163
O‘rtacha progredientli shizofreniya
Past progredientli shizofreniya
nevrozsimon shizofreniya
psixopatsimon shizofreniya
oddiy shizofreniya
2. Rekkurent shizofreniya
3. Xurujsimon progredientli shizofreniya
4. Shizofreniyani boshqa
formalari
paranoyyal shizofreniya
febril shizofreniya
Shizofreniyaning psixopatologiyasi
Shizofreniyaning belgilari turlicha va o‘ziga xosdir. E.Bleyler fikri bo‘yicha
shizofreniyada asosiy o‘zgarishlar fikrlash va mayl-hissiyot doirasida kuzatiladi.
Fikrlash buzilishlar: fikrlarni uzuq-yuluqligi, rezonyorlik,
paralogik fikrlash,
autizm, simvolik fikrlash,
tushunchalarni qisqarishi, mentizm, perseveratsiya va
boshqalar. Mayl-hissiyot doirasida kuzatiladigan buzilishlar:
affektni aynishi,
sovuqqonlik, paratimiya,
hissiyotlar gipertrofiyasi, ambivalentlik, ambitendentlik,
apatiya va abuliya. E.Bleyler boshqa ekzogen turdagi sindromlar (amneziya,
amentsiya, deliriy, tutqanoq) ishtiroki yo‘qligi
va fikrlarni uzuq-yuluqligi,
hissiyotni parchalanganligi, depersonalizatsiya,
ruhiy avtomatizm, katatoniya,
gallyutsinatsiyalar manifest ko‘rinishda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerakligini aytadi.
Kasallikni tashxisotida eng tan olingan birlamchi simptomlar K. Shneyder
simptomlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: