169
Paranoid shizofreniyani ohirgi davri apatiko-abulik
simptomakompleks bilan
xarakterlanadi. Galyutsinator vasvasa qoldiq ko‘rinishida qoladi va shizofaziyalar
kuzatiladi. Ba‘zi hollarda paranoid shizofreneya ijobiy tugashi mumkin va kasallik
parafren davrda to‘xtashi mumkin. Unda shaxs o‘zgarishlari juda kuchli bo‘lmaydi.
Past progredientli (sust kechuvchi) shizofreniya. Barcha shizofreniya
bilan kasallangan bemorlarni 17-35 % -ni kam progredientli
shizofreniya tashkil
etadi. Xurujsimon progredientli shizofreniyadan so‘ng ikkinchi o‘rini egallaydi. Bu
shizofreniyani nopsixotik yoki subpsixotik formasi bo‘lib nisbatan ijobiy kechadi.
Shaxsni defitsitar o‘zgarishlari juda sekin boradi va shizofrenik aql pastlikga xech
qachon etib bormaydi. Nopsixotik va subpsixotik produktiv simptomlar juda sekin
rivojlanadi.
Kasallikni boshlanish bosqichi shu darajada sekin va sezilarsizs bo‘ladiki
bu bosqichni qancha vaqt davom etishini aniq aytib bo‘lmaydi. Ba‘zi emotsional
o‘zgarishlar, aktivlikni pasayishi, xulq atvorni g‘alati bo‘lishi
fikrlash va nutqni
o‘zgarishi juda sekinlik bilan boradi.
Nopsixotik (qo‘rquv, shilqimlik, depersonalizatsiya) produktiv buzilishlar
xam juda sekin rivojlanadi. Vaqti-vaqti bilin qoldiq vasvasa g‘oyalar,
gallyutsinatsiyalar,
ruhiy
avtomatizimlar
kuzatilishi
mumkin.
Produktiv
simptomlar ustunligiga qarab progredientli shizofreniyani nevrozsimon va
psixopatsimon turlari farqlanadi.
Ba‘zi bemorlarda shaxsni negativ o‘zgarishlari birinchi o‘ringa
chiqishi
produktiv simptomlar esa rudimentar xolda bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: