Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137
psihiatriya-qollanma

Vasvasa g„oyasi qaytadan ishontirishga bо‗ysunmaydi va ularga bemorning 
о‗zi tomonidan tanqid bо‗lmaydi. Kognitiv aloqalar, alahsirashni qayta aloqa 
prinsipi bо‗yicha mavjudligini qо‗llab-quvvatlovchidir, ular quyidagi kо‗rinishda 
bо‗ladi. 
Boshqalarga nisbatan ishonchsizlik vujudga keladi: «Men, unchalik dо‗stona 
emasman, shu tariqa, boshqa odamlar shu sababli meni chetlab о‗tadilar, shekilli. 
Men tushunaman, ular nima sababdan bunday qilishadi, lekin bu boshqalarga 
ishonchsizlikning oshishiga olib keladi‖. 


39 
Vasvasani K.Conrad bо‗yicha vujudga kelish bosqichlari quyidagilar: 
1) trema – vasvasani oldindan sezish, vahima, yangi mantiqiy zanjirni 
vujudga kelish negizini aniqlash; 
2) apofena – geshtalt vasvasasini vujudga kelishi – vasvasa g‗oyasining hosil 
bо‗lishi, uning kristallizasiyasi, ba‘zida tо‗satdan ravshanlashishi; 
3) apokalipsis - terapiya yoki affektiv kambag‗allashuvi natijasida vasvasa 
tizimining bо‗linishi. 
Vasvasani hosil bо‗lishi mexanizmi bо‗yicha birlamchi – bosqichma-
bosqich mantiq qurilishi va interpretasiyasi bilan bog‗liq, ikkilamchi – tо‗liq 
kо‗rinishlarning shakllanishi bilan bog‗liq bо‗lishi mumkin, masalan, 
о‗zgaruvchan kayfiyat yoki gallyusinasiya lar ta‘siri ostida; va indusirlangan – 
bunda resipient, kelgusida sog‗lom inson sifatida, vasvasa tizimi, ruhiy kasal odam 
induktorini hosil qiladi. 
Tizimlashtirish darajasi bо‗yicha vasvasa fragmentar va tizimlashtirilgan 
bо‗lishi mumkin. 
Adekvat bо‗lmagan vasvasa tizimi bо‗yicha vasvasa kechinmasi sindromi 
paranoyal, paranoid va parafren bо‗lishi mumkin. 
Paranoyal sindrom monotematik tizimlashtirilgan vasvasa va о‗ta qimmatli 
g‗oyaning mavjudligi bilan xarakterlanadi, kо‗rincha maishiy xarakterli va adekvat 
bо‗lmagan ma‘noga ega bо‗ladi. Paranoyal sindrom yuqori ma‘suliyatli faolliyat 
va vaziyatga bog‗liq fikrlash, gallyusinasiyasiz illyuziya va sezilarli affektiv 
buzilishlar kо‗rinishida sog‗lom ongda kechadi. Bular rashk, sudlashish va boshqa 
vasvasa g‗o lari bо‗lishi mumkin. 
Paranoidli sindrom tizimli yoki tizimli bо‗lmagan vasvasa fikrli politematik 
xarakatdagi va adekvat bо‗lmagan kontekstga egaligi bilan harakterlanadi. 
Kо‗pincha gallyusinasiya va affektiv buzilishlar bilan birgalikda bо‗ladi. Bunga 
muloqotning alahsirash fikrlari jismoniy ta‘rif, kuzatib borish kiradi. 
Parafrenik sindrom vasvasa fikrlarining mavjudligi bilan xarakterlanadi, 
biroq bu fikrlar fantastik ma‘noga egadir, masalan, ulug‗lik alahsirash fikri, о‗ziga 
xos missiya, ilohiy kelib chiqish, dunyoning halokati, jahonning qayta qurilishi va 
b. Uchta sindromning hammasi о‗z holida uchrashi mumkin, va shizofreniya 
doirasida progredient jarayoni bosqichi bо‗lishi ham mumkin. 
Ma‘nosiga kо‗ra vasvasa fikrlari turli variantlarda katta hajmda bо‗ladi, 
biroq kо‗p uchraydiganlardagina tо‗xtalib о‗tamiz. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin