Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
psihiatriya-qollanma

Tadqiqot uslublari. Harakat (verbal bо‗lmagan xulq) va irodaviy 
faollikning asosiy tadqiqot uslublari etiologiya va refleksologiya uslublaridir. 
Etologiya uslubi kommunikasiya kanallari bо‗yicha etogrammaniya yozib 
borishdan iborat, bularga vizual, alfaktor, audial, taktil, ijtimoiy kanallar kiradi. 
Vizual kanal mimika, poza, ishora, manipulyasiyalar dinamikasi yozuvi 
ob‘ektivizirlanadi; audial – audiografik va sonografik; ijtimioy kanal – guruh va 
jamoa a‘zolari orasidagi aloqa tizimi, masalan, sovg‗a qilish, almashinish, 
agressiyavlikni namoyon etish, dominantlik; alfaktorli – feromonlarni о‗rganish; 
taktil - chastotasi bilan, boshqalar va о‗ziga ta‘sir zonasi. Kanallar parallel ravishda 
partitura singari yozilishi mumkin, ammo alohida qayd etilishi ham mumkin. 
Simptom va sindromlar 
Harakat buzilishlari 
Psixomotor buzilishlar sababsiz, о‗ylamasdan, giperkinezga yaqin harakat va 
ta‘sirlar, shu jumladan harakatsiz holatlar bilan namoyon bо‗ladi. 
Negativizm – ma‘nosiz vaziyat talablariga qarshi harakat, shu jumladan, 
faoliyatga shaxsiy mayl (―ichki negativizm‖, ambivalentlik). Faol negativizmda 
qayta adekvat harakatlar bajariladi. Passiv negativizmda maqsadli harakatlar 
bajarish rad etish kuzatiladi. Negativizm motorli aktlar bilangina emas, balki 
nutqda ham kuzatilishi mumkin. Bemor shunday deydi: ―Bugun dushanba emas, 
beshinchi fevral emas. Men kasalxonada yotganim yо‗q, men kasal emasman. 
Yо‗q, men sog‗lom emasman. Mening erim yо‗q. U bor edi, suzib chiqmadi, u 
yо‗q edi, ammo u suzib chiqdi, uni oti Ivan emas...‖. Negativistik bemorlar 
kontaktga yomon kirishadilar, savollarga umuman javob bermasliklari mumkin, 
umuman gaplashmasliklari mumkin – mutizm. Suhbat vaqtida, boshqa tarafga 
qarab olib о‗tiradilar, yerga qaraydilar, suhbatdoshga qaramaydilar, etishlarini 
g‗irchillatadilar, ketishga harakat qiladilar. Negativizm generalizlangan va 
elektivli, tanlovli bо‗lishi mumkin. Total (generalizlangan) variantda negativizm 
atrofdagi hammaga va turli vaziyatlarga tarqalishi mumkin. Elektivli negativizm 
alohida odamlar muomalasida ifodalangan va vaziyatning tor doirasi bilan 
bog‗langan. Negativizm ta‘kidlanishicha, tashqi ta‘sirligina bо‗lmay, balki ichki 
impuls ham bо‗lishi mumkin. Demak, katatonik bemor tufukni yuta olmaydi, ham 
tuflay olmaydi va u og‗izni tо‗ldirib boradi – Osipov psevdoptializm simptomi. 
Negativizm normada bolalarda 3-4 yoshda kuzatiladi – fiziologik negativizm. 
Oxirgisi avtonomiyani, ―о‗zlikni‖ shaxsiyat, о‗zini о‗zi anglashning rivojida 
muhim bosqich belgisining paydo bо‗lishini kо‗rsatadi. Negativizm yetuk 
shaxslarga xos, yuqori ishonch hosil qiladi, turli kasallik holatlarida birga bо‗ladi. 
Katatoniklarda, boshqa bemorlardan farqli, motivasiyadan mahrum etilgan. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin