Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137
psihiatriya-qollanma

 
 
 
 


106 
V-BOB: Giyohvandlik. Toksikomaniyalar 
Giyohvandlik va toksikomaniya ruhiy faol moddalarni, shu jumladan narkotik 
moddalarni suiste‘mol qilish natijasida yuzaga keladigan surunkali zaharlanishdir. 
Bemorlar shunday moddalarni iste‘mol qilishga huruj qo‘yganligi, shu moddalarga 
ruhiy va jismoniy qaram bo‘lib qolganligi, neyrotropik moddalarga tolerantligi 
kuchayib borishi natijasida ular miqdorini asta-sekin ko‘paytirib borishi, shu bilan 
birga ruhiy kasallanish tufayli shaxsning inqirozga uchrashiga olib boruvchi 
hususiyatlari bilan tavsiflanadi.Giyohvandlik va toksikomaniya asosida ruhiy faol 
moddalarning neyrokimyoviy jarayoniga ta‘sir qilishi natijasida ruhiy va jismoniy 
qaramlikni yuzaga keltiradigan patogenetik mexanizm yotadi. Shu bilan birga bu 
kasalliklar orasida klinik va yuridik-huquqiy nuqtai nazardan ma‘lum tafovutlar 
bor. 
Giyohvandlikka narkotik moddalar jumlasiga kiruvchi dorilar yoki boshqa 
moddalarni suiiste‘mol qilish natijasida yuzaga keladigan kasalliklar kiradi. Tok-
sikomaniya — narkotik moddalar ro‘yxatiga kirmaydigan dorivor moddalarni 
suiiste‘mol qilishdan yuzaga keladigan kasallikdir. Lekin shunday moddalarni 
haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilinsa, unda bu moddalar ham narkotik dorilar va 
kasalliklar ro‘yhatiga kiritiladi, ularni suiste‘mol qilinsa, giyohvandlik deb ataladi. 
Giyoxvandlikning klinik ko‟rinishlari. Giyoxvand moddalarni iste‘mol 
qilish ko‘p yillardan ma‘lum. Opiy Xindistondan Sharqiy Janubiy Osiyoga kirib 
keldi. Evropa davlatlarida ham asta sekin opiy paydo bo‘la boshladi.Narkotik 
modda sifatida opiy Iroq, Pokiston, Xindiston, Misr va Osiyo mamlakatlarida 
ayniqsa keng tarqaldi. Oldiniga opiy va uning preparatlari tinchlantiruvchi ta‘siri 
borligidan juda kam miqdorda faqat tibbiyotda ishlatilib kelindi. So‘ngra uni 
suiste‘mol qilish natijasida asta-sekin giyohvandlik paydo bo‘la boshladi. 
Giyohvandlik epidemiyasi Evropa mamlakatlarida 50 yillarning oxiri 60 yillarning 
boshlarida, Osiyo mamlakatlaridan ancha yillar oldin boshlangan. 80 yillarga kelib 
zaharli toksik moddalarni suiste‘mol qilish keng tarqalgan. Xar bir Mintaqaga xos 
giyohvand modda iste‘mol qilingan. 


107 
O‘rta Osiyoda, Qozog‘istonda, Kavkazda, Janubiy Ukrainada, uzoq 
Sharqda-yovvoyi ko‘knor va kanop o‘simliklari ko‘p o‘sgan. Shu sababli bu 
joylarda gashish va sun‘iy opiy (geroin) preparatlarini iste‘mol qilish rivojlangan. 
Ayrim mamlakatlar aholisi xar kungi iste‘moli kofe, kokain bo‘lganligi uchun bu 
mintaqa aholisi yoshlari kofein, kokain suiste‘mol qilgan. Oxirgi yillardan boshlab 
Markaziy Osiyo mamlakatlarida giyohvand moddalardan asosan geroin tarqalishi 
ko‘payib bordi. Buning oqibatida giyohvand moddalarni in‘eksiya yo‘li bilan qabul 
qilish ko‘paydi. 
Bu havfli kasallik OITS(OIV) infeksiyasini tarqalishiga sabab bo‘ldi. 
Giyohvandlik va toksikomaniyani tarqalganligi uncha aniq bo‘lmasa ham dunyoda 
narkotik moddalarni qabul qiluvchilarning soni oshib borayapti. Rossiyada 
narkomanlarning soni 269 mingdan ortiq bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasida 20 
mingdan ko‘p shaxslar narkotik moddalar qabul qiladilar. (Darakchi14.03.2002y). 
Giyohvandlik, ya‘ni narkomaniya deyilganda narkotik moddalarni 
surunkasiga iste‘mol qilish, unga moyil bo‘lib qolish, narkotik modda 
bo‘lmaganda esa og‘ir ruhiy, jismoniy, ma‘naviy o‘zgarishlar, ijtimoiy tushkunlik 
bilan kuzatiladigan kasallik. Giyohvandlik va toksikomaniyaning kelib chiqishida 
ijtimoiy 
(noto‘g‘ri 
tarbiya, tevarak-atrofning ta‘siri, 
oiladagi 
salbiy 
kelishmovchiliklar), shaxsning konstitutsional omillari, psixologik holatlar 
(qiziquvchanlik, kayf-safoga intilish, qiyinchilikdan qochish), narkotik talab 
qiluvchi somatik kasalliklar, muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi tekshiruvchilar shuni tasdiqlaydiki, organizmda birorta hujayra 
to‘qimasi yo‘qki giyohvand modda unga toksik ta‘sir ko‘rsatmasa. U oqsil, 
uglevod, yog‘ sinteziga qatnashadi, ferment metabolizmini buzadi, to‘qima 
yadrosining mitoxondriyasiga ta‘sir qiladi, membranalar o‘tkazuvchanligini 
buzadi, nerv impulslarini o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va buzadi. 
Giyohvandlikning ayrim turlarining klinik ko‘rinishlari, ularning rivojlanishi 
avvalo shu moddalar va ularni suiiste‘mol qilishdan kelib chiqadigan kasalliklar 
bilan bog‘liq. Ammo ularning umumiy alomatlari borki, giyohvandlikning barcha 
turlari ana shu asosda birlashadi. 


108 
Narkotiklarni iste‘mol qilgandan so‘ng, qoidaga ko‘ra, giyohvandlikning 
barcha turlarida kuzatiladigan umumiy alomatlar bilan tavsiflanadigan narkotik 
sarxushlik holati yuzaga keladi. Narkotik sarxushlikning klinik ko‘rinishi yuqori 
kayfiyat (ba‘zida beg‘amlik, hayolparastlik), ko‘p kulish, telbalik, diqqat 
chalg‘ishi, fikrlash qobiliyatining tezlashuvi, harakatning tezlashuvi yoki unga 
qarama-qarshi lanjlik, harakat muvofiqligining bo‘zilishi, qadam tashlashning 
o‘zgaruvchanligi bilan namoyon bo‘ladi. Ba‘zida badjahillik, jizzakilik 
tajovuzkorlik kuzatiladi. Teri qoplamining qizarishi yoki rangparligi, ko‘zning 
xiralashuvi va ularning kengayishi kuzatilishi mumkin. Giyohvandlik va 
toksikomaniyaga xos tana reaktivligining o‘zgarishidan yuzaga keladigan, dorivor 
va boshqa moddalarga bo‘lgan ruhiy va jismoniy qaramlik, tolerantlikning 
o‘zgarishi umumiy alomatlar asosida yotadi. 
Ruhiy qaramlik narkotik ta‘sir yoki ruhiy kelishmovchilik holatini yo‘qotish 
maqsadida moddalarni iste‘mol qilishga intilishdir. Giyohvandlik moddalarini 
iste‘mol qilishga intilishning rivojlanish tezligiga ko‘p omillar sabab bo‘ladi. Bu 
omillarning asosiysi moddalarning narkogenlik hossasi hisoblanadi. Eng kuchli 
narkotik xususiyatga kokain, undan kamroq nasha va markaziy asab tizimi 
(MAT) ishini kuchaytiruvchi moddalar ega bo‘ladi. Jismoniy qaramlik jismoniy va 
ruhiy o‘zgarishlar ko‘rinishida yuzaga keladigan narkotik moddalarni surunkali 
iste‘mol qilish natijasidagi dardchil holatdir. Bu holat moddalarni iste‘mol 
qilmagandan yoki ularni antagonistlarini iste‘mol qilishdan yuzaga keladi. Bu holat 
narkotik moddalarning navbatdagi miqdorini berish bilan bartaraf etiladi. 
Tolerantlikning o‘zgarishi oldingi psixofarmakologik ta‘sirni yuzaga keltirish 
uchun narkotik moddalarni yanada qo‘proq miqdori talab qilinishi natijasida 
narkotik moddalarga ko‘nikishdir. Giyohvandlar tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan 
narkotik moddalar miqdoridan 5—10 marta ortiq miqdorda iste‘mol qiladilar. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin