Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137
psihiatriya-qollanma

Epidemik entsefalit. Kasallikni Avstriya olimi Ekonomo o‘rganib chiqqan. 
Qo‘zg‘atuvchisi hali aniqlanmagan. Kasallik asosan yoshlik davriga to‘g‘ri keladi. 
Epidentsefalitda patologik o‘zgarish, asosan po‘stloq osti sohasiga to‘g‘ri keladi 
(degenerativ jarayon, qora modda va ko‘ruv do‘mbog‘ida bo‘ladi). Kasallik 
boshlanishi odatda darakchilar bilan boshlanadi: bosh og‘rig‘i, nevrologik 
og‘riqlar, tez charchash. Ba‘zan esa kasallik birdaniga boshlanadi. Sog‘lom tanda 
meningial simptomlar delirioz buzilishlar bilan kechishi mumkin. O‘tkir davrda 
ruhiy buzilishlar simptomatik psixozlarga o‘xshaydi. Affektiv buzilishlar
depressiv yoki gipomaniakal holatlar qo‘rinishida bo‘ladi. Epidentsefalitning 
muhim va doimiy simptomlaridan uyquning buzilishidir. Shuningdek, vestibulyar 
(nistagm, bosh aylanishi) va vegetativ (terlash, vazomotor o‘yin, so‘lak ajralishi, 
terlashi, polidipsiya) buzilishlar kuzatiladi. Nevrologik simptomlar ko‘z 
harakatining buzilishi: diplopiya, ptoz, konvergentsiya buzilishi kabilar


126 
xarakterlidir. O‘tkir davridan so‘ng to‘liq tuzalish ya‘ni necha yilgacha bo‘lishi 
mumkin keyinroq kasallik surunkali shaklga o‘tadi. Ba‘zan o‘tkir davr bilinmasdan 
o‘tib, surunkali shaklga o‘tib simptomlari namoyon bo‘lishi mumkin. Surunkali 
bosqichning klinik kechuvi turli nevrologik va psixopatologik simptomlar bilan 
kechadi. Nevrologik buzilishlar: konvergentsiya porezi, diplopiya, majburiy ko‘z 
tikib turish, ko‘ruv tutqanog‘i (sudorogi vzora). Vegetativ buzilishlar: kuchli so‘lak 
oqishi, terlash, vazomotor buzilishlar, modda almashinuvi buzilishi tez ozib ketish 
yoki semirish bilan kuzatiladi. Suv-tuz va uglevod almashinuvi buziladi. Uyqu 
buzilishi turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha uyqusirab yuradilar. Lekin uxlay 
olmaydilar. Ba‘zida uxlash ritmi buziladi. Kunduzi uxlab, kechasi uyqusizlik 
kuzatiladi. Bu buzilish turi ko‘prok entsefalitning surunkali kechuvida 
parkensonizm xarakterli niqobsimon bo‘ladi. Mimikalari yo‘q. Bemor 
xursandchilikni ham xafagarchilikni ham bir xilda yuz o‘zgarishsiz qoladi. 
Harakatlar sekinlashgan (bradikineziya). Bir holatda uzoq muddat turaveradi. 
Yurish o‘ziga xos: bemor hatto kam bukiladi. Birgalikda qo‘llarning harakati 
bo‘lmaydi. Propulsiya, retropulsiya, lateropulsiya kuzatiladi. Tipik holatlardan biri 
«tishli g‘ildirak» simptomi – mushaklar gipertoniyasi, passiv harakatda kuchayishi, 
so‘zlashi sekinlashgan monotonli, bolalarda turli giperkinezlarni ko‘rish mumkin. 
Bolalarda nafas buzilishi, kattalarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘ladi. Nafas ritmi 
va chastotasi buziladi, nafas mushaklarining mioklpiyasi va nafasning tiksimon 
xarakatini kuzatish mumkin. Shundan oxirigi majburiy yo‘tal, aksa urish, tuflash 
kiritish mumkin. Surunkali kechganda psixopatologik buzilish kattalar va bolalar 
aktivligi tezda pasayishi kuzatiladi. Bu bemorlarda tezda kuchsizlanishiga bog‘liq 
holda ruhiy protsesslar ham sekinlashadi (fikrlash, diqqat faolligi, affektivlik). 
Kattalarda epidentsefalitda yaqqol aql zaiflik kuzatilmaydi. Bilim manbai, hotira 
zararlanmaydi, lekin tormozlanish (skovannost) hisobiga ma‘lum bir qiyinchilik 
yaratadi. O‘ziga xos psixopatologik belgilardan shilqim xarakatlar (kuchli yig‘i, 
sanoqlar bir necha soat va kunlab davom etadi. Tipik klassik epidentsefalitdan 
tashqari atipik varianti ham uchraydi. Bunda nevrologik simptom va 
parkinsonizm yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Ancha kechroq bo‘lishi mumkin. 


127 
Gallyutsinator – paranoid va psixosensor shakllarida. Oxirgi o‘n yillikda uchgan 
(stertie) va abortiv formalarda kuzatiladi (vestibulyar) epidentsefalit o‘tkir bosqichi 
bolalarda psixopatologik simptomi asosiy o‘rin tutmaydi. Boshqa bolalar 
infektsiyasiga o‘xshab ko‘proq delirioz holatlar bilan kechadi. Ayniqsa,. tungi 
deliriy xarakterlidir. Ancha og‘ir hollarda so‘z harakat qo‘zg‘alishini ko‘rish 
mumkin. Bolalar to‘xtamasdan harakatchan o‘rinda yotarga joy topa olmaydilar, 
choyshablarini yirtadilar, baqiradilar. Shu hollarda xorenik giperkinez, tremor, va 
mioklenik buzilishlar bo‘ladi. Bu shaklida yaqqol qo‘zgalishlar bilan kechgani 
uchun oqibati og‘irdir. Epidentsefalitning o‘tkir kechuvida o‘smirlarda klinika 
turlicha kechadi, ba‘zan murakkab shizofreniyasimon sindromlarni ham ko‘rish 
mumkin. 
Bolalarda epidentsefalit o‘tkir kechganda o‘ziga xos bo‘lib, intellektual 
faoliyatning tez pasayishi kuzatiladi. Bolaldar arzimagan narsalarga e‘tibor 
beradilar. Kasallik klinikasida shilqim fikrlar kasallanib qolishdan qo‘rqish, 
shilqim hisob, rezonerlik va boshqa holatlar kuzatiladi. Shuningdek, shilqim 
harakatlarni tomoni tirnash va qichinish. Shunga qaramasdan bolalar o‘zlariga 
og‘ir va og‘riqli jarohatlar etkazadilar va bunga qarshi o‘zlarini boshqara 
olmaydilar. Bolalar impulsiv bo‘lib qoladilar: tishlaydilar, tirnaydilar, nimjon 
bolalarni 
uradilar. 
Ular 
seksual 
qo‘pol, 
ochiqchasiga onanizm bilan 
shug‘ullanadilar. Bu bolalarga do‘q, yaxshi gap va jazolash ta‘sir qilmaydi. Ularda 
javobgarlik hissi ham yo‘q. Intellekt qo‘pol buziladi, agar kasallik erta bolalik 
davrida bo‘lsa, epidentsefalit kechuvi ko‘p qirrali engil abortiv formasi va og‘ir 
o‘tkir kechganda hatto o‘limga olib keladi. Ushbu kasallikni o‘tkazgandan so‘ng 
katta bo‘lmagan ruhiy buzilishlar bilan chegaralansa, og‘ir kechganda esa kasallik 
tufayli bola yoki o‘smir nogiron bo‘lib, hayotga moslasha olmaydi. Agar bolalik 
davrida kasallik psixopatsimon kechsa, ancha og‘ir hisoblanadi. Davosi: 
antibiotiklar, neyroleptiklar. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin