Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   137
psihiatriya-qollanma

Opiy (afyun) giyohvandligi. Af‘yunmandlik-af‘yun va uning birikmalari 
(morfin, promedol, geroin, opiy, kodein, kodterpin va boshqalar) teri ostiga, 
tomirga, ichish yoki chekish paytida xavo orkali organizmga yuboriladi. Af‘yunni 
bir marta qabul qilgan kishida ko‘tarinki kayfiyat, rohatbaxsh «tinchlik» sezgisi, 
ijobiy mazmunga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tasavvur va tushsimon xayollarning 
paydo bo‘lishi kuzatiladi. Fikrlash, so‘zlash va ba‘zida harakatlar tezlashadi. 
Tashqi ta‘sirotning kuchi susayadi yoki yo‘qoladi. Narkotik moddalarning doimiy 
qabul qilish, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘tarinki kayfiyat holati af‘yunga xirs 
qo‘yishga, tez orada ruhiy va jismoniy qaramlikka olib keladi. Opiyning kimyoviy 
xosilasi - geroin bo‘lib, geroinli giyoxvandlikka kishilar 1-2 marotaba in‘eksiya 
qilganlaridayok o‘rganib, unga tobe bo‘lib qoladilar. In‘ektsiyadan so‘ng tanaga 
yoqimli issiqlik yuguradi, qo‘l va oyoqlar og‘irlashadi, bo‘shashish paydo bo‘lib 2-
3 daqiqalik tinchlik paydo bo‘ladi. Kayfiyat ko‘tarilib, juda yoqimli uyquga sabab 
bo‘ladi. Bu holat 8 soat davom etadi. Giyoxvand geroinni tez-tez qabul qila 
boshlaydi. Organizmni surunkali zaharlay boshlaydi. Giyoxvand terisining rangi 
qoramtir ersimon bo‘ladi.1-oy davomida ruhiy qaramlik shakllanadi.Eyforiya 
holati 4 soatga qisqaradi,tolerantlik ortib boradi va 1,5-2 oy mobaynida jismoniy 
qaramlik rivojlanadi. Af‘yunmandlik kasalligining kechishida af‘yunga 
chidamlilikning oshishi, uni iste‘mol qilishni birdaniga to‘xtatib qo‘yishganda 
xumorning paydo bo‘lishi asosiy o‘rinni egallaydi. Xumor holati 15-20 soatdan 
so‘ng bemorning tez-tez esnashi, yo‘tal paydo bo‘lishi, ko‘zi yoshlanishi, yurak 
urishi va nafas olishning tezlashib ketishi, titroqning paydo, badan uvishishi, ko‘z 
qorachig‘ini kengayib ketishi, oyoq-qo‘l mushaklarining tortishishi, ich surishi 
bilan tavsiflanadi. Bemor xumor tutgan paytda juda tajang, qo‘zg‘aluvchan, jaxldor 
bo‘lib af‘yunga cheksiz moyillik sezadi va bu borada konun buzarlikka ham kul 
urishi mumkin. Kasallik okibatida 2-4 kundan keyin bemorlarning axvoli asta-
sekin og‘irlashadi, uning umumiy qo‘pollashuvi, dunyoqarashining torayishi 
kuzatiladi. Bundan tashqari, bemor ichki a‘zolarining faoliyati ham bo‘ziladi. 
Af‘yunmand kishining tashqi ko‘rinishi ham o‘ziga xos bo‘lib teri qavatining 


111 
nihoyatda qurib ketishi va qorayib, ersimon rangga kirishi. Yuzlarida paydo 
bo‘lishi.Badan terisining korayib ketishi, kuz qorachig‘ining torayib ketishi, 
vegetativ buzilishlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Opiyning hosilasi morfin 
hisoblanib, u og‘riqsizlantirishda ishlatiladi. Morfin, promedol yoki geroin teri 
ostiga va tomirga yuboriladi, opiy ichiladi va tomirga yuboriladi yoki chekish 
paytida havo orqali kiradi. Bemorlarda fikrlash, so‘zlash tezlashadi. Xayol surish, 
rohatlanish, vaqtixushlik ko‘rinishidagi kayfiyatning ko‘tarilishi yuz beradi. 
Ba‘zida harakatlari tezlashuvi mumkin. Lekin bu holatning ma‘lum maqsadi 
bo‘lmaydi. Narkotik moddalarning kerakli miqdorini olish uchun qilingan 
yo‘nalish bundan istisno. Moddalarni doimiy iste‘mol qilish tez orada ruhiy va jis-
moniy qaramlikka olib keladi. Narkotik iste‘mol qilish barcha istaklardan ustun 
turadi. Morfinga bo‘lgan tolerantlik juda tez hosil bo‘ladi, bir necha haftadayoq 
birinchi miqdordan ancha ko‘proq modda iste‘mol qilishga o‘rganib qolinadi. 
Bemorlarda morfin kabi opiy xosilalarini surunkali iste‘mol qilish natijasida o‘z 
ishiga, atrofdagilarga qiziqish yo‘qoladi, qiziqish doirasi keskin torayadi. Bemorlar 
qo‘pol, hudbin bo‘lib qoladilar. Ularning hulqi asotsial bo‘lib qoladi. Bemorlar 
barcha ishga qodir bo‘lib qoladilar, hatto narkotik moddalar topish harakatida xech 
narsadan qaytmaydilar. Abstinent sindrom — avvaliga kuchsizlanish, ko‘z 
yoshlanishi, qorachiqning torayishi va titrash bilan tavsiflanadi. Ma‘lum vaqtdan 
so‘ng(15—20 soat) titrash, qorachiqning kengayishi kuzatiladi. Bemorda tumov, 
aksirish, yo‘talish, ko‘z yoshlanishi va terlash kuzatiladi. Ichak harakati tezlashadi. 
Opiy giyoxvandligidagi abstinentsiyaning ruhiy qo‘rinishi bezovtalanish, kuchli 
tarqoq og‘riq, yurak urishi va nafas olish tezlashuvi, arterial bosim ko‘tarilishi 
bilan tavsiflanadi. Keyinroq (2—3 kundan keyin) ko‘rsatilgan alomatlar kuchayib, 
ularga mushak og‘riqlari, kuchli uyqusizlik qo‘shiladi. Bemor tanasida, asosan 
bo‘g‘imlarida, belda, qorinning pastki qismida kuchli og‘rik sezadi. Bu simptomlar 
3-4 kundan so‘ng juda kuchayadi. Bemorning ahvoli og‘irlashadi, ishtahasi 
yo‘qoladi, qayt qilishi, ich ketishi kuzatiladi. 4-5 kunlardan so‘ng bu alomatlar 
yo‘qoladi. Lekin 1-2 oy ichida ba‘zi-ba‘zida bo‘g‘imlardagi og‘riklar, uyqusizlik 
bezovta qilib turadi. 


112 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin