Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137
psihiatriya-qollanma

Alkogolli deliriy (oq alahlash) 
Oq alahlash kasalligi surunkali alkogolizm oqibatida vujudga keladigan 
og‘ir kasallik bo‘lib, klinik ko‘rinishi ruhiy, nevrologik va somatik o‘zgarishlar bi-
lan kechadi. Oq alahlash bir necha yil davomida rivojlanib dastlabki belgilari 
alkogolizmning o‘rta bosqichida moddalar almashinuvining buzilishi va unga 
ta‘siri natijasida vujudga keladi. Alkogol iste‘mol qilishni keskin to‘xtatishga 
sababchi omillar (o‘pka yallig‘lanishi, yukumli kasalliklar) qo‘shilishi oq alahlash 
kasalligi vujudga kelishida muhim omil hisoblanadi. Organizmda alkogol 
mikdorining kamayishi abstinent sindromini vujudga keltirib, asta-sekin somatik 
va nevrologik belgilar qo‘shilishi kasallikning dastlabki belgilari hisoblanadi. 
Uyqusizlik va asta-sekin ko‘ruv va eshituv illyuziyalari (alahlash), sahna 
gallyutsinatsiyalari qo‘shiladi va bemorda qo‘rquv kuchayadi. Kasallikning 
boshlanish chog‘ida Lippman alomati muhim ahamiyat kasb etadi. Bemorning 
yumuq ko‘zlariga barmoq bilan sekin bosilganda turli obrazlar paydo bo‘ladi, 
masalan, bemorga tashlanayotgan it obrazi ko‘rinsa, bunda qo‘rquv, sarosima 
holati kuzatiladi. Bemorlar toza kog‘ozda har xil yozuvlar ko‘radilar (Reyxard 
belgisi), uzib qo‘yilgan telefonda gaplashadilar (Ashaffenburg belgisi). 
Gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lishi bilan bemorda hissiyot o‘zgarishlari kuchli 
namoyon bo‘la boshlaydi. Bemorning yuzida jonlanish paydo bo‘lib, bu holat 
gallyutsinatsiyaga mos holatni namoyon qiladi. Vasvasa g‘oyalari vujudga keladi. 
Ongining buzilishi sababli bemor makon va zamonni to‘g‘ri idrok qila olmaydi
bemor vokzal yoki ish joyidaman deb o‘ylaydi, atrofidagilarni ham kasbdoshi deb 
hisoblaydi, o‘zini o‘tgan kun, hafta, oy, yillarda yurganday his qiladi. O‘z shaxsi 
haqidagi tasavvurlari buzilmaydi, lekin o‘ziga nisbatan tanqidiy qarashi yo‘qoladi. 
Gallyutsinatsiyalarga mos ravishda turli harakatlar qiladi (qayoqqadir yugurishga, 


103 
o‘zini nimalardandir himoya qilishga intiladi). Bu vaqtda bemor atrofdagilarga 
xavfli bo‘lib, turli jinoyatlar sodir qilishi mumkin. Psixoz holati o‘rtacha 3—4 kun 
davom 
etadi. 
Psixopatologik 
simptomlarning 
susayishi 
va 
bemorning 
sog‘ayishidan darak beruvchi holat uyqu hisoblanadi (tabiiy va preparatlar 
yordamida). O‘zoq vaqt davom etgan uyqudan so‘ng bemorda psixoz holati 
susayadi va o‘z shaxsiga nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘la boshlaydi. 
Alahlashning kuchayishi natijasida bemordagi harakat ko‘zg‘alishlari to‘shakda 
chegaralanib, taktil gallyutsinatsiyalar paydo bo‘ladi. Badanidan turli hasharotlarni 
olib tashlash, og‘zidan soch tolalarini olib tashlash kabi harakatlar paydo bo‘ladi. 
Kasallik davom etishi natijasida asta-sekii sopor va koma holatiga o‘tishi kuzatilib, 
o‘lim bilan tugashi mumkip. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin