Psixik salomatlik va psixik buzilishlar



Yüklə 86,58 Kb.
səhifə1/8
tarix26.12.2023
ölçüsü86,58 Kb.
#198295
  1   2   3   4   5   6   7   8
Psixik salomatlik va psixik buzilishlar


Psixik salomatlik va psixik buzilishlar

Reja:



Kirish

  1. Psixik salomatlik

  2. Psixikaning rivojlanishi

  3. Psixik buzilishlar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Psixik jarayonlarda I signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun xos bo`lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir.
Xoxlagan psixik jarayonning sodir bo`lishi va davom etishi shunday bir ruhiy xodisaga bog`liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta'sir o`tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo`lib, shaxsning aktivligini hamda uning ob'еktiv borliqdagi narsa va xodisalarga tanlovchi munosabatini xaraktеrlaydi. Diqqat bo`lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo`lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so`nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko`lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg`ishi, ko`chishi, mazmuni va diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el–yurt xurmatiga sazovor bo`lish uchun ongni bir nuqtaga to`plab faoliyat ko`rsatish zarur.
Ma'lumki, inson o'z tabiati jihatidan faol (ya'ni har doim bir maqsad asosida harakat qiladigan) mavjudotdir. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha psixik prosesslari va shaxsiy psixologik xususiyatlari uning turli-tuman faoliyatlarida namoyon bo'ladi. Faoliyat doimo organizm bilan muhitning o'zaro bir-biriga ta'sir qilibturishinipg ifodasidir. Bu faoliyat ayrim hollarda tashqi tomongi ifodalasa (harakatlarda, yurish-turishlarida ifodalansa ichki va tashqi harakatlar bir butunlikda namoon bo'ladi. Hayvonlarning faoliyati sistemasi va psixikasining rivojlanganligiga qarab birmuncha murakkab bo'lishi mumkin, ammo ularning hayoti har qanday hollarda ham tashqi borliqning talabiga organizmning biologik moslashishi bilangina chegaralanadi.
Odamning hulq-atvori, faoliyati esa tomomila boshqacha harakterdadir. Inson hayvonlar hatti-harakatlaridan farq qilib, avvalo, ijtimoiy harakterga egadir. Inson o'zining sa'iharakatlarini ilk yoshidanok, butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga yo'naltirilib boradi. Hatti- harakatning bu turi shu qadar o'ziga xoski, uni ifodalash uchun maxsus termin- faoliyat termini qo'llaniladi. Inson faoliyatiga xos bo'lgan xususiyatlaridan yana biri u bilish jarayonlari va iroda bilan chambarchas bog'liq bo'ladi ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi mumkin emas. Faoliyat kishining anglanilgan maqsad bilan boshqaribturiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faoliyat bo'lib hisoblanadi. Organiq, ya'ni tirik materiya dastavval juda sodda bir hujayrali organizm tariqasida yuzaga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Psixikaning rivojlanishi haqida gapirishdan oldin «rivojlanish» tushunchasiga ta'rif berishimiz kerak.Rivojlanish bu harakatlanish o'zgarishdir.Lekin har qanday harakatlanish o'zgarish ham rivojlanish bo'lavermaydi.Bundan milliard yillardan ko'proq mukaddam rivojlanish tufayli yer yuzida neorganik materiyadan jonli organiq materiya paydo, bo'lgan.Jonli organizmlar o'z rivojlanish davrida oddiy bir hujayrali mavjudotdan oliy shakldagi hayvonlargacha, shu jumladan insongacha bo'lgan yo'lni bosib o'tadi. Tirik organizmning dastavval paydo bo'lgan davrdan boshlab hozirgi eng yuksak organizm, ya'ni odamgacha bo'lgan rviojlanish yo'lini odatda evolyusion taraqqiyot deb yuritiladi. Rivojlanish ksidasi umumiy harakterga egadir.Tabiat rivojlanadi, ishlab chiqarish usullari, kishilarning ijtimoiy hayot formalari rivojlanadi. Shuningdek psixika ham rivojlanadi.


  1. Yüklə 86,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin