99
3-bosqich —entsefalopatik bosqich.
Birinchi (nevrastenik) bosqich. 1-bosqichning asosiy alomati alkogolga
tolerantlikning, ya‘ni chidamlilikning asta-sekin, uzluksiz
oshib borishi
hisoblanadi. Alkogolni uzoq vaqt davomida tez-tez ichib turish odamda
zaharlanishning belgilarisiz alkogolning kattagina dozalarini ichish qobiliyatini
paydo qiladi. Maishiy manfaatparastlikdagi alkogoldan zaharlanishga xos bo‘lgan
himoya kuchi refleksining yo‘qolishi alkogolizmning birinchi bosqichi
boshlanganligidan dalolat beradi. Organizmning alkogolga asta-sekin o‘rganishi
natijasida spirtli ichimlik avvalgi ichganida bemorga
keraklicha mastlik holatini,
eyforiyani bermaydi, shuning uchun bemor avvaliga qaraganda ko‘proq alkogol
iste‘mol qilishga harakat qiladi. Bundan tashqari, bemorda ichkilik ichish
marosimlaridan avval jonlanish, hayajonga tushish, kayfiyatning ko‘tarilishi va bu
marosimlarga bo‘lgan har qanday to‘siqlarni olib tashlash kabi xatti-harakatlar
kuzatiladi. Oldinda turgan ichkilik ichish haqidagi xayollar bemorni xizmat
majburiyatlaridan va kundalik ishlaridan chalg‘itadi. Bu alomat alkogol iste‘mol
qilishdan oldin hosil bo‘lgani uchun birlamchi yoki ruhiy qaramlik alomati deb
yuritilishi mumkin. Alkogolning boshlang‘ich bosqichida
bemor asta-sekin ichki
sabablar hukmi ostida bo‘lib qoladi. Natijada alkogolga intilish miyadan
ketmaydigan istak sifatidagi maylga aylanib qoladi. Bu istakni hamisha
ham engib
bo‘lmay qoladi, unda o‘z-o‘zini idora qilish qobiliyati yo‘qoladi. U ichilayotgan
alkogolning miqdorini nazorat qila olmay qoladi, buning natijasida juda
qattiq mast
bo‘lib qolgunicha ichaveradi. Ichqilikbozlikning ertasi kuni bemor mastlik
holatidagi xatti-harakatlarining ba‘zi qismlarini xotirlay olmaydi, ya‘ni
perforatsion amneziya belgilari yoki alkogol palimpsesti deb yuritiladigan alomat
paydo bo‘ladi. Alkogolizmning birinchi bosqichi 1 yildan 4—6 yilgacha
davom
etadi va har bir alohida holda bemorning yoshiga, shaxs xususiyatlariga, fe‘l-
atvoriga, maishiy ichkilikbozlik davrining davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi,
Dostları ilə paylaş: