Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137
psihiatriya-qollanma

 
Bolalar yuqumli kasalliklari 
Qizamiq. Bolalar infeksiyasidagi psixozlarning simptomatik shakllari kam 
uchraydi. Qizamiqning inkubatsion davrida yig‘loqilik va uyquchanlik kuzatiladi. 
Toshma toshish davrida gallyutsinatsiyalar bilan birga ongning delirioz buzilishlari 
kuzatilishi mumkin. Bolalarda vasvasa o‘yin ko‘rinishida bo‘ladi.
Qizamiq entsefalit bilan asoratlanadi va polimorf nevrologik o‘zgarishlar 
kuzatiladi - entsefalit bilan og‘rigan bolalarning 0,1 – 0,4% i og‘ir ruhiy holat bilan 
kechadi. Qizamiq entsefalitning rezidual davrida epileptiform sindrom, intellektual 
faoliyat buzilishi, psixopatsimon harakatlar va asteno-nevrotik holatlar kuzatilishi 
mumkin. 
Skarlatinaning og‘ir kechuvchi septik turlarida karaxtlik va delirioz 
sindrom kuzatiladi. Kasallikning birinchi kunida odatda qo‘zg‘alish bo‘lsa, keyingi 
kunlarda esa uyquchanlik va so‘nish bilan almashinadi. 


122 
Bo‟g‟ma ruhiy buzilishlar qizamiq va skarlatinadan xam kamroq uchraydi. 
Adabiyotlarda yozilishicha qisqa muddatli qo‘zg‘aluvchi deliriy va meningizm 
kabi holatlar bo‘lib, bir necha soat yoki kun davom etishi mumkin. 
Dizenteriyada  psixozlar juda kam uchraydi. Erta yoshdagi bolalarda toksik 
dizenteriya asosan komatoz holat va talvasa reaktsiyasi bilan kechsa, o‘smirlarda 
esa emotsional buzilishli oneyroid holatlar bo‘ladi. Rekonvalestsentsiya bosqichida 
jismoniy va ruhiy rivojlanishning ortda qolishi, tutqanoqlar kuzatilishi mumkin. 
Kasallikning o‘tkir davrida delirioz holatni qisqa muddatli epizodik va rudimentar 
holda deb hisoblash mumkin. Bolalarda odatda yaqqol deliriy rivojlanmaydi va 
faqatgina delirioz oldi holat ya‘ni giperesteziya, tashqi ta‘sirotga javobning 
pasayishi bilan, qo‘rqinchli tush, illyuziyalar, gipnogogik gallyutsinatsiyalar, 
qo‘rquv hxrujlari va boshqalar bo‘ladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin