Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137
psihiatriya-qollanma

Revmatizm. Eng ko‘p uchraydigan surunkali yuqumli allergik kasallikdir. 
Revmatizm bilan og‘rigan bolalarning 75% ini 15 yoshgacha bolalar tashkil qiladi. 
Ushbu yoshdagi bolalarda ko‘pincha neyrorevmatizmning xoreya ko‘rinishida 
bo‘lishi xarakterlidir. Neyrorevmatizm kattalarda kechganda serebral qon tomir 
buzilishlar ko‘rinishida bo‘lsa, bolalarda esa ensefalit rivojlanishi mumkin. 
Psixozlar neyrorevmatizmning turli shakllarida kuzatilishi mumkin. Revmatik 
psixoz kattalarda ham bolalarda ham depressiv sindrom asosiy o‘rin egallaydi. 
Katatonik xarakterga ega bo‘lgan yaqqol stuporoz holat asosan xoreik psixozlarda 
kuzatiladi. G‘amginlik, vahima va qo‘rquv xurujlari paroksizmal holda yuzaga 
kelib, ba‘zan o‘z-o‘ziga su‘iqasd qilish fikr va harakatlar paydo bo‘ladi. Xurujlar 
ertalablari odatda og‘ir kechadi. Ba‘zi bemorlarda revmatik psixozda depressiv 
holatdan tashqari gallyutsinator va vasvasa sindromlari kuzatiladi. Og‘ir xollarda 
psixoz klinikasi shizoform shaklida kechadi. Bolalardagi revmatik psixozlar 
ko‘pincha 2 – 4 oy dan to 1 yilgacha davom etadi va sog‘ayish bilan tugaydi. 
Revmatik infektsiyaning erta belgisi asteniyadir: holsizlik, tez charchash, 
qo‘zg‘aluvchanlik va x.k. Ota-onalar bolalarining injiqligi, yig‘lokiligi, shovqin va 


123 
yorug‘likni ko‘tara olmaydigan bo‘lib qoladilar. Kayfiyati tushkun bo‘ladi.
Astenik holatning muhim belgilaridan intellektual ish qobiliyatining pasayishidir. 
Boshqa variantlarda ko‘pincha maktab yoshidagi bolalar klinikasida o‘zini 
tuta bilishi buziladi. Bolalar maktab programmasini o‘zlashtirishga qiynaladigan 
tez charchaydigan va etarlicha fikrlay olmaydilar. Ota-onalar so‘ziga ko‘ra 
bolalari o‘jar, yig‘loqi, baland tovushlar, kuchli yorug‘likni ko‘tara olmaydigan, 
kayfiyatlari esa tushkun va noturg‘un bo‘lib qoladilar. 
Astenik holatning asosiy belgisi bo‘lib, bemorlarda intellektual ish bajarish 
faoliyatining pasayishiga olib keladi. Boshqa xollarda maktab yoshidagi o‘g‘il 
bolalarda hulq atvorining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Revmatik tserebrostenik 
kechuvi to‘g‘ri davolanganda ko‘pincha sog‘ayish bilan tugaydi. Lekin, yaxshi 
natija ba‘zan noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Yangi infektsiya ta‘sirida (gripp, angina) 
yoki maktabdagi yuklamalar natijasida yana sog‘liqni yomonlashuviga olib keladi. 
Bunday bemorlarda retsidiv kechuvchi nevrotik reaktsiya kuzatiladi (tungi 
qo‘rquvlar, duduqlanish, anoreksiya). Kasallikning kechki bosqichlarida va 
revmatizmning og‘ir kechuvchan epilepsiyasimon sindrom kelib chiqadi. 
Asab ruhiy buzilishlarning og‘ir kechuvchi sindromlari, intellektual faoliyat 
va xulqning dag‘al buzilishlari bilan. Revmatik entsefalit ko‘rinishida kuzatish 
mumkin. Bemorlar tormozlangan, impulsiv hatto agressivdirlar. Odatda ularning 
diqqati va tashqi muhitni anglash buzilmagan bo‘ladi. Bolalar o‘qishi pasaygan, 
o‘zlashtirishda muammolar va ularni tarbiyalashda qiyinchilik paydo bo‘ladi. 
Bemorlarda shilqim harakatlar kuzatiladi. Ular soatlab bitta xarakatlarni yoki bitta 
so‘zni takrorlayveradilar, majburiy kulgi va yig‘i kuzatiladi. 
Shunday qilib, revmatizmning o‘tkir fazasida ruhiy holat o‘tkir qisqa 
muddatli, epizodik uyqusimon xush buzilishi vasvasasi bilan kechishi mumkin. 
Engil kechganda esa depressiv astenik holatni ko‘rish mumkin. To‘xtovsiz retsidiv 
va latent kechuvdagi psixozlar sekin-asta yoki o‘tkir osti qo‘rinishida bo‘lib, 
shizoform simptomatikasiga o‘xshab kechuvchi psixozlar kuzatilib, oqibati yomon.
Davosi: 
antirevmatik 
terapiya, 
antigistamin 
preparatlar, 
umumiy 
quvvatlovchi va psixotrop preparatlar beriladi. 


124 
Sil psixozlari kam uchraydi. Krepelin yuqumli kasalliklar oqibatida kelib 
chiqqan ruhiy holatlardan silga oxirgi o‘rinni ajratgan. Sil psixozining klinikasi 
bolalar va o‘smirlarda amentiv holat qo‘rinishida kuzatiladi. Delirioz holat o‘tkir 
infiltrativ holatda bo‘ladi, shizoform simptomatikasi psixozlar o‘pka silining engil 
kechuvida va mezoadenit kuzatiladi. Bosh miya silida esa epileptiform buzilishlar
va karaxtlik holatini ko‘rish mumkin. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin