Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Uchuvchan organik moddalar toksikomaniyasi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137
psihiatriya-qollanma

Uchuvchan organik moddalar toksikomaniyasi. Bu turkumdagi moddalar 
benzin, bo‘yoq va lak erituvchilari, dog‘ ketkizuvchi moddalar, kimyoviy elimlar 
hisoblanadi. Ular asosan og‘iz, burun orqali hidlash yo‘li bilan nafasga olinadi. 
O‘tkir zaharlanishda (mastlikda) eyforiya holati paydo bo‘lib, u rang barang
sahnasimon, fantastik mazmunli gallyutsinatsiyalar bilan ifodalanadi. Bemorlarda 
shaxs xususiyatlarining o‘zgarishi, noto‘g‘ri xatti-harakatlar paydo bo‘la boshlaydi. 
Ular bu moddalarni 2-3 kun iste‘mol etmasalar, yurak urishi, qon bosimi buziladi, 
qo‘l titrashi, tana shishi paydo bo‘ladi, bezovtalik, tashvishlanish, 5-7 kunga borib 
depressiya, apatiya, bo‘shashish, asteniya uchraydi. Kasallik rivojlanganda 
bemorlarda shaxs o‘zgarishlari ko‘rina boshlaydi. Ular affektiv o‘zgaruvchanlik, 
disforiyalar, g‘azablanish, bag‘ritoshlik, xujumkorlik, aql-idrokning chuqur 
o‘zgarishlari kuzatiladi. Bemorlar tez orada ishga yaroqsiz bo‘lib qoladilar, 
qonunbuzarliklar qiladilar. 
Giyohvandlikning diagnostikasi. Giyohvandlikning diagnostikasi bir oz 
kiyin bo‘lib bunga bemorlarning giyoxvand moddalarni qabul qilishini yashirishi 
sabab bo‘ladi. Giyohvandlik diagnostikasida quyidagi aniq mezonlarga alohida 
e‘tibor berish zarur: qarindoshlarning ma‘lumotlari, ya‘ni bemorning u yoki bu 
turdagi giyoxvand moddasini iste‘mol qilayotganini ulardan aniqlab olish, bemor 
tanasida in‘ektsiyadan keyingi dog‘lar, chandiklar yoki abtsesslar borligi, bemorni 
giyoxvand modda qabul qilishga imkoniyat bo‘lmaganda xumorlik sindromining 
paydo bo‘lishi, giyoxvand moddalarni surunkasiga iste‘mol qilish natijasida ichki 
a‘zolardagi va asab tizimidagi o‘zgarishlar. So‘lak, qon va siydikda giyoxvand 
moddalar va ularning metabolitlarining topilishi. Opiyli giyoxvandlikda qondagi 
ALT 
va 
lipidlar 
miqdori 
oshadi, 
fosfolipidlar 
miqdori 
kamayadi. 
Barbituromaniyada GGT (glutamiltransferaza), ALT miqdori oshadi. Uchuvchan 
organik moddalar toksikomaniyasida qonda kreatinfosfokinaza paydo bo‘ladi. 
Giyoxvand moddalar qabulini aniqlashning ekspress-test usuli ham bo‘lib,uni uy 
sharoitida ham giyoxvand deb gumonsirayotgan odamda qo‘llab aniqlasa bo‘ladi. 
Bunga asosan maxsus tayyorlangan qog‘ozni giyoxvand siydigiga 5 soniya 
tushiramiz. So‘ng qog‘ozga e‘tibor qaratamiz, agar 2-ta qizil-ko‘ngir chiziq paydo 


117 
bo‘lsa giyoxvand modda yo‘q, agar 1-ta chizik paydo bo‘lsa siydikda giyoxvand 
modda bor. Qog‘ozda chiziq paydo bo‘lmasa test noto‘g‘ri o‘tqazilgan bo‘ladi
Giyohvandlik diagnostikasida bemordagi ba‘zi belgilar, holatlar va hatti-harakatlar 
ham katta ahamiyat kasb etadi. Bularga quyidagilar kiradi: xavo issishiga qaramay 
uzun engli kiyim kiyish, qo‘l panjasining shishi, tishlarining qorayishi va 
sarg‘ayishi, sinishi, so‘zlashuvining g‘alatiligi, alkogol xidi kelmay turib 
sarxushlik holati bo‘lishi, xarakat sekinlashuvi, ta‘sirchanlik, tajanglik, uydan 
narsalar va pullarning yo‘qolishi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin