120
Yarim sharlar po‘stlog‘i bosh miyaning reaktiv qismi bo‘lib, infeksiyaga
diffuz tarqalish bilan himoyalanuvchi qonuniyatga binoan infeksiya, intoksikasiya
umuman barcha ekzogen ta‘sirlarga javob beradi va shu xususiyat tashqi ta‘sirga
nisbatan o‘tkir ruhiy reaktsiyaga o‘xshashib ketadi. Birinchilar qatorida ushbu
klinik xususiyatni kuzatgan nemets psixiatri Bongeffer (1908 – 1917) xususan
yuqumli va intoksikatsion psixozlar ko‘pincha quyidagi sindromlar bilan
kechishini kuzatgan: deliriy, amentsiya, ongning shomsimon xiralashuvi,
karaxtlik, gallyutsinoz, Korsakov simptomokompleksi, epileptiform harakat
qo‘zg‘alishi, psevdofalajlar. Bu barcha sindromlarni Bongeffer ekzogen tipdagi
reaktsiya yoki bosh miyaning nospetsifik javob reaktsiyasi deb xisoblagan.
Dostları ilə paylaş: