Psixik jarayonlar


DIQQATNING BO`LINISHI (TAQSIMLANISHI)



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə5/8
tarix02.12.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#171536
1   2   3   4   5   6   7   8
psihik

DIQQATNING BO`LINISHI (TAQSIMLANISHI).
Diqqatning bo`linishi - psixik faoliyatning shunday tashkil qilinishiki, bunda ayni bir vaqtning o`zida ikkita va undan ham ko`p ish-harakat bajariladi. Diqqatning bo`linishiga misol: bir vaqtning o`zida arifmetik hisoblarni bajarish va biror qo`l mehnati turini bajarish. O`tkazilgan ko`plab tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, diqqatning taqsimlanishining samaradorligi bir qancha omillarga bog`liq ekan. Shular orasidan eng katta rol’ o`ynaydiganlari: kishining diqqatining individual xususiyatlari (diqqatining rivojlanganligi) va bajarilayotgan ishlardan birortasining avtomatlashganlik darajasi. Bajarilayotgan ishlardan birortasi juda yaxshi o`zlashtirilgan bo`lsa, u diqqatni taqsimlashda ko`p murakkablik tug`dirmaydi. Shu sababli ko`pchilik sohalarda birinchi davrda ishni o`zlashtirish, bir vaqtning o`zida bir qancha ishlarni bajarish, ularni boshqarish va muvofiqlashtirish juda qiyin kechadi. Faoliyat o`zlashtirilib borilgach ko`p takrorlanadigan ish-harakatlar avtomatlashadi, ular maxsus ongli nazoratni talab qilmaydi. Shu sababli kishi ishni bajarish davomida boshqa narsalar haqida o`ylashi, kuylashi, ishga "e`tibor bermasdan" ishlashi mumkin.
DIQQATNING KO`CHISHI.
Diqqatning muhim xususiyatlaridan biri, uning ko`chishidir, ya`ni bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez o`tish qobiliyatidir. Diqqatning ko`chirilishiga ba`zan ayni bir vaqtning o`zida idrok qilinadigan, ikkita o`zaro farqlanadigan qo`zg`atuvchini aks ettirishda murojaat qilishga to`g`ri keladi. Misol tariqasida KOMPLIEKASIYA deb atalgan tajribani ko`rsatish mumkin. Tajribada 100 qismga bo`lingan tsifrblat bo`ylab strelka tez aylanib turadi, ayni shu tez aylanish davomida tsifrblatning qaeridadir qo`ng`iroq chalinadi. Tekshiriluvchi qo`ng`iroq chalinganda strelka tsifrblatning qaysi bo`lagida turganini aniklashi kerak. Bu ishni anik bajarish juda qiyin. Turli tekshiriluvchilar turlicha aniklaydi, biri 35-chi bo`lagida desa, boshqasi 25 bo`lagida deyishi mumkin. Hayotda esa diqqatning ko`chishi ikkita narsani (ob`ektni) to`g`ri idrok qilishga yordam ham beradi. Masalan, notiqqa qarash va uni eshitish ancha engil bo`ladi; bu erda eshitish va ko`rish qo`zg`atuvchilari bir-birini kuchaytiradi.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin