Bosh miya jaroxatlaridagi ruhiy buzilish holatlari
Bosh miya jarohatlaridan so‘ng ruhiy buzilishlar bilan 8% bemorlar
psixonevrologik dispanserda hisobda, 4% esa psixonevrologik shifoxonalarda
davolanadilar. Bosh miyaga jarohat ta‘sirining xarakteriga ko‘ra:
Ochiq jarohatlar miya qopqog‘i butunligini buzilishi bilan.
Yopiq jarohatlar miya qopqog‘i butunligini buzilmasligi bilan.
Ochiq jarohatlar o‘z navbatida miya teshib o‘tuvchi miya kattik pardasini
jarohatlab ichiga o‘tmaydi.
Yopiq miya jarohatlari kommotsiya (chaycalish) va kontuziya (lat eyish)ga
bo‘linadi.
Miya jarohati tufayli ruhiy buzilishlar polimorfizmligi bilan ajraladi. Miya jarohati
natijasida chuqur es-hush buzilishlari, ya‘ni sopor va koma kelib chiqadi. Ba‘zi
bemorlarda jarohatlardan so‘ng bir necha daqiqa va soatlarda keyin es-hush
buzilishi mumkin. Sopor va koma holatlarini davomiyligi jarohatni qay daraja
chuqurligi va uning likvor buzilishiga ta‘siri bilan ajraladi. Komatoz va sopor
holatining asosiy belgisi tashqi muhitga javobning chegaralanishidir. Bu holatdan
chiqish tez yuzaga kelmaydi. Bemorga savol berilganda, ko‘p marotaba bir
voqeani so‘zlab beraveradi. Bemor bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bosh ichidagi
shovqinga, og‘irlikka, ko‘ngil aynishiga shikoyat qiladi. Ruhiy holat tomonidan
koma holatidan chiqqandan so‘ng xotirani pasayishi, fikr bir joyga jamlash
qiyinlashadi, sababsiz kayfiyatni o‘zgarishi quvnoq eyforik holatdan to tushkun
kayfiyatga o‘tishi. Sekin asta bu belgilar kamayib 2-chi haftaga borib yo‘qolib
ketadi. Ba‘zi holatlarda komatoz holatdan chiqqandan so‘ng deliriy yoki deliriy –
oneyrik holatga hushi o‘zgaradi. Orientatsiya buzilishidan tashqari
gallyutsinatsiyalar kuzatiladi, to‘satdan bemorda xavotir qo‘rquv yuzaga keladi.
Deliriyning davomiyligi 2-3 kun.
132
Miya jarohatida ruhiy buzilishning eng og‘ir turi bu Korsakov sindromi.
Darhol xushdan ketgandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin yoki deliriy – amentiv
sindrom bilan almashinadi. Bemor tashqi muhitdagi munosabatlarni qabul qiladi,
ammo hech qancha o‘tmay esidan chiqarib yuboradi. Xotira ba‘zan
konfabulyatsiya bilan to‘ldiriladi. Ko‘pincha bemorda retrograd amneziya
aniqlanadi. Korsakov sindromi 3-4 oy ichida sekin asta yo‘qolib boradi. Miya
butunligi buzilgandagina xotira buzilishi uzoq vaqtga cho‘ziladi.
Miya jarohatida asab-ruhiy buzilishlardan yana eng og‘iri bu surdomutizm –
kar va soqovlik. Bu patologiyani asosan havo kontuziyasi bilan bog‘laydilar.
Miya jarohatlarining asoratlari – jarohatdan keyingi tserebrosteniya,
entsefalopatiya, aqli zaiflik, psixoz.
Jarohatdan keyingi tserebrosteniya – nevrasteniya klinikasini namoyon etadi.
Jarohatdan so‘ng ancha yillar o‘tib paydo bo‘ladi. Asosiy shikoyatlari: tez
charchash, holsizlik, qo‘shimcha ishlarni berganda og‘irlik tushishi hollari, bosh
og‘rig‘i doimiy tarzda, ayniqsa ish vaqtida havo o‘zgarganda, transportda yurganda
kuchayadi. Bundan tashqari, giperesteziya, vegetativ innervatsiyani stabilligi.
Shunga qo‘shimcha holda ipoxondrik xayollar, yopishqoq xayollar, qo‘rquv paydo
bo‘lishi mumkin.
Travmatik entsefalopatiya – o‘tkazilgan kontuziya natijasida kelib chiqib
MNS tomonidan chuqur o‘choqli simptomlar borligi bilan tushuntiriladi.
Keng tarqalgan travmatik entsefalopatiyaning bir turi bu travmatik
epilepsiya - epilepsiyasimon tutqanoqlar asosan miyani peshona pushtasining
motor va premotor zonalarini fokal zararlanishi natijasida yuzaga chiqadi.
Epilepsiyadan farqi jarohatdan so‘nggi epilepsiyada shaxs o‘zgarishlari yuzaga
kelib chiqmaydi. Travmatik entsefalopatiyadan so‘ng shaxsning psixopatik
o‘zgarishiga olib keluvchi ildizdir. Bemorda besabab asabning o‘ta yuzaligi «olovli
jahl», qiziqishlarni chegaralanishi, aniq ko‘zga tashlanuvchi egotsentrizm,
agressivlik paydo bo‘ladi. Bularda asosan alkogol ichimliklariga berilishi moyilligi
yuqori bo‘ladi. Entsefalopatiya bilan bemorlar nogironlikka chiqadilar.
133
Miya jarohatining yana bir og‘ir turi bu dementsiyadir. Klinik ko‘rinishi –
holsizlik, bo‘shashish, qiziqishlarini cheklanganligi, apatiya yoki o‘ta jahldorlik,
impulsivlik yuzaga chiqadi. Bunda amnestik buzilishlar yuzaga chiqadi. Jarayon
chuqurlashgan sari o‘z xatolarini ham bemor korrektsiya qila olmaydi, aniq fikrlar
mazmunini to‘liq tushuna olmaydi.
Travmatik tserebrasteniya va entsefalopatiyasi bor bemorlarda epizodik
holda travmatik psixozlar uchrab turadi, ba‘zan maniakal va depressiv
simptomokomplekslar uchrab tsirkulyar psixoz klinikasini eslatadi.
Bolalarda bosh miyani jarohati natijasida ruhiy rivojlanishidan orqada
qolishi kuzatiladi. Shikastlanishini o‘tkir darajasida bolalarda doimiy belgisi bu es-
hushni buzilishi o‘chib qolish tipi bo‘yicha. Deliriy holati kam uchrab, asosan
kechasi qisqa, rudimentar qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar bilan o‘tadi. Amnestik
sindrom ham rudimentar shaklda bo‘ladi. Fiksatsion hotira pasayadi, retentsiya
sust.
Jarohatning o‘tkir davrida bolalarda tutqanoqlar kuzatilishi mumkin. Og‘ir
xollarda esa meningial simptomlar yuzaga chiqadi. Doim vegetativ funktsiyalarni
buzilishini kuzatishimiz mumkin, uyquning buzilishi, ishtahani pasayishi, profuz
terlash, so‘lak ajralishi, enurez. Ba‘zan duduqlanish kuzatiladi.
Affektiv
buzilishlardan
(zerikish,
doimiy
kayfiyatini
o‘zgarishi
tushkunlikdan to quvnoqlikka) bolalarda aniq bir o‘rin egallaydi.
Ba‘zan bolalarda ham kattalarniki singari asoratlar kuzatiladi.
Travmatik tserebrasteniya astenik holatdan farq qilib jarohatning o‘tkir
davrida o‘zining turg‘unligi bilan xarakterlanadi va ko‘pincha boshqa sabablarga
ko‘ra kompensatsiyalanadi. Biror kasallik interkurrent bo‘lsa, yoki hayotiy
qiyinchiliklar kuzatilsa klinik belgilari o‘z-o‘zidan yuzaga chiqadi.
Travmatik entsefalopatiyada bir-biriga qarshi klinik simptomokompleks kuzatiladi.
Apatiko-adinamik sindrom: apatiya, tez charchash, bo‘shashish, faollikni
pasayishi, harakat kamayishi;
Giperdinamik sindromi - harakatning kuchayishi, kayfiyatning yuqoriligi.
Bola doim sho‘x, to‘polonchi, baqiradi, yuguradi.
134
Bolaning psixopatsimon hulqining o‘zgarish sindromi - qo‘pol, beshafqat,
tilanchilik qilib yuradi, kayfiyati tushkun, intellekt pasaygan, maktabga
qiziqish yo‘qolgan. Bunday bolalar kollektiv bilan chiqisha olmaydi.
Ba‘zan miya jarohati olgan bolalarda ruhiy buzilishlar jarohatdan 1 yil
o‘tgandan, ba‘zan 2-5 yildan so‘ng kuzatiladi. Epilepsiyasimon tutqanoqlardan
tashqari isterik tutqanoqlar ham uchrab turadi.
Dostları ilə paylaş: |