130
Kasallikning avj olish simptomatikasida organik total aqli zaiflik kuchayadi.
Bemor sog‘ odamga xos bo‘lmagan qiliqlar chiqara boshlaydi, atrofdagilar ruhiy
kasalligi borligidan shubha qiladilar. Bemorning kayfiyati baland, erotichli, o‘ziga
ahamiyat bermaydi. Kasallik holatini tan olmaydi.
Klinik ko‘rinish xususiyatlariga ko‘ra progressiya
falajni quyidagi turlarga
ajratiladi.
Ko‘pincha falajning dement turi bilan ishlashga to‘g‘ri keladi.
Xarakterli belgilari - umumiy holsizlik, his-tuyg‘ulari va qiziqishlarini
yo‘qolishi bilan kechadi.
Eng xarakterligi ekspansiv va maniakal turidir. Buning belgisi kayfiyatning
doim yuqoriligi va baland parvoz g‘oyalarning aniq ko‘rinishi.
Ajitirlangan turida doimiy tushunarsiz ko‘zgalish holatlari kuzatiladi.
Progressiv falajning 3-chi marazm davrida ruhiy
holatning hamma tomonlarini
tushishi kuzatiladi. Bu bosqichda bemor faqat ovqat haqida o‘ylaydi. Ular juda
haddan tashqari ochofat bo‘lib qoladilar. Nutqi tushunarsiz bo‘ladi.
Marazmning somatik belgilari – kaxeksiya,
yotok yaralari, suyaklar sinishi
va og‘ir nevrologik buzilishlar (insult, tutqanoq, falaj) o‘lim ko‘pincha infektsiya
qo‘shilganda yoki insult vaqtida keladi.
Progressiv falaj kam hollarda orttirilgan zaxm natijasida asosan tug‘ma
zaxmdan keyin kelib chiqadi.
12-15 yoshgacha bola normal rivojlanadi, so‘ng o‘z-o‘zidan
hech qanday
sababsiz boshqalardan ham jismoniy, ham ruhiy holatda orqada qoladi. Asosan
bola
juda ahamiyatsiz, atrof muhitga qiziqishi yo‘qoladi, maktab dasturini
o‘zlashtira olmaydi, xulqi va xarakteri o‘zgaradi: jahldor, yig‘loqi, quloqsiz bo‘lib
qoladi. Bunday bolalar aldamchi, uylaridan qochib ketadigan odat chiqaradilar.
Shunday vaziyatda ota-onalar shifokorga murojaat etadilar.
Yuvenil progressiv falajning tipik ko‘rinishi bu dementsiyadir.
Kasallikni kechishi davo olmagan bolada 5 yildan to 9-10 yilgacha. Davo
olmaganlarni oqibati yomon yakunlanadi.
131
Davolash. Kombinirlangan 3 kunlik bezgak
emlash bilan bir qatorda
spetsifik davo.
Dostları ilə paylaş: