Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Neyroleptiklarni qabul qilish tartibi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137
psihiatriya-qollanma

Neyroleptiklarni qabul qilish tartibi. Neyroleptiklar va ularni dozasi 
tanlangandan so‘ng ularni qabul qilish tartibi tuziladi. Davolashni 48-72 soatidan 
so‘ng preparatni bir sutkada 4-5 marta qabul qilish shart emas. Organizmdan 
chiqib ketish davri katta bo‘lgan neyroleptiklar katta dozada bir mahal berilishi 
mumkin. Bitta tabletkadan bir mahal kechki payt berish va doimiy neyroleptik 
dozasini oshirib borish bemor uchun ham tibbiyot xodimlari uchun ham qulay 
hisoblanadi. Shuning bilan birga dorini kechki payt qabul qilish dori vositalarini 
yaxshi o‘zlashtirilishiga va nojo‘ya ta‘sirlarini kamayishiga olib keladi.
Qo‟llab-quvvatlovchi davolash va neyroleptiklarni to‟xtatish. O‘tkir 
davrni o‘tishi va bemor ahvolini yaxshilanishi bilan (2-12 xafta) neyroleptiklar 
dozasi bir necha xafta davomida kamaytirish lozim. Bemorlarni teng yarmida 
ushlab turuvchi davolash samarali hisoblanadi. Juda uzoq muddat neyroleptiklar 
qabul qilgan bemorlarga har xaftada 1-3 kun dam berish mumkin. Neyroleptiklarni 
bunday to‘xtatish og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi. Neyroleptiklarni to‘xtatish 
to‘g‘risida xozircha aniq ko‘rsatmalar yo‘q. Ambulator bemorlarda 
neyroleptiklarni to‘xtatish ko‘pincha xurujlarni boshlanishiga olib keladi. Bemorda 
6 oy davomida to‘liq remissiya kuzatilsa yoki juda kichik ushlab turuvchi dozada 
bo‘lsa, shifoxona sharoitida neyroleptiklarni to‘xatish mumkin. Neyroleptiklar 
organizmdan juda sekin chiqib ketad va ularni to‘xtatishdan so‘ng bir xafta xatto 
bir necha oylardan so‘ng kasallik qaytalanishi mumkin. Ushlab turuvchi dozani 30 
% ga kamaytirib 6-8 oy kuzatiladi. Agar bemor ahvoli og‘irlashmasa yana 30 % ga 
kamaytiriladi. Agar bemor doimiy kuzatuva bo‘lsa, bemor axvoli yomonlashuvi 


178 
belgilarini osson aniqlash mumkin va neyroleptiklar dozasini oshirib xurujlar 
oldini olish mumkin. Lekin ko‘pchilik bemorlar dorilarni o‘z vaqtida qabul 
qimaydi va bu xurujlarni tez-tez takrorlanishiga olib keladi. Shizofreniyani turg‘un 
surunkali formalarida ikki yil davomida daimiy tarzda neyroleptiklar qabul qilish 
bemorlarni ijtimoiy xayotga moslashuviga olib kelishi mumkin. Atipik 
neyroleptiklarni bunday ta‘siri haqida aniq ma‘lumotlar yo‘q. Shizofreniyani har 
qanday formasida neyroleptiklarni doimiy tarzda qabul qilish samarali ekanligi 
isbotlangan.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin