Psixik salomatlik va psixik buzilishlar



Yüklə 86,58 Kb.
səhifə5/8
tarix26.12.2023
ölçüsü86,58 Kb.
#198295
1   2   3   4   5   6   7   8
Psixik salomatlik va psixik buzilishlar

Sеzgining jadalligi–uning miqdorini ifoda etadigan xususiyati bo`lib, ta'sir qilayotgan qo`zg`atuvchining kuchi rеtsеptorning funktsional xolati bilan bеlgilanadi.
Sеzgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. Qo`zg`atuvchi sеzgi a'zosiga ta'sir qilishi bilanoq hosil bo`lmaydi, balki, bir oz vaqt o`tgach hosil bo`ladi. Bu sеzgining latеnt (yashirin) davri dеb ataladi. Latеnt davri har xil sеzgi turi uchun har xil: masalan, taktil sеzgilar uchun 130 millisеkund bo`lsa, og`riq sеzgisi uchun 370 millisеkunddir. Ta'm bilish sеzgisi esa tilning ustiga kimyoviy qo`zg`atuvchi surtilgandan kеyin 50 millisеkund o`tgach hosil bo`ladi.

  1. Psixikaning rivojlanishi

Psixikaning rivojlanishini umuman tirik organizmlar rivojlanishi kabi ikki reja asosida o'rganish mumkin: filogenez va rntogenez rejasi asosida. Filogenez - organizmning oddiy shakllaridan tortib hozirgi zamon kishisiga qadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida yuz bergan o'zgarishdir. Ontogenez har bir individning hayoti davomida uning tug'ilishidan "tortib to o'lgunga qadar sodir bo'lgan o'zgarish yig'indisidir. Yerda hayotning paydo bo'lishi materiya taraqqiyoti dagi yangi bosqichdir, bu bosqichda materiya o'z tuzilishiga ko'ra ancha murakkab va alohida xossalarga ega bo'lgan. Jonsiz, neorganiq materiyadan tortib, to oliy va murakkab materiya hisoblanish kishi miyasiga kvdar barcha materiallar moddiy olamning yalpi xususiyati-in'ikos etish xususiyatiga, ya'ni taasurotlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir.
In'ikos materiyaning mavjud bo'lish shakllariga bog'liq bo'ladi: in'ikos tashqi taasurotlarga materiyaning ta'sir qilishi harakteri va mavjud bo'lish tarziga muvofiq javob qaytarishga qodirligi bilan namoyon bo'ladi. Materiya harakatining biologik shakli Hayot- tabiat rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichidir. O'simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyusiyaning barcha bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in'ikosning alohida biologik shakli ta'sirlanuvchanlikka ega bo'lgan (biotik) ta'sirlarning ta'siriga javob berish qobiliyati demakdir. Oliy ta'sirlanuvchanlik butun hamma tirik organizmlarga xos bo'lgan umumiy biologik xususiyatlaridir. Seskanuvchanlik aks ettirishning ancha umumiy hamma. tirik organizmlar uchun xos bo'lgan biologik formasidir. U Faqat modda almashinuvi va, uning bo'zilishiga aloqador bo'lgan ko'zgovchilariga nisbatan paydo bo'ladi. Masalan, o'simlik yorug'likdan ta'sirlanadi (tropiz hodisasi) chunki yorug'lik energiyasi o'simlikni uglevod bilan ta'minlaydigan shart-sharoitlar hisoblanadi Seskanuvchanlik-psixikaning paydo bo'lishida zaruriy xususiyat majburiy shart-sharoitdir. Hayvonlarga mansub shakllarda ta'sirlanuvchaylikning yangi-turi sezuvchanlik paydo bo'ladi.
A.N. Leonovning farazlariga ko'rasezuvchanlik genetik jihatdan Karaganda muhitning organizmni boshqa taasurotlar bilan bog'lovchiorganizmni muhitda mo'ljal olishiga yerdam beruvchi signallik vazifasini o'tovchi ta'sirlariga javob ta'siridan bo'laknarsa emas. Ta'sirlanuvchanlikdan sezuvchanlikka o'tish hayot tarzining o'zgachaligi bilan bog'liqdir. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda sezuvchanlik oshib sezgi organlari shakllanadi. Psixikaning eng oddiy formasi bu orgapizmning sezuvchanligi biologik jihatdan neytral, lekin zamon va makon jihatdan biologik ahamiyatga ega bo'lgan ko'zatuvchilarga nisbatan kaytariladigan reaksiyalarning hosil bo'lishidir. Masalan, hayvon ovkatning hidiga (hid modda almashinuvi bevosita ishtirok etmaydi) pisbatan reaksiyasi, yemish qidirmish unga yaqinlashish kabilar, hayvonning hidiga nisbatan sezuvchanlik, demak psixikaga ega ekanligini ko'rsatadi. Psixika aks ettirishni yangi va yuksak formasi sifatida yashash sharoitlarining murakkablashuvi va tirik organizmlarning muhitga moslashuvi zaruriyati tufayli paydo bo'lgan materiyaning sifat jihatidan o'zgarishi aks ettirish usullarining takomillashuviga va hatti-harakatlarining yanada maqsadga muvofiq hamda epchil shakllanishining paydo bo'lishiga olib keladi. Taraqqiyotning elementar sensor bosqichdan kompleks ko'zatuvlarning, predmetlarning butunligicha aks ettirish bilan ifodalanadigan qobiliyatga ya'ni perseptiv aks ettirishga o'tish amalga oshiriladi. Hayvon biologik ahamiyatga ega bo'lgan ko'zatuvchilarga nisbatan emas balki hayotiy muhim kuzatuvchilarning seminarlaridan iborat bo'lgan befarq, ya'ni neytral qo'zg'atuvchilar belgilarining yig'indisiga nisbatan ham moslasha oladigan bo'ladi. Tirik organizmnieig tejam vositalari bilan hayotning ta'mirlash imkoniyat psixikataraqqiyoti ni harakatga keltiruvchi kuchga aylantiradi.
Tirik organizmning psixik rivojlanish jarayoni bir-biridan tamomila ajralib turuvchi ikki davrni o'z ichiga oladi: hayvonlar psixikasining rivojlanishi, bu rivojlanish biologik qonuniyatlarga: irsiyat, o'zgaruvchanlik, tabiat, saralash qonunlariga buysunadi va odam ongi rivojlanadi. Evolyusion taraqqiyot davomida psixikaning eng sodda ko'rinish ida inson ongigacha taraqqiyot bir qancha bosqichlardan iborat bo'lgan, boshqacha aytganda, tirik organizmlarda o'zluksiz o'zgarib turuvchi Hayot sharoitlariga muvofiqlashuvini ta'minlaydigan harakat formalari, masalan, harakatning instektiv shakli, harakatning individual shakli va harakatning intellektual shakli maydonga kela boshladi. Evolyusion taraqqiyot davomida yuksak rivojlanishga erishgan hayvonlar maydonga kelishi bilan birga ularning tashqi olamni aks ettirishlari, ya'ni o'zgaruvchan muhitga muvofiqlashuvlari ham murakkablashib boradi. Instinktiv harakat deganda, biz hayvonlarga tug'ma yo'l bilan tayyor holda beriladigan va ularning tashqi olamga muvofiqlashuvini ta'minlaydigan harakatlar shaklini tushunamiz. Hayvonlarning instinktiv harakat shakllari nihoyatda mustahkamlangan, nisbatan juda syokin o'zgaradigan harakatlardir. Hayvonlarning instinktiv harakatlari ularning tashqi muhitga muvofiqlashuvlarini ta'minlaydigan va deyarli bir xil tarzda bajariladigan harakat shakllari hisoblanadi. Evolyusion taraqqiyotdavomida murakkab taraqqiy etgan hayvonlarda ya'ni umurtka suyakli va sut emizuvchi hayvonlar hatti-harakatning individual shakllari yuzaga keladi. Harakatning individual shakllari asosida hayvonlarda turli-tuman ko'nikmalar yuzaga keladi. Harakatning individual shakllari va ko'nikmalarini yuzaga kelishi hayvonlarda shartli reflekslar, ya'ni muvakkat aloqalarning hosil bo'lishi bilan o'zviy bog'liqdir. Evolyusion taraqqiyot yuksak bosqichdagi ayrim hayvonlarda intellektual shakli paydo bo'ldi. Bu yuksak taraqqiyotga–erishgan maymunlar, delfinlar va itlarda odam ongiga o'xshash farosat bilan bog'liq bo'lgan hatti- harakat shakllaridir. Harakatning intellektual shakliga ega bo'lgan hayvonlar ma'lum vaziyatda bir qadar farasot bilan bog'liq bo'lgan muammolarni, masalaldrini hal qila oladilar.Lekin bu hatti- harakatlar ham tashqi muhitga muvofiqlashish usullaridan biri bo'lib, bu harakatlar ham ongli bo'lmaydi.


  1. Yüklə 86,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin