Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137
psihiatriya-qollanma

Kokain giyohvandligi. Kokain-Janubiy Amerikada o‘sadigan koka nomli 
o‘simlik bargidan tayyorlanib, alkaloidlar turkumidagi modda xisoblanadi. 


113 
Bangilar kokainni iste‘mol qilganlarida, ularda fikrlash qobiliyatining kuchayishi, 
sergaplik, harakatchanlik bilan o‘tadigan eyforiya holati kuzatiladi. Oqibat natijada 
ularda darmonsizlik, jaxldorlik, mushaklar bo‘shashuvi va titroq holatlari 
aniqlanadi. Kasallikning birinchi yillaridayok bemorlarda qo‘rslik, o‘zbilarmonlik, 
maydagaplik, jaxldorlik, o‘ziga qaramaslik holatlari bilan kechadigan chuqur shaxs 
o‘zgarishlari rivojlanadi. Agar kokain surunkasiga iste‘mol qilinsa psixozlar kelib 
chiqadi. 
Barbituromaniya. Barbituromaniya (uxlatadigan moddalar iste‘moli 
giyohvandligi). Ko‘pincha alkogolizm, af‘yun giyohvandligida uchragan 
bemorlarda yoki ko‘p vaqt uyqusizlikdan qiynalayotgan kishilarda uchraydi. 
Oxirgi ko‘rsatilgan holatdagi shaxslarda barbituratlarning uyqu keltiruvchi miqdori 
ko‘payib boradi, bu esa eyforiya holatiga olib keladi. Ana shu eyforiya holati 
bemorlarni barbituratlarga o‘rgatib qo‘yadi. Kasallikning rivojlanishi boshqa 
narkomaniyalardagi kabi, xumor holatlari og‘ir kechib, kuchli asteniya, uyqusizlik, 
xavotirlanish mushaklar uchishi, ich ketish holatlari bilan ifodalanadi. Xumorning 
4-5 kunlarida bemorlarda tutqanoqlar, psixozlar (deliriy, gallyutsinoz) kuzatilishi 
mumkin. Kasallikning rivojlanishi boshqa narkomaniyalardagi kabi barbituratlar 
uzoq vaqt iste‘mol etilganda bemorlarda surunkali 
eyforiya, 
jaxldorlik, 
disforiya, parishonxotirlik, 4-5 yildan so‘ng organik dementsiya, xotira va aql-
idrokning susayishi bilan nevrologik o‘zgarishlar (talaffuz buzilishi, titroq, 
muvozanat yo‘qolishi) kuzatiladi. 
Psixostimulyatorlar giyohvandligi (amfetaminlar - fenamin, fenatin, 
efedrin). Bu moddalar qabul qilganda kuchga to‘lish, jo‘shqinlanish, harakatlar 
kuchayishi bilan o‘tadigan eyforiya paydo bo‘ladi. Xumor uzoq uyqusizlik, o‘z-
o‘zini ayblash bilan o‘tadigan depressiya holati, suikasd qilish kabi o‘zgarishlar 
bilan ifodalanadi. Ko‘pincha hushning buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik bilan o‘tadigan 
psixozlar, ba‘zan esa ta‘qib va munosabat vasvasalari, eshitish, ko‘rish va sezish 
gallyutsinatsiyalari kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. 


114 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin