QARILIK DAVRIDAGI SHIZOFRENIYANING HUSUSIYATLARI Shizofreniya 50 yoshdan so‘ng kamdan-kam uchraydi. Shizofreniya
formalari orasida paranoid shizofreniya ko‘proq uchraydi. Kamdan kam hollarda
xurujsimon shizofreniya uchraydi. Sust kechuvchi va yomon sifatli shizofreniya
yoshi qarilarda deyarli kuzatilmaydi. Qarilik davrida shizofreniya uchun klinik
belgilarni bilinar-bilinmasligi, belgilarni atipikligi va nisbatan salbiy kechishi
xosdir.
Paranoid shizofreniya zarar etkazish, rashk, zaharlanish, ipoxondrik
vasvasalar
bilan
boradi.
Verbal
gallyutsinatsiyaga
hidlov
va
taktil
gallyutsinatsiyalari qo‘shilib ketadi. Ruhiy avtomatizmlardan asosan senestopatik
avtomatizmlar kuzatiladi.
Xurujsimon shizofreniya uchun uzoq cho‘ziladigan vahima, vasvasa va
ipoxondrik depressiyalar xosdir. Kamdan-kam hollarda atipik maniya kuzatiladi.
Xurujlar orlig‘ida affektiv buzilishlar, rezidual vasvasa g‘oyalar kuzatiladi. Kech
boshlangan shizofreniya chuqur ruxiy defektga olib kelmaydi. Shaxsni negativ
o‘zgarishlari yoshga xos ruhiyat o‘zgarishlari soyasida bilinmaydi.
Tashxisot. Kasallikni
tashxisoti
asosiy
produktiv
simptomlarini
aniqlanishiga asoslangandir. Produktiv belgilar negativ belgilarga qo‘shilib keladi
va boshqalar bilan munosabatlarini yo‘qolishiga olib keladi. Produktiv belgilar
orasida fikrlarga ta‘sirlanish, harakatlarga ta‘sirlanish, kayfiyatga ta‘sirlanish
belgilari, soxta eshitish gallyutsinatsiyalar, fikrlar ochiqligi, fikrlar uzuq-yuliqligi,
katatonik harakat buzilishlari kuzatiladi. Negativ simptomlarga energetik potentsial
reduktsiyasi, sovuqlik, boshqalarga dushmanlik, boshqalar bilan, munosabatlarni
yo‘qolishi ijtimoiy pasayish xosdir. Psixopatologik tekshirishlar va irsiy moyilik
borligi tashxisi yana birbor tasdiqlaydi.