Psixik jarayonlar



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/8
tarix02.12.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#171536
  1   2   3   4   5   6   7   8
psihik

MAVZU: Psixik jarayonlar


REJA:



I.KIRISH.


II. ASOSIY QISM





  1. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari.

  2. Diqqatning turlari. Diqqatning xususiyatlari.

  3. Sezgilar haqida tushuncha.

  4. Sezgilarning turlari.

  5. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari.

  6. Idrokning xususiyatlari.

III,XULOSA


IV.ASOSIY ADABIYOTLAR.


KIRIH.
Diqqat jarayonining mohiyati. Diqqatning turlari. Diqqatning xususiyatlari: hajmi, barqarorligi, to`planishi, ko`chishi va h.k. Pedagogik jarayonda diqqatning qonuniyatlarini hisobga olish. Diqqatning asoslanganligi (diqqat va motivatsiya). O`quv jarayonida diqqatning ob`ektiv xususiyatlarining roli va ularni hisobga olish: diqqat va darsni tashkil qilish, diqqat va qiziqish, diqqatni boshqarish, o`quvchi va pedagoglar diqqatini tarbiyalash. Diqqatning xususiyatlarini o`rganish metodlari.
Sezgi haqida tushuncha. Sezgilarning fiziologik asoslari. Analizatorlar, ularning tuzilishi. Sezgilarning turlari.Sezgilarning asosiy qonuniyatlari: adaptasiya, sensibilizatsiya, sinesteziya. Psixofiziologik qonuniyatlar. Sezgilarning rivojlanishi va faoliyat.
DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA.
Diqqat - psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan (barqaror yoki situatsiyali to`planishidan) iboratdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, ob`ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o`quvchisining biron boshqa narsaga chalg`imasdan, o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishda uning psixik faoliyatning yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo`llab-quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga, uning TO`PLANIShINI ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi - mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatni bir joyga to`plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi. Masalan murakkab va zarur o`quv materialini o`qish va tushunish diqqatni to`plashsiz amalga oshmaydi.



Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin