Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Psixostimulyatorlar toksikomaniyalari



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137
psihiatriya-qollanma

Psixostimulyatorlar toksikomaniyalari. Bu toksikomaniyalar narkotik 
moddalar ro‘yxatiga kiritilmagan miya faoliyatini tetiklashtiruvchi moddalar 
(tsentidrin, kofein, atsifin, sidnokarb, sidnofen va boshqalar) suiste‘mol qilganda 
vujudga keladi. Bu moddalar qabul qilganda tetiklashish, kuchga to‘lish, 
engillanish kabi holatlar paydo bo‘ladi. Bu holat oz vaqtdan so‘ng bo‘shashishlik, 
tushkunlik, bosh og‘rig‘i, badan qaqshashi bilan tugallanadi. Bemorlar ana shu 
moddalarni takror qabul qilishga majbur bo‘ladilar, bu esa toksikomaniyaga olib 
keladi. Tetiklashtiruvchi moddalarga o‘rganib qolish, ko‘pincha psixopatik (o‘z-
o‘ziga ishonmagan, ikkilanuvchi, ko‘pincha uyquchanlikka, tez charchashga 
berilgan) shaxslarda uchraydi. Bemorlar bu moddalarni iste‘mol qilishni birdan 
to‘xtatganda ong buzilishi (deliriy) va qo‘zg‘alish holatlari paydo bo‘lishi, bundan 
tashqari, vasvasaviy, gallyutsinator-vasvasaviy psixozlar, ko‘rish, eshitish, sezish 
gallyutsinatsiyalar bo‘lib, gipomaniya, ekstaz holatlari kuzatilishi mumkin.
Siklodol toksikomaniyasi. Parkinsonizmga qarshi ishlatiladigan dori-
darmonlar (siklodol, artan, romparkin, parkopan) oz-ozdan emas, 2-4 marta 
ko‘prok dozada qabul kilinganda eyforiya mastlik yoki gallyutsinatsiyalarga sabab 
bo‘lishi kabi holatlar yuzaga keladi. Bu moddalar iste‘moli miqdori oshib ketganda 
qo‘rqinchli aniq ko‘rish gallyutsinatsiyalari (o‘rgimchaklar, mayda xayvonlar, 
qo‘ng‘izlar) bilan kechadigan deliriy yoki ovoz eshitish gallyutsinatsiyalari 
kuzatiladi. Bundan tashqari, o‘tkir sezish, ta‘qib, munosabat, ta‘sir etish 
vasvasalari qo‘zg‘aluvchanlik bilan o‘tadigan psixozlar kelib chiqishi mumkin. 
Oradan 1-1,5 yil o‘tgach kasallikning surunkali davri boshlanadi. Chidamlilik 30-
40 tabletkaga etadi. Xumor holati qo‘l va tana titrashi, mushaklarda og‘riq, 
tortishish, bo‘g‘imlarda va umurtqa pog‘onasida og‘riq paydo bo‘lishi, yurak 
urishining buzilishi, havfsirash, qo‘rqish kuzatiladi. Kasallikning kechki davrida 
ruhiy va jismoniy moyillik og‘irlashib, organik turdagi aql pasayishi kuzatiladi. 


116 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin