvivalenti, 
deb shunga aytadilarki, u o‘zining kutilmaganda tezligi, epizodikligi jihatidan 
qattiqroq hurujni eslatadi, ba‘zan uni almashtirilgandek bo‘ladi. Yosh bolalarda 
ular kattalarga qaraganda kam uchraydi. Psixik ekvivalentlarga disforiya, 
xotiraning ......holatni keradi. 
Disforiya-xotiraning epileptik hayajonlanishi, u bir necha soatdan bir necha 
kungacha davom etadi. Bemor qo‘pol, jirkanch, hayajonli, havotirli, kamdan -kam 
xafaqon , ipoxondrik shikoyatli va o‘z joyiga qasd qilishga urinish holatlari kam 
bo‘lsa, ham uchraydi. Gohida kayfiyati yuqori bo‘lgan holda uchraydi. Ba‘zida 
epilepsiya qo‘rqish holatida xush o‘zgargan tusda bo‘ladi (o‘jarlik qilish, surbetlik, 
qahrlilik, odatdan tashqari harakatlanish, uyatsizlik). Epilepsiya bilan kasallangan 
bemorlarda xotiraning xiralanishi holati turlicha bo‘ladi. Bolalarga va o‘smirlarda 
xotiraning xiralashishi uyquda yurish va fug holatida tez-tez uchraydi. 
Somnambulizmda (uyquda yurish) bemor tunda turadi va uyg‘onmasdan 
xonada yuradi, ba‘zan xonadan chiqadi. Bir necha minutdan keyin bemor qaytib 
o‘z o‘ringa yotadi. Bemor o‘zining holati harakatlarini boshqalardan eshitib bilib 
oladi. 


151 
Epileptik fug jarayonida bolalar birdaniga uydan chiqib ketadilar va tentirab 
yuradilar. 
Tartibga solingan xiralashish holatida-transda bemorlar murakkab 
harakatlarni bajaradilar, tashqaridan qaraganda tartibli ko‘rinadi, zarur bo‘lmagan 
tomonga ketish, biron erga, ba‘zan uzoq sayohatga jo‘nab qaytish. Bemorlar ba‘zi 
darajada atrofga qarab, qaerdanligini belgilab oladi, shuning uchun ular 
atrofdagilarning diqqatini tortmaydilar. Xotira xiralashishi holatining boshqa va
klinik ko‘rinishda ruhiy hayajonlanish egallaydi. Gallyutsinatsiya xususiyatlari: 
o‘t, qo‘rqish, birovga tashlanish, qo‘rqinichli ko‘rinishda bo‘ladi. Bemorlar ba‘zida 
favqulodda havfli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, gohida epilepsiya bilan 
kasallangan bemorlar xuddi shunday holatida eng og‘ir jinoyatlarni sodir qiladilar. 
O‘ldirish, yirtish va boshqa harakatlarga ingtiladilar. Bemorlar duch kelgan 
narsalar bilan himoyalanadilar, eshiklarni to‘sadilar, stul bilan siltanadilar, 
derazaga chiqib oladilar. O‘z joniga qasd qilishga harakat qilish hollari uchraydi. 
Ruhiy kechinmalarda vaqtida xususiyatlidir. 
Paroksizmal, shuningdek, qisqa va o‘tib ketadigan ruhiy holatda epilepsiya 
barcha ruhiy kechikmalarni chiqarib tashlamaydi. Bu kasallik ko‘pincha hollarda 
ruhiy buzilishni rivojlanitiradi. 
Bu epilepsiya progredient kasallanish sifatida o‘rganishga asos bo‘ladi. 
Epileptik jarayon dastlab xarakter yadrosiga tegmasligi mumkin, ruhiy 
holatlarini o‘zgartiradi, qayg‘urish va intilish reaktsiya va xulq-atvorning 
o‘zgarishida sekinlik va boshqalar. Bemorlar asta-sekin harakatlanish qobiliyatini 
yo‘qotadi, yuqoriga ko‘tarilishda qiynaladi, oshirib gapirishga moyillik paydo 
bo‘ladi, maydachi, pedantlik xususiyatga ega bo‘ladi. Hayajonlanish oqibatida 
muloqatda egoizm, o‘zining haq ekanligiga ishonch hosil qilish, yuqori taassurat 
va hayajonlanish, o‘ch olish hamda shijoatlanish o‘zining sog‘ligi uchun ko‘proq 
qayg‘urish va umuman shaxsiy farovonlikni o‘ylashi. Ko‘pgina bemorlar 
kasallikning keyingi bosqichlarida o‘zlarining yaqin qarindosh urug‘larining 
vafotiga ajablanarli darajada unga qayg‘urmaydilar. Bemorlar bunday paytda 
o‘zlarining sog‘ligiga diqqat bilan qarasalar ham. 


152 
Bemorlik jarayonida payda bo‘lgan alomatlar asta-sekinlik bilan avvalgi 
ruhiy kechinmalarni siqib chiqara boshlaydi. Bemorlar xarakteriga qarama -
qarshilik xos, shu zahoti hisoblashish va g‘azabga kelib, qo‘pollik qilish hamda 
foydalanish. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlar mayda-chuydaga katta e‘tibor 
beradi. Bemorlar ko‘pincha yovuz xotirali, shu bilan birga ozodalikni yaxshi 
ko‘radilar, o‘z jihozlariga o‘rganib qolgan bo‘ladilar. Ko‘pincha, ular mehnatsevar 
bo‘lishadi, ko‘p vaqlarini bironta murakkab bo‘lmagan ishga sarflaydilar, hamma 
narsaning mayda-chuydasigacha e‘tibor berishadi. Ayniqsa, epilepsiya vaqtida o‘y-
fikrlashdagi buzilishlar xususiyatlidir. Bemorning o‘y-fikrlashdagi sekinlashadi, 
tor doirada bo‘ladi. Epilepsiya bilan og‘rigan bemor ko‘p so‘zlaydi, kerak 
bo‘lmagan so‘zlarni gapiradi, mayda-chuydaga to‘xtaladi. Fikrlash tor doirada 
bo‘lib, yangi fikrga o‘tishi qiyin kechadi. Epileptiklarining nutq darajasi sekin, bir 
xil ba‘zida tiniq, erkalovchi tusda bo‘ladi. Bemor vrach bilan uzoq vaqt 
axamiyatsiz hodisalar to‘g‘risida suhbatlashadi, o‘z fikr mulohazasini keyinchalik 
ifodalay olmaydi. Uy-fikri bo‘yicha suhbat boshlasa, boshqa tomonga o‘y-fikrini 
o‘zgartirish qiyinroq bo‘ladi. Affekt kumulyatsiyasiga moyillik seziladi. 
Bemorlik davrida ko‘rib o‘tilgan xususiyatlar kuchayadi, unga xotiraning 
ojizlanish qo‘shiladi. U xotira yomonlashganligi, intellektual qobiliyatlilik 
kamayishda ifodalanadi. 
Logik fikrlash qobiliyati kamayadi, fikrlash konkretlanadi. Professional 
tajriba va qiziqish kamayadi. 
Epilepsiya bilan og‘rigan bolalarda hamisha ham aytib o‘tilgan xususiyati, 
individual o‘zgarishlar bo‘lavermaydi. Bunday bolalarga 3-4 yoshda ko‘prok 
yuqori motorik xususiyatlidir. Bolalarning ota-onasi so‘ziga qaraganda ―bir minut 
ham bir paytda o‘tirolmaydi‖, intilish, qo‘liga tushgan hamma narsani olishga 
urinish, ularga qiziqmaslik va faoliyatning natijasiga e‘tiborsizlik ularning 
xususiyatiga xosdir. 
Epileptik boladagi hayajonlanish tez xafa bo‘lishida ko‘rinadi, agressiv, o‘ch 
oluvchanlik oddiy sabablardan kelib chikadi. Sabr qilmaslik, ozgina kechikish
yuzasidan uning talabini qanoatlantirmaslik, agarda u keyinchalik amalga oshsa 


153 
ham epileptik bolalarda ko‘p uchraydi, natijada azoblanishiga, asossiz ravishda 
atrofdagilar bilan janjal chiqarishiga sabab bo‘ladi. 
Uning diqqatini boshqa tomonga yo‘naltirish qiyin kechadi, bola uzoq vaqt 
bir nuqtaga tikilib qoladi, bir xil mashg‘ulot bilan shug‘ullanadi, muntazam 
gavdasini silkitib turadi. 
Alohida ta‘kidlash kerakki, epilepsiya bilan kasallangan bolalarning 
ba‘zilarida asabiylashish oshgan, egoizm kuchaygan, atrofdagilarni ta‘siriga
beriluvchan, erkalanuvchan yoki ortiqcha hotamtoylik xususiyatlari bo‘ladi. Ba‘zi 
bolalarda xulq-atvor belgilari kasallik davomida bir xil, ayrimlarida esa qarama-
qarshi, biridan ikkinchisiga tez o‘tishi kuzatiladi. Xulq-atvordagi buzilish bir xilda 
bo‘lmasligi xarakterning epileptik tizimidagi rang-baranglikni o‘z ichiga oladi. 
Epilepsiya oldidan bo‘ladigan simptomlarning xususiyatini ko‘rib chiqamiz. 
Odatda, epilepsiyaning dastlabki simptomi qaltirash huruji. Bu fakat bolalarning 
dastlabki yoshiga nisbatdan to‘g‘ridir, chunki bu yoshda epilepsiyani aniqlash 
qiyin, sub‘ektiv shikoyat bo‘lmaydi. 
Maktab yoshidagi va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda epilepsiyanikng 
boshlanish alomatlari o‘rganilganida, epilepsiya qaltiroq huruji boshlanmasidan
oldinroq paydo bo‘ladi. Epilepsiyaning tutqanoqsiz boshlang‘ich davri bir necha 
oydan bir necha yilgacha cho‘ziladi. 
Kasallikni rivojlanishi jarayonidagi dastlabki bilinadi. Epilepsiyadan oldin 
uyqu buzilishi jihatlari shundan iboratki: 
a) odatdan tashqari yorug‘lik 
b) qo‘rqish affekti namoyon bo‘lishi 
v) uyqu davomiyligning buzilishi, bezovtalanish
g) tush ko‘rishning cho‘zilib ketishi 
d) ba‘zida uyquni muddatidan o‘tkazib yuborishga o‘tish, xiralashish holati 
e) ko‘rgan tushlari mazmuni xotirasida saqlanib qolishi
j) shu va boshqa tushlari muntazam takrorlanaverishi. 
Ko‘rilgan tushlari boshqa hayajonli tushlar simptomi bilan uyg‘unlashishi 
xarakterli belgilari (tushda gapirish, tushda yurish, yig‘lash, kulish, tushda 


154 
qichqirish) umumiy qaltirash, bosh aylanish, ayniqsa xotiraning o‘zgarishi. 
Bularning har biri alohida holatda epilepsiya uchun o‘ziga xos xususiyati emas, 
ammo ularning uygunligi epilepsiyaning dastlabki alomatlarini aniqlashga imkon 
beradi. Epilepsiyaning dastlabki davrida bosh og‘rigi ko‘pgina kasallarda paydo 
bo‘ladi. Biroq, ko‘pchilik kasallarda u intensiv emas va klinik ko‘rinishda etakchi 
o‘rin egallamaydi. Epilepsiya oldidan bosh og‘rishining asosiy farqlanishi 
shundaki, progredientlik ko‘rinishdagi belgilar aniqlanmaydi, umumiy jarayonda 
o‘rin topgandek. Shuningdek, tungi bosh og‘rig‘i bo‘lmaydi. Ba‘zi bemorlarda 
bosh og‘rig‘i keyinchalik epileptik hurujdan xabar beruvchiga aylanadi. 
Bolalarda epilepsiyaning boshlang‘ich darajasi kattalarga qaraganda ikki 
martda ko‘proq bo‘ladi, vistsero-vegetativ paroksizm kuzatiladi, qisqa muddatli va 
ojiz klinik holatda ajralib turadi. Gohida esa ular faqat vistseral simptom bilan 
chegaralanadi. Masalan, xotirada saqlanib qolgan umumiy muhitda birdaniga qayd 
qilish ehitiyoji paydo bo‘ladi va shu zahoti yo‘qoladi. Boshqa xolatlarda paroksizm 
xotiraning o‘zgarishi bilan, qator vegetativ simptomlardan iborat bo‘lib, gohida 
turli hayajonlanishdan: tonik qaltiroq yoki tomirlarning bo‘shatib qolishi, bilmagan 
holda siyib qo‘yish va boshqa holatlar. Bolalarda vistsero-vegetativ paroksizmning 
turli ko‘rinishlari shundaki, abdominal xuruj-qorinda og‘riq paydo bo‘lishi ba‘zida 
opekular fenomen bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu gohida nevropatiya, glistnoy invaziya, 
ovqat toksikoinfektsiyasi, deb yanglishiladi. Ajralib turadigan belgilari: 
a) ular paydo bo‘lishida paroksizmal xarakter 
b) ovqatlanishi va psixogen payti bilan bog‘liq emasligi, yo‘qligi 
v) qisqa muddatlik (bir necha daqiqa 1-2 minut) 
Kattalarga qaraganda bolalarda generalizovan qaltiroq xuruji, tutqanoq ikki 
martda kam uchraydi va avval aytib o‘tilgan holatlarda kechadi (tonik xarakterda, 
qisqa muddatli). 
Kasallikning rivojlantirishini kuzatib, og‘irlashish chastotasi va hurujlarning 
polimorfizmini aniqlash mumkin. Kasallik hamisha ham progredient holatda 
bo‘lavermaydi. Ba‘zi hollarda davolanish oqibatida tuzalib ketish mumkin. 


155 
Klinik xaritada oldingi o‘rinda polimorfizm turadi. Boshlang‘ich darajasida 
xurujning engil shakllari taqqoslanadi: uyquda paroksizmal hayajonlanish, bosh 
og‘rig‘i va boshqalar epilepsiya xuruji uchun katta tutqanoqlar oldida xarakterlik 
emas. 
Kattalarda uchramaydigan tonik qaltirash va vistsero-vegetativ paroksizm, 
bolalardagi propulsiv retropulsiv xurujlar bosh miyasining tula shakllanmaganligi 
sabablidir. 
Epilepsiya-jiddiy kasallik va tashxos hamisha gumanlidir. Epilepsiya vaqtida 
o‘lim ko‘pincha epileptik status jarayonida sodir bo‘ladi, ayrish hollarda bemorlar 
hurujning o‘zida bug‘ilish va boshqa baxtsiz hodisalarda halok bo‘lishadi. 
Kayfiyatning og‘ir buzilishi, suitsidal urinishlarga olib kelishi ahamiyat kasb etadi. 
Kasallik oqibati va epileptik aqliy zaiflik ko‘pgina mualliflar fikriga ko‘ra 50% 
holatda kuzatiladi. Bolalikda boshlangan kasallik ko‘pincha og‘ir aqliy zaiflikka 
olib keladi. 
Epilepsiyaning rivojlanishida alohida holatda qanday faktorlar ahamiyatli? 
Hozircha bu savolga to‘liq javob berish qiyinroq. 
Bolalarda turli paroksizmal holatlar kuzatiladi, qaysiki, ular epileptik xuruj 
sifatida xato tushunish mumkin. Ikkinchi tomondan epileptik xuruj tabiatan 
epileptik bo‘lmagan paroksizm bilan anglashilmasligi mumkin. Epileptik xurujni 
shunday qilib quyiidagi paroksizmal turlarga ajratishga to‘g‘ri keladi. 
Spazmofiliya xuruji. Spazmofiliya mineral almashinishi buzilishi bilan 
bog‘liq holda yuz beradi. Bolalarda 1,5 yoshdan 3 yoshgacha kuzatiladi. Asab 
tomirlari o‘ynashi kuchayishi bilan xarakterlidir. Xuruj paytida qo‘l panjalari 
―akusher qo‘li‖ holatida, bosh egilgan, yuz tomirlari qimirlab turadi, og‘izdan 
ko‘pik keladi. Tajriba ko‘rsatdiki, birinchi qaltiroq xuruji maktaboldi yoshida yuz 
beradi, keyinchalik epilepsiya xususiyati borligi bilinadi. Shu sababli ko‘pincha uni 
spazmofil yanglishadilar. Spazmofil bilan epileptik xurujni ajraytib olishda esdan 
chiqarmaslik kerakki, birinchi marta xotirani yo‘qotish uncha chuqur bo‘lmaydi, 
yirik xurujga nisbatdan. 


156 
Spazmofil xuruj ayniqsa, ko‘pincha qishning oxirida va bahorda uchraydi. 
Epileptik xuruj esa yil davomida yuz beradi. 
Lixoradik qaltirash tana haroratining infektsion kasallik oqibatida tez 
ko‘tarishidan paydo bo‘ladi. Bu ba‘zi qaltirashga moyillik bo‘lgan bemor bolalarda 
uchraydi. Lixoradik xuruj ko‘pincha hayotning birinchi yilida bo‘ladi, ammo 
maktaboldi, gohida maktab yoshida ham yuz beradi. Bunday paytlarda epilepsiya 
tashhisini qo‘yishga shoshilmaslik kerak. 
Shuningdek, alimentar xurujni ham baholash lozim, u emizikli yoshdan 
keyingi bosqichgacha (4-5 yoshgacha) ichak infektsiyasi kasalligi bo‘yicha davom 
etadi. Miya meningiti, meningoentsefalit, entsefalitlar ko‘pincha simptomatlik 
qaltirash xurujini keltirib chiqaradi, albatta buni epilepsiya, deb tushunmaslik 
kerak. 
Boshini sarak-sarak qilish epileptik xuruj sifatida xato tushunilishi mumkin. 
Ushbu spazm bola boshini ko‘tara boshlaganda sodir bo‘ladi, shuningdek, boshini 
qimirlashish harakati, ko‘z olmasi nistagmoid harakatlanishda bo‘ladi. Bunday 
buzilish boshi vertikal holatda to‘tish jarayonida ushlanib qolishda, deb e‘tirof 
etiladi. Harakatlanishdan xotira buzilishi sodir bo‘lmaydi, 2-3 yilgacha izsiz 
yo‘qoladi. 
Affektiv respirator qaltirash bolalarda maktabgacha bo‘lgan yoshda 
uchraydi. Affektiv respirator qaltirash hayajonga tushish ta‘sirida paydo bo‘ladi, 
qandaydir qanoat hosil qilmasdan g‘azablanish, qichqirish, yig‘lashdan iborat 
bo‘ladi. Bolaning nafasi to‘xtaydi, yuzi oqaradi, muskullari tonik kuchlanadi, 
undan keyin harakatsizlanish, muskullar bo‘shashishi yuz beradi, bu holat
1 minutgacha, ba‘zida ko‘prok davom etadi. Shundan keyin bemor bolaning 
xotirasi to‘liq o‘z holatiga qaytadi. 
Epilepsiyaga qaraganda obmorok (behush bo‘lish) uncha tez bo‘lmaydi. 
Uning xarakterli tomoni yuz oqaradi, ter bosadi, tomirlar bo‘shashadi. 
Isterik behushlikda quyidagi belgilar ahamiyatga ega, atrofdagilarning 
diqqatini o‘ziga tortadi. Ko‘z yoshi, ingranish, teatral ko‘rinish, kulish isterik 
jazava xarakterli, ammo epileptik ko‘rinish emas. Tilni tishlash, isterik xurujda 


157 
siydikni ushlab qola olmaslik holatlari bo‘ladi. Xotirani to‘liq yo‘qotish 
bo‘lmaydi. Isterik xuruj epileptik xurujga qaraganda davomiydir. 
Simptomatik epilepsiya. Qaltirash va qaltirashsiz epileptiformdagi xuruj 
ko‘pgina organik miya buzilishi kasalligidan bo‘ladi. Ular ko‘pgina bosh miyaning 
shishishi, tug‘ma va nasldan-nasliga o‘tish, asab tizimining buzilishi kongenital 
sifilis oqibatida, gipoglikemik krizis, uremiyadan bo‘ladi. 
Miyaning chegaralangan organik buzilishida xurujni aniqlash oddiy vazifa 
emas, hamma holatda ham vrach to‘g‘ri tashhis qo‘yishi, ularning uyg‘unligini 
aniqlash, anamnezi chuqur tahlil qilish, psixopatologik, nevrologik va somatik 
izlanishlar qilish hamda kasallik yo‘nalishini hisobga olib borishi lozim. Shuni 
ham aytish lozimki, hozirgi paytda paraklinik usularni izlanish epilepsiyaning 
maxsus tomonlari to‘g‘risida bir muncha ma‘lumot beradi. Shu bilan birga ba‘zi 
kasalliklarni baholashda, epilepsiya bilan klinik o‘xshashlikni aniqlashda 
qiyinchilik tug‘iladi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin