Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. Reja Psixik-fayllar.org
ta‘limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo‘l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga etish jarayonidan iborat deb ta‘kidlaydi. Ma‘lumki, nasliy xususiyatlar tug‘ma yo‘l bilan nasldan-naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo‘lishiga qaramay, bu oqim namoyondalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari, ichki qonunlar asosida, ya‘ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog‘liqdir, deb ta‘kidlaydilar. Biogenetik ta‘limot, inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarining chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib qo‘yilganligini, o‘quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so‘ng ta‘lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish ularning aqliy iste‘dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda taqsil olishi zarur deb ta‘kidlashadi. Chunonchi, bu yo‘nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog e.Torndayk o‘quvchilarning «tabiiy kuchlari» va «tug‘ma mayllar»ini psixik rivojlanishning yetakchi omili qilib ko‘rsatib, muhitning, ta‘lim-tarbiyaning ta‘siri-ikkinchi darajalaridir, deb aytadi. Avtraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotinigina emas, balki ahloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta‘kidlaydi. Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta‘lim psixik rivojlanishning orqasidan