Psixik salomatlik va psixik buzilishlar


Ichki kasalliklarning psixikaga ta`siri



Yüklə 86,58 Kb.
səhifə7/8
tarix26.12.2023
ölçüsü86,58 Kb.
#198295
1   2   3   4   5   6   7   8
Psixik salomatlik va psixik buzilishlar

Ichki kasalliklarning psixikaga ta`siri.
Tibbiyot psixologiyasi psixik xolatning somatik holatga va somatik kasalliklarning psixikaga ta'sirini o'rganishning o'z vazifalari qatoriga kiritadi. Psixik jarayonlar bilan organizmning o'zaro bog'liqligi psixologiya va tibbiyotning asosiy vazifalaridan biridir.
Psixik omillar ta'siri ostida kelib chiqadigan kasalliklar psixogen kasalliklar yoki psixogeniyalar deyiladi.
Psixogeniyalar –organizmda va psixikada odatda shaxs uchun og'ir bo'lgan turli psixik jarohatlarning ta'siri ostida paydo bo'ladigan buzilishlardir.
Psixogeniya omillari ta'siri ostida somatik soxada quyidagi buzilishlar sodir bo'lishi mumkin.
Me'da ichak trakti tomonidan-ko'ngil aynish, qusish, ichburug', qabziyat, anoreksiya (ishtahaning yo'qolishi); nafas olish a'zolari tomonidan-nafas siqilishi, nafas bo'g'ilishi, yo'tal: yurak-tomir sistemasida-arteriya bosimining psixogen ko'tarilishi, taxikardiya, bradikardiya, yurakda og'riq his qilish, yurak faoliyati maromining buzilishi.
Psixik kasalliklar somatik sabablari tufayli kelib chiqadigan bo'lsa, ular samotogen kasalliklar yoki samotogeniyalar deb ataladi.Infeksiyalar, intoksikasiyalar, ichki a'zolarning kasalliklari ko'pincha, psixik buzilishlarning manbai hisoblanadi.Bu ko'proq yurak kasalliklarida, yuqumli kasalliklarda kuzatiladi.
Ayrim hollarda psixogen omillar samotagen omillar Bilan qo'shilib, o'zaro bir-birini kuchaytirishi mumkin


Nevroz.
Psixogen kasalliklarning hammadan ko'p tarqalgan formalari, nevrasteniya, isteriya va miyadan nari ketmaydigan xayol nevrozidir. Nevroz so'zi (grekcha – ‘neyron’ - nerB) so'zidan olingan bo'lib, psixogen kasalliklar, ya'ni oliy nerv faoliyati turmushdagi mushkul axvollar va kechinmalarning psixikaga yomon ta'sir qilishi natijasida ro'y beradigan holatdir.
Nevrozlar tasnifi uchun I.P.Pavlovning odam oliy nerv faoliyati tiplari to'g'risidani ta'limoti katta ahamiyatga ega.Nevrozlar ko'pincha nerv tizimi kuchsiz yoki muvozanatlashmagan kuchli tipdagi kishilarda vujudga keladi.
Odam shaxsining o'zi va uning tarixiy rivojlanish davrida shakllangan butun xususiyatlari nevrozlarning vujudga kelishida muhim rol o'ynaydi.
Ayniqsa qiyin va uzoq davom etadigan mushkul vaziyatlar tug'ilsa shu mahalgacha soppa sog' yurgan odamlarda ham nevrozning hamma asosiy formalari, jumladan isteriya paydo bo'lishi mumkin.
Biroq isterik xarakter ko'rinishidagi moyillik bo'lsa anna shunda ko'pincha isteriya kelib chiqadi.Isterik xarakter asosan odamning nozik qilib tarbiyalanib, turmushga moslashaolmaydigan, no’noq bo’lib qolishi natijasida shakllanib boradi.
Nevrozning yana bir formasi nevrasteniyaning paydo bo'lishida xarakterdagi bir qator xususiyatlarni noto'g'ri shakllanishi sabab bo'ladi.
Ota-onalar balalarn kuch va imkoniyatlarini hisobga olmay turib, muvaffaqiyat qozonishga undashi shu hildagi xarakter shakllanishiga imkon beradi.
Odamning yoshlikdan ortiq darajada hissiyotli qilib tarbiyalanishi va ziddiyatli murakkab vaziyatlarda bir qarorga kelishi zarur bo'lib turgan sharoitlarda o'z xarakterlarini bo'g'ib qo'yishga moyil bo'lishi ko'pincha miyadan nari ketmaydigan hayolnevrozining kelib chiqishiga yo'l ochadi.
Bemor kayfiyati pasayib umidsizlik o'z-o'zidan qoniqmaganlikni ifoda etadi.Hayoldan ketmaydigan fikrlar nevrozi uzoq vaqt davomida saqlanib qolishi, surunkasiga kechish xususiyatiga ega.


Xulosa
Olimlarning qarama-qarshi otlaridan ma'lum bo'lishicha, bu harakatlarning asosida organizmga nasliy yo'l bilan taper holda beriladigan shartsiz reflekslarga individual Hayot davomida orttiriladigan shartli reflekslar sistemasi yetadi. Inson ongi o'z mohiyatiga ko'ra hayvonlarning instinktiv, individual va intellektual harakat formalaridan batamom boshqacha nihoyatda murakkab hodisadir. Inson ongi evolyusion taraqqiyoti ning eng so'nggi bosqichi, ya'ni inson taraqqiyoti bosqichidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyottufayli tarkib topgan. Inson ongi insonning o'zi bilan birga deyarli bir vaqtda maydonga kelgan.
Ong tarixiy taraqqiyotning, ikkinchi yo'nalishi odamlarning amaliy faoliyatlari bilan amalga oshiriladigan va tekshirib kuriladigan inson bilish faoliyatining doimo rivojlanish jarayonidir. Ongning tabiati ong odamning borliq haqiqatini aks etgirish formasi tariqasida keladi. Ongning asosiy belgilari, odam ongining psixologik harakteristikasi, so'z va ma'noning ongini tashkilqiluvchi tushunchalar sifatida kelishi, odam ongining borliqdagi narsa va hodisalarni, ularning eng barqaror muhim belgilar va xususiyatlarini ma'lum darajada so'z bilan umumlashtirish sifatida kelishganligi haqida atroflicha keng fikr yuritiladi.



Yüklə 86,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin