142
prosul‘pin (eglonil 50мг/kuniga) ham tavsiya etiladi.
Aniq ifodalanmagan
qo‗rquvlarda ataraks(12,5-25мг/kuniga) yoki neurolni(0,25мг/kuniga) tavsiya etish
mumkin.
Senestopatik-ipoxondrik holatlarda sonapaks 10-20 mg/kuniga qo‗llaniladi.
Trankvilizatorlardan seduksen, elenium, ataraks, adaptol, tenoten va kichik dozada
ksanaks tavsiya etiladi.
Isteroform buzilishlarda aminazin tavsiya etiladi. Nevrozsimon turidagi
buzilishlarni davolashda fenibut yoki noofen 250-500 mg/kuniga qo‗llash
ahamiyatlidir.
Nevrozsimon duduqlanishda mushak tonusini pasaytiruvchi preparatlar
(lidokain 25-125 mg/kuniga), aminazin yoki melleril (kichik dozada),
trankvilizatorlar (fenibut, noofen, ataraks) tavsiya etiladi.
Nevrozsimon enurezda nootroplar yoki antidepressantlar
ahamiyatlidir
(pantokal‘sin, noofen, amitriptilin, triptizol, melipramin).
Nevrozsimon uyqu buzilishlarda somnol, andante va ayrim hollarda ataraks
kechki mahal 12,5-25 mg dozada qabul qilinadi.
Rezidual-organik
asab-ruhiy
buzilishlarni
kompleks
davolashda
medikamentoz terapiya bilan bir qatorda fizioterapiyaning ahamiyati katta.
Masalan, tomirli bosh og‗riqlari bilan kechadigan serebrastenik holatlarda Sherbak
bo‗yicha kal‘siy va yod bilan birga gal‘vanik yoqasi, uyqu buzilishi bilan
kechadigan serebrastenik holatlarda – elektrouyqu, darsonval‘ nevrozsimon
enurezda siydik
pufagi sohasiga feradizatsiya, bel sohasiga atropin sul‘fatli
gal‘vanizatsiya qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: