125
mumkin, Postinfektsion asoratlar patogenezida likvorodinamik buzilishlar katta rol
o‘ynashini hisobga olgan holda, sistematik degidratatsion terapiya o‘tkazishni, yod
preparatlari bilan suriluvchi davo, shuningdek yallig‘lanish protsessiga qarshi
antibiotiklar beriladi. Fizioterapiya ham yaxshi natija beradi. O‘smirlar o‘rtasida
mehnat qilish kabi davo choralari o‘tkaziladi.
Sil meningiti. Amaliyotga streptomitsin kirib kelgandan so‘ng sil meningiti
o‘limga olib keluvchi kasallik bo‘lishidan to‘xtaydi. Sil meningitining 1-simptomi
bo‘lib, kayfiyatning o‘zgarishidir. Bola tez xafa bo‘ladigan, yig‘loqi, sabrsiz, o‘jar
yoki noaktiv bo‘lib qoladi. Ba‘zi bemorlar
bir necha hafta va hatto oylab,
uyqusimon karaxtlik va delirioz notinchlikda bo‘ladilar. Boshqa hollarda es-hushi
buzilishi bo‘lmaydi, lekin bemorlar noaktiv hech qanday atrofga qiziqishsizlik
bilan kechadi. Bunday bemorlar o‘rinda harakatsiz, shipga qarab ko‘zlarini katta-
katta ochib yotadilar.
Gohida oniyroid buzilishlar, amnestik sindrom kuzatiladi.
Bolalarda ko‘pincha kayfichog‘lik, xursandchilik va impulsiv harakatlar,
shuningdek, og‘ir va sababsiz qo‘zg‘alishlar ba‘zan esa bulemiya ham kuzatish
mumkin. Sil meningiti o‘tkazgan bolalarda ruhiy orqada qolish va rezidual organik
buzilishlari bilan kechishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: