Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Produktiv psixopatologik belgilar



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   137
psihiatriya-qollanma

 
Produktiv psixopatologik belgilar. 
Psixotik 
produktiv 
belgilar
Ko‘pchilik bemorlarda vasvasa va 
gallyutsinatsiya uchraydi. Shizofreniyadagi vasvasa g‘oyalar haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydigan, be‘mani bo‘ladi. Va ko‘pincha bemorlarni hulq atvori bilan to‘g‘ri 
kelmaydi. Vasvasa g‘oyalar turli tuman bo‘lishi mumkin shuninig bilan birga ba‘zi 


166 
vasvasa g‘oyalar faqat shizofreniya bilan og‘rigan bemorlada uchraydi: 
refarmatorlik vasvasasi, ruxiy ta‘sirlanish vasvasasi, muhim ahamiyatga ega 
bo‘lish vasvasasi, kosmik vasvasasi, antagonistik vasvasasi, begona ota-onalar 
vasvasasi. 
Idrok buzilishlarga psevdogallyutsinatsiya kiradi, psevdogallyutsinatsiya 
ko‘pincha verbal, sharhlovchi, antagonistik tuzilishga ega bo‘ladi. Boshqa sezgi 
buzilishlari nisbatan kam uchraydi. 
Shizofreniyani klinik ko‘rinishlari orasida ruhiy avtomatizmlar muhim rol 
o‘ynaydi. Ayniqsa ideator avtomatizim ko‘p uchraydi: fikrlar ochiqligi har-hil 
fikrlar paydo bo‘lishi, fikrlarni uzulib qolishi, eho fikrlar, begona fikrlar, parallel 
fikrlar. Shizofreniya uchun barcha gallyutsinator-paranoid sindromlar xosdir: 
paranoyyal, Kandinskiy-Klerambo, parafren. Kamdan kam hollarda gallyutsinoz 
uchraydi. 
Katatonik va gebefrenik buzilishlar faqat shizofreniya uchun xosdir. Maniya 
va depressiya shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarda uchrashi mumkin. Maniya 
atipik ko‘rinishda bo‘lib bemorlar jahldor, darg‘azab, ahmoqnamo bo‘ladi. 
Depressiya endogen harakterda bo‘lib kayfiyat kun davomida o‘zgarishi, faslga 
qarab o‘zgarishi mumkin. 
Nopsixotik produktiv belgilar. Shizofreniyada har-hil nevrozsimon va 
psixopatsimon o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Ba‘zan ular o‘ziga hos klinik 
ko‘rinishda bo‘ladi. Shizofrenik qo‘rquvlar oddiy emasligi bema‘niligi, qo‘rquvni 
kuchayib 
borishi, 
rituallarga 
boyligi 
bilan 
ajralib 
turadi. 
Surunkali 
depersonalizatsiya shizofreniyaning autopsixik turida kuzatiladi. 
Shizofreniyaga xos bo‘lmagan psixopatologik sindromlarga barcha ong 
xiralashuvi sindromlari, psixoorganik sindrom, epileptik sindrom, Korsakov 
sindrom, organik dementsiya hisoblanadi. Ong hiralashuvi sindromlari orasida 
faqat oneyroid shizofreniyaga xosdir.
Kasallik bosqichlari: boshlanish, manifest, remissiya, qayta psixoz defitsitar. 
10% hollarda bemorlar o‘zidan o‘zi tuzalishi yoki uzoq muddatli remissiya 
kuzatilishi mumkin (10-yilgacha). 


167 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin