139
Depressiv-distimik nevrozsimon holatlar har bir yoshda yetarlicha bo‗lishini
V.S.Aleshko ta‘kidlab o‗tgan. Maktab yoshgacha va maktab yoshidan kichik
bolalarda kayfiyatning pasayishi o‗jarlik, monoton yig‗lashga moyillik hamda
noma‘lum qo‗rquv bilan birga kechadi. Katta yoshdagi maktab bolalari hamda
o‗smirlarda ko‗proq depressiv affekt notinchlik, ipoxondrik
holatlar, norozilik va
jizzakilik bilan birga kechadi.
O‗smirlarda ba‘zan o‗zini kamsitish, hayotda
befoyda yashayotganligi
haqidagi o‗tib ketuvchi xayollar ham uchraydi. Biroq, suitsidal holatlar ham
kuzatiladi.
Miya infeksiyalarida, depressiv-distimik holatlarda sensor sintezining
epizodik buzilishlari uchraydi.
Nevrozsimon qo„rquvlar
Bolalarda bunday hurujlar davrida qo‗l va
oyoqlarining sovuq qotishi, yurak
to‗xtab qolishi, havo yetishmovchiligi hissi kuzatiladi. Shu bilan birga har xil
vegetativ buzilishlar (bezgaksimon qaltirash, taxikardiya, qon bosimining oshishi,
og‗iz qurishi, tish qoplamlarining oqarishi, keyinchalik ko‗zlarning qizarishi bilan
birga xansirash) bo‗lishi mumkin. Huruj yarim soat davom etib, bemor siyib
qo‗yishi bilan tug‗aydi. O‗smir qizlarda ko‗pincha, qo‗rquvlar huruji davrida
sensor sintezi buzilishi kuzatiladi (qiz bola qo‗lini «oyogi» deydi). Shu bilan birga
derealizatsiya va depersonalizatsiya («atrof qo‗rqinchli bo‗lib, go‗yo
tuman
qoplagandek», «o‗zini his qilmaslik», «o‗zini
muallaq sezadi», «tanasini paxtadek sezadi ») kuzatiladi.
Nevrozsimon enurez
Rezidual-organik enurezni ikki turi ajratiladi: dizontogenetik va sistemali
enurez. Nevrozsimon enurez asosida siydik ajralishini regulyatsiya
qilish serebral
mexanizmi turli bosh miya zararlanishlari ta‘sirida rivojlanmanligi yotadi.
Nevrozsimon enurez davomiyli kechadi, ko‗pincha ko‗p yillar davom etadi.
Qo‗zg‗alish davrida kechki payt siyib qo‗yish odatda
somatik kasalliklar bilan
140
bog‗liq bo‗ladi. Bundan tashqari, bu holat jismoniy toliqish natijasida ham bo‗lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: