Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik


Uchinchi (entsefalopatik) bosqich



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/137
tarix28.05.2022
ölçüsü1,38 Mb.
#59927
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137
psihiatriya-qollanma

Uchinchi (entsefalopatik) bosqich. Alkogolizmning uchinchi bosqichga 
o‘tishi rivojlanib borayotgan toksik entsefalopatiya bilan bog‘liq bo‘lgan yangi 
alomatlarning hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu bosqichning asosiy alomati 
alkogolga bo‘lgan tolerantlikning pasayishidir. Bu alomat narkomaniyalarda 
uchramaydi. Alkogolga toqat qila olmaslik (intolerantlik) ayniqsa uzluksiz ichish 
jarayonida yaqqol bilinadi. Uzluksiz ichishning kundan-kunga osha borishi shunga 
olib boradiki, 5—7-kuni bemor deyarli butunlay spirtli ichimliklarni ichmay 
qo‘yadi va shu bilan uzluksiz ichish to‘xtaydi. Qator hollarda ilgarigi dozani 
ko‘tara olmaslik uzluksiz ichishning birinchi kunlaridayoq sezilishi mumkin. 
Uzluksiz ichish davriy tabiat kashf etadi. Uzluksiz ichishning oxirgi kunlarida 
bemor faqat abstinent sindromini engillashtirishni ko‘zda tutadi, lekin intolerantlik 
sababli, o‘zini og‘ir narkotik mastlikkacha olib boradi. Davriy yoki uzluksiz 
ichish bemor jismoniy ahvolining og‘irlashishi, yurak urishining susayishi, 
dispeptik buzilishlar bilan tugaydi. Shaxs darajasining susayishi yanada 
chuqurlashadi, hatto organik esi pastlikkacha etadi.Somatik buzilishlar juda ham 
turli-tuman bo‘lib, surunkali gastritlar, me‘da yarasi kasalliklari, pankreatitlar, jigar 
tsirrozlari, miokardiodistrofiyalar, nafas yo‘llari kasalliklari va boshqalar uchraydi. 
Alkogol psixozlar alkogolizmning II va III bosqichlarida rivojlanadi. 
Etiologiyasi va patogenezi to‘liq o‘rganilmagan. Alkogol mahsulotlari ta‘siridagi 
zaharlanish ustivor omil hisoblanadi. Natijada miya to‘qimalari organik 
o‘zgarishlarga uchraydi. Ayniqsa jigar faoliyatining buzilishi (dezintoksikatsion, 
oqsil, yog‘ va pigment almashinuvi) kasallik rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. 
Jigar fermenti alkogol degidroksidaza faolligining susayishi atsetaldegid 
yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Bu holat umumiy moddalar almashinuvining buzilishi, 
to‘siq faoliyatining buzilishi, gipo- va avitaminoz vujudga kelishi oqibatida alkogol 
psixozi rivojlanadi. Bosh miyadagi patomorfologik o‘zgarishlar surunkali entsefalit 
va o‘tkir qon tomir o‘zgarishlari (qon tomirlar utkazuvchanligining oshishi yoki 
qon tomir nekrozi) natijasida neyronlarning ikkilamchi distrofiyasiga va nekrotik 
o‘zgarishlarga olib keladi. 
Alkogol psixozlari turlari: 


102 
1. 
alkogol deliriy (oq alahlash) 
2. 
alkogol gallyutsinozi 
3. 
vasvasaviy alkogol psixozlari 
4. 
alkogol entsefalopatiyalari 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin