Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. Reja : Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o’ziga xos xususiyatlari


idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko‘nikishdan iborat bo‘lib, bu ning



Yüklə 22,86 Kb.
səhifə5/7
tarix13.01.2023
ölçüsü22,86 Kb.
#79166
1   2   3   4   5   6   7
Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish muammosi. Reja Psixik-fayllar.org

idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko‘nikishdan iborat bo‘lib, bu ning
doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi.
Biogenetik qonunni F. Myuller va E. Gekkel kashf qilgan. Bunday qarashning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bo’lib, u Gekelning biogenetik qonunini psixologiyada bevosita ko’chiradi. Bu nazariyaga ko’ra ontogenezda bola o’z psixik taraqqiyotida filogenezni insonning tarixiy rivojlanish bosqichlarini qisqargan holda boshdan kechiradi.
chaqaloq-faqat sut emizuvchi hayvon, 6 oylikda maymunlar darajasiga yetadi, 2 yoshida oddiy odam, 5 yoshda ibtidoiy gala, maktabga kirgach ibtidoiy davr odami darajasida, 16-18 yoshda hozirgi zamon kishilari darajasiga yetadi deb hisoblaydilar.
Inson zotidagi rivojlanishi bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi. Biologizm tarafdorlaridan Krechmer «Konstitutsion nazariya» yaratgan. Z.Freyd esa shaxsning barcha xatti-xarakatlari instinktlaridan kelib chiqadi deb hisoblaydi. Albatta, biologik omillar inson xulqini belgilovchi birdan bir omil emas.
Sotsiogenetik yo’nalish vakillari esa ijtimoiy omillarni yetakchi deb hisoblaydilar. G’arbda keng tarqalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning “Fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi va boshqalar kirad Sotsiogenetik nazariya – inson biologik tur sifatida tug`ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta`siri ostida shaxsga aylanadi, deb hisoblaydi. M: Rollar nazariyasi ta`limoti inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo`lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi, deb hisoblaydi. S.Xoll “rekapitulyatsiya qonuni”ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik o’sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go’daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalak esa asosiy mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8—12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir. O’spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12—13 yoshdan) boshlanib Yetuklik davrigacha (22—25 yoshgacha) davom etib, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar “bo’ron va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo’lib, odamda “individuallik tuyg’usi” vujudga keladi.
YOsh davrlarini tabaqalashning bu turi o’z navbatida tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’taydi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis “konstitutsion psixologiyasi” (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: sikloid (tez qo’zg’aluvchi, his-tuyg’usi o’ta beqaror) va shizoid (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi cheklangan)larga ajratadi. Bu taxminini
yosh davrlari xususiyatlariga ham tatbiq etib, o’smirlar sikloid xususiyatli, o’spirinlar esa shizoid xususiyatliligini ta’kidlaydi. Lekin inson­ning kamol topishida biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko’radilar, bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o’zaro almashinib turadi, degan xulosaga keladilar. Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi, birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog’liqdir. Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi sotsiogenetik nazariyadir. . Bu nazariyada shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. G’arbning eng muhim nazariyalaridan biri − rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
AQSHda individual tajriba va bilimlarni o’zlashtirish (ko’nikish) nazariyasi keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqelikka munosabati, ko’nikmalarni egallashi va bilimlarni o’zlashtirishi qo’zg’atuvchining barqarorligiga bog’liqdir.
K.Levin tavsiya qilgan “fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi o’z davrida muhim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko’ra, shaxsning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) bilan boshqarilib turadi, bu kuchlar fazoviy zarurat maydonining ko’lamida tayanch nuqtasiga yo’nalgan bo’ladilar.
Yuqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o’zgalar uchun yopiq yoki maxfiy muhitning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bunda u odam xohishi yoki xohlamasligidan qat’i nazar, mazkur sharoitga moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur, degan qoidaga amal qiladi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy, ob’ektiv shart-sharoitlari mutlaqo e’tiborga olinmagan. Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik va sotsiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur yondashishni uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu yo’nalishlar o’z mohiyati, kechishi va mahsuli jihatidan keskin farqlanadi. Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan boshqa) tarkibiy qismlari: emotsiya, mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psi­xodinamika, deyiladi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir.
Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha qator nazariyalar mavjud. Masalan, psixodinamika nazariyasini yorqin vakillaridan biri E.Erikson nazariyasiga ko’ra inson umri 8 davrga bo’linadi:
E.Shpinger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning vakillari bo’lib, ular yosh davrlarini shaxs “men” xususiyatlarining shakllanishi bosqichlari deb hisoblaydilar.

Yüklə 22,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin