8
ifodalangan bо‗lib, organik psixik buzilishlarda ham uchrashi mumkin. Abuliyada
adinamiya, spesifik peshona fenomeni sifatida (―singan pero sindromi‖) K.Kleist
tomonidan birinchi marta 1934 yilda ajratilgan va harakatga intilishning
etishmasligi va butunlay yо‗qligidan iboratdir. Bunda yuzaga keluvchi diapazon
etarli darajada keng: fikrlash va nutqning etishmasligidan to tо‗liq harakatsizlik –
akineziyagacha. K.Beringer (1934) peshona shikastida spontan faollikning e‘tiborli
tormozlanishi tashqi ta‘sirlarga ta‘sirlilikning saqlanib qolishi bilan mos keladi,
deb kо‗rsatgan. W.Klages (1954) kо‗rsatishicha, diensefal shikasti bilan bog‗liq
aspontanlik, peshonadan farqli, fiziologik charchoqning ifodasi hisoblanadi va
fikrlashning buzilishi bilan о‗tmaydi. Ba‘zida bemorlar statusini aniqlashda
faollikning kuchsizlanishi depressiyasi kuzatiladi (―adinamik depressiya‖). Oxirgi
holatda faollikning tushib ketishi faktini tushunish, kasallik kо‗rinishi sifatida, shu
jumladan bemorning bu holatni engib о‗etishiga intilishi xarakterlidir. Adinamik
depressiyada, bemorlarning xabarlariga kо‗ra, irodaviy kuchlanish xususiyati ham
pasayadi. Ular nima qilishni biladilar, harakat zaruriyatini tushunadilar, ammo uni
amalga oshirishga о‗zlarida kuch topa olmaydilar.
Harakat uchun impulslarning kuchsizlanishi yoki bо‗shligi (sodda tilda
―yalqovlik‖)
gipobuliya termini bilan aniqlanadi. Faollikning pasayish darajasi
turlicha bо‗lishi mumkin – e‘tiborsizdan, kо‗proq sub‘ektiv kechuvchi, aspontanlik
bilan chegaraviygacha. Gipo- va abuliya – nozologik spesifikadan mahrum bо‗lgan
buzilish. Turli psixik va somatik kasalliklarda, shaxs buzilishida, bosh miyasining
organik shikastlari natijasida, narkomaniyada uchraydi.
Gipodinamiya va asteniya singari о‗xshash tushunchalarni chegaralash
kerak. Klinik rejada ular kо‗pincha aralash ma‘noda bо‗ladilar: asteniya kо‗pincha
gipodinamiya bilan birga keladi. Ammo, bunaqa hamma vaqt ham bо‗lavermaydi.
Asteniyaning giperstenik variantida,
masalan, faollikning kuchsizlanishi
kuzatilmaydi. Latentlik holati yuqori holdan toyishda birga kechmaydi. Bundan
kelib chiqadiki, kо‗rsatilgan tushunchalar (ularga taalluqli bо‗lgan klinik kо‗rinish)
ularning tashqi mos kelishida identik hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: