Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
psihiatriya-qollanma

Avtomatik bо„ysunish (Leongard prokineziyasi) – hamma talablarga 
sо‗zsiz bо‗ysunish, yoqimsiz yoki nomaqbul bо‗lsa ham. Katatoniklarda uchraydi. 



Bо‗ysunishning nisbatan yengil formalari yuqori ishontirish, konformlikka 
taalluqli. 
Exopraksiya – ihtiyorsiz, ba‘zida atrofdagilarning harakatlarni, ta‘sirlarni 
kо‗p marotaba takrorlashi. 
Stereotipiya – xulqdagi bir xillik. Masalan, bemor doimo bir xil xolatda 
bо‗ladi, bir xil harakatlarni bajaradi, palatada aniq bir joyni egallaydi, biror bir 
harakatni bir necha marotaba ketma-ket takrorlaydi (harakatga soluvchi 
interasiyalar). Nutq stereotipida Bemor kundan-kunga о‗zgarishsiz intonasiya bilan 
bitta yoki bir necha jumlani, boshqa hech narsa gapirmay takrorlayveradi. Masalan, 
vrachdan sо‗raydi: ―Siz о‗zingizni qanday his etmoqdasiz?‖. 
Akineziya – istakda chetdan harakat xususiyati saqlangan holda, erkin 
harakatlarni tо‗xtatish natijasida harakatsizlik.
Stuporharakatsizlik, dong qotib qolish. Stuporning quyidagi 
kо‗rinishlarini farqlaydilar: katatonik – harakatsizlik, mutizm va mushak 
tonusining oshishini qamrab oladi; depressiv (―qorong‗u dong qotib qolish‖) -
depressiya bilan bog‗liq harakatga soluvchi tormozlanish; psixogenli - shokli 
psixik travma harakatiga javoban yuzaga keluvchi harakatsizlik; gallyusinatorli – 
imperativ gallyusinasiyalar ta‘siri ostida rivojlanuvchi harakatsizlik; vasvasali – 
xulqning vasvasa formasi hisoblanuvchi, dong qotib qolish; ekstatik – yuqori 
ekstatik affektda yuzaga keluvchi harakatsizlik; maniakal – maniakal holatda 
harakatli tormozlanish; ekzogenli – miyaning striopallidarli bо‗limida toksik yoki 
infeksion shikast natijasida yuzaga keluvchi xarakatsiz holat, masalan, post- yoki 
metensefalitik stupor; apatik – peshona shikastida, chо‗zilgan simptomatik 
psixozlarda, kaxeksiya, bosh miya travmalarida, progressiv paralichda, 
shizofreniya da kuzatiladigan tо‗la befarqlik bilan kechuvchi aspontan holat. 
Arodeksiya (e‘tiborning tо‗liq tushib qolishi, faol singari ixtiyorsiz ravishda) holati 
bilan apatik mо‗ljal buzilishi о‗rin tutadi. Ong buzilmaydi. Apallik sindromi – 
katta yarim shar pо‗stlog‗i о‗chishi va tana mexanizmi faollik ustunligi natijasida 
yuzaga keluvchi harakatsizlik. Tasvirlash va termin E.Krechmerga taalluqli. 
Aprozeksiya - emosiyonal reaksiyaning yо‗qligi, erkin harakatlarning tushib 
qolishi, ong qorong‗ilashuvida ongni tashkil qiluvchilarning yо‗qligida psixik 
aktlarning yо‗qligi xarakterlidir. Qariyalar va о‗rta yoshdagilarda, bosh miya 
travmalarida, qon quyulishida, о‗smirlarda, intoksikasiyalarda bosh miyasining 
yallig‗lanish kasalliklarida atrofik progressirlashda ta‘riflangan. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin